6.8. Sportdan jarohatlanishning sud tibbiyoti ekspertizasi va
jarohatlanishlarning o’ziga xos xususiyatlari
Sport bilan shug’ullanishda jarohatlanish boshqa jarohatlanishlarga
qaraganda kamroq uchraydi, ammo travmatizmning bu turiga e’tiborni
pasaytirmaslikni talab qiladi. Bizga ma’lumki, tibbiy nazoratning asosiy talablariga
94
va sport qoidalariga rioya qilinishi tufayli jarohatlanishlarni oldini olish, bunday
talablarning buzilishi tufayli jarohatlanishlarning soni tez oshishi mumkin. Aksari
ko’pchilik hollarda sportdan jarohatlanish noto’g’ri tashkil qilingan yoki umuman
yaxshi tashkil qilinmagan mashg’ulotlarda kuzatiladi.
Sportdan jarohatlanishlar orasida shilinishlar, cho’zilishlar, muskul va
bog’lamalarning yorilishi, lat eyishlar, chiqishlar va sinishlar ko’pincha ko’zga
tashlanadi. Ayniqsa tizza va boldir-tovon bo’g’imlari jarohatlanishlari ko’p
uchraydi.
Jarohatlarning joylashuvi va sportning turi orasida ma’lum bog’liklik bor.
Xokkeistlarda boshi hamda yuzi ko’pincha jarohatlansa, futbolistlar, engil atletlar
va chang’ichilarda tananing pastki qismi (oyoqlari) ko’proq shikastlanadi.
O’limga olib keluvchi sportiv travmatizm holati asosiy e’tiborni jalb qilishi
mumkin. O’limga sababchi jarohatlanishlardan eng ko’p tarqalgani umurtqa
pog’onasi bo’yin qismining sinishi hisoblansa, undan keyin boshining
jarohatlanishi, kamdan-kam hollarda qorin bo’shlig’i organlari va boshqa
jarohatlanishlar ko’zga tashlanadi. Jarohatlanish jixatidan ayni katta guruhni
gimnastik snaryaddan yiqilish tashkil qiladi. Ancha kam hollarda boks paytida,
kurashda, qilichbozlik, futbol va sportning boshqa turlarida o’limga olib keluvchi
jarohatlanishlar kuzatiladi. Ba’zan o’limga sababchi jarohatlanishlar suvga sakrash
paytida sodir bo’ladi. Gimnastik snaryaddan yiqilishda ko’pincha umurtqa
pog’onasining bo’yin qismi jarohatlanishidan o’lim sodir bo’lishi mumkin. Bunda
bo’yin umurtqasining chiqishi va umurtqa tanasining kompression sinishlari
ko’zga tashlanadi va orqa miyaning jarohatlanishi kuzatiladi. Kam hollarda
ko’krak va bel umurtqalarining jarohatlanishi sodir bo’ladi. Kamdan-kam hollarda
boshining jaroxatlanishi: kallaning asosiy suyagi va gumbazining sinishlari bilan
birga bosh miyaning lat eyishi kuzatiladi.
Kurash va boks bilan shug’ullanishda boshini og’ir jarohatlanishi natijasida
kallaning asosiy suyagi va gumbaz suyagi sinishi tufayli bosh miya moddasining
shikastlanishi va miya pardasi tagiga qon quyilishidan o’lim sodir bo’ladi.
Suvga sakrash tufayli o’limga olib keluvchi jarohatlanishning xarakteri bir
95
xil. Odatda, bunday hollarda o’limning sababi umurtqa pog’onasi bo’yin qismi
sinishidan orqa miyaning jarohatlanishi hisoblanadi.
Sud tibbiyoti ekspertizasida jarohatlanishlar holatini sinchiklab o’rganish,
sportiv vrachlarning, malakali trener va sportchilarning maslahatidan keng
foydalanish talab qilinadi. Murakkab hollarda komission ekspertiza o’tkaziladi.
96
Do'stlaringiz bilan baham: |