6.5. Massiv predmetlar bilan siqilish tufayli jarohatlanishlar
Katta yassi yuzali massiv predmetlar bilan siqilganda kamdan-kam hollarda
terining butunligi buziladi. Siqilish joyida katta ko’lamdagi shilinishlar,
qontalashlar, bosilish joyidagi yumshoq to’qimalarning ezilishi ko’zga tashlanadi.
Shilinishlar va qontalashlar ko’pincha siqiluvchi yuzaning hamda odam tanasidagi
jarohatlanuvchi kiyimning xususiyatlarini eslatadi. Ko’p
uchraydigan xarakterli
belgilardan biri suyaklarning jarohatlanishi bo’lib, bunda kalla ko’krak kafasi
suyaklari ko’pincha zararlanadi. Kallaning qarama-qarshi tomonida siquvchi kuch
joylashgan joyda suyaklarning 2 ta mayda bo’lakchasi yoki 2 ta katta yumaloq
yoki oval shaklidagi suyak bo’lakchalari ko’zga tashlanadi. Bular ancha kichik
bo’lakchalar bilan halqasimon o’ralgan bo’ladi.
Bundan tashqari, suyakning
bukilishidan yuzaga kelgan sinishlarning ekvatorial va parallel chiziqlari ko’rinadi.
Bularning hammasi siquvchi kuchning yo’nalishini aniqlashga asos bo’ladi.
Ko’krak qafasi siqilganda ko’pgina vertikal chiziqlar bo’ylab
qobirg’alarning ikki tomonlama sinishi xarakterlidir. Bunda siqiluvchi kuch ta’sir
qilgan joyda qobirg’a sinadi. Bunga to’g’ridan-to’g’ri sinishlar deyiladi. Bundan
uzoqroq joyda bukilishdan to’g’ri bo’lmagan sinishlar ko’zga tashlanadi.
To’g’ridan-to’g’ri sinishlar qobirg’a uzunligiga nisbatan qiyshiq yo’nalishda
bo’ladi, suyak bulakchalari ichkariga kirib, ko’krak kafasi devoridagi plevra va
o’pkani jarohatlashi mumkin. Singan suyakning chetlari ko’pincha katta tishchali
xarakterga egaligi ko’rinadi. To’g’ri bo’lmagan sinishlar ko’ndalang yo’nalishda,
suyak siniqlari ko’pincha tashqariga yo’nalgan bo’lib, ko’krak qafasi devoridagi
plevrani jarohatlamaydi, singan suyakning qirralari
odatda tekis yoki mayda
tishchali bo’ladi.
Chanoq suyaklarining sinishlari siqilishda odatda ko’p uchraydigan,
simmetrik, ikki tomonlama bo’lib, urilishdan farqli sinishlar ko’pincha bir
tomonlama xarakterga egaligini ko’rsatish zarur.
Siqilishda ichki organlar
jarohatlanishi jarohatlovchi predmetlarning to’g’ridan to’g’ri ta’siri natijasi
hisoblanilib, og’irligi bilan farqlanadi. Organlarning yirtilishi va uzilishi hamda
90
ularning bir joydan
ikkinchi joyga siljishi, ba’zan to’liq emirilishi kuzatiladi.
Massiv predmetlar bilan siqilish tufayli, hatto ko’zga tashlanuvchi anatomik
jarohatlanishlarning bo’lmasligi kuzatilsa, ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’ining
siqilishi natijasida mexanik asfiksiyadan o’lim sodir bo’lishligi namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: