Tibbiyot instituti talabalari uchun


Balandlikdan yiqilib tushishdan jarohatlanishlar



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

6.4. Balandlikdan yiqilib tushishdan jarohatlanishlar
O’tmas vositalar bilan jarohatlanishlarning boshqa turlaridan farqli o’laroq 
balandlikdan yiqilishda odam tanasi harakatlanib yiqiladi. Jarohatlovchi predmet 
(odam tanasi tushadigan yuzasi) harakatsiz. Yiqilishning 2 turi farqlanadi: 
balandlikdan yiqilish va yassi yuzaga yiqilish.
Balandlikdan yiqilishda jarohatlanish xarakteri va og’irligi ko’pgina 
sabablarga, jumladan, yiqilish balandligiga, predmetlar va tuproqning yiqilish sodir 
bo’lgan joydagi xususiyatlariga bog’liq. Bundan tashqari, yiqilish paytida odam 
tanasi uriladigan joy, u erda predmetlarning turtib chiqqan joyi borligi yoki 
yo’qligi va jabrlanuvchi yiqilish paytida shu erga urilishi va shuningdek 
jabrlanuvchi organizmining individual xususiyatlari hamda sog’liq holatiga bog’liq 
bo’ladi.
Balandlikdan yiqilish
ning holati juda xilma xildir. Imoratlarning tomi va 
oynasi, qoyadan, daraxtlar, qurilish materiallari, zinapoya oralig’i, shaxtalar, 
quduqlar va boshqalardan yiqilishlar doimo ko’zga tashlanib turadi. Parashyutni 
ochilmay qolishi tufayli aviakatastrofa yoki harakatlanuvchi transportdan 
yiqilishlarda jarohatlanishlar turlarining o’ziga xos belgilari ko’zga tashlanadi.
To’g’ridan to’g’ri yoki zinapoyasimon yiqilishlar farqlanadi.
To’g’ridan to’g’ri yiqilganda odam tanasi qandaydir yuzaga tushib, shu erda 
qoladi; zinapoyasimon yiqilishda odam tanasi har xil balandlikda joylashgan 
predmetlarga uriladi.
Bundan tashqari, mustaqil yoki mustaqil bo’lmagan yiqilishlar ham 
farqlanadi. Birinchi holatda odam tanasi mustaqil yiqiladi, ikkinchi holatda esa 
qandaydir predmetlar bilan birga yiqiladi.
Yiqilish sharoitlarini bilish ekspert uchun juda muhimdir. Sud tibbiyoti 
eksperti hatto murdani kesib ko’rgandan keyin ham voqea sodir bo’lgan joyni 
ko’zdan kechirgani ma’qul. Bunda ekspertiza vaqtida topilgan jarohatlanishlar 
84


xarakterini ma’lum aniq sharoitda yiqilishning o’ziga xos xususiyatlari bilan 
bog’lashga harakat qilinadi.
Mustaqil to’g’ridan to’g’ri yiqilganda ayniqsa xarakterli jarohatlanishlar 
sodir bo’ladi. Bunda jarohatlanish xarakteri yiqilish balandligi, tana og’irligi, odam 
yiqilgan yuzaning o’ziga xos xususiyatlari va yuzaga urilayotgan paytda odam 
tanasining holati bilan aniqlaniladi. Jarohatlanish hosil bo’lish mexanizmiga ko’ra 
3 guruhga bo’linadi:
1.
Birlamchi to’g’ridan to’g’ri erga urilgan paytda jarohatlanish urilgan 
joyda sodir bo’ladi.
2.
Birlamchi, uzoqlashgan jarohatlanish bu ham birlamchi urilish paytida 
paydo bo’lib, bu urilish joyidan uzoqroqda ko’zga tashlanadi.
Masalan, oyog’i bilan yiqilganda bo’yin umurtqasining xalqasimon 
sinishi, ichki organlarning yorilishi, ildizining uzilib ketishi va 
boshqalar.
3.
Erga odam tanasining boshqa qismlari bilan ikkilamchi urilganda 
ikkilamchi jarohatlanishlar kelib chiqadi.
Balandlikdan yiqilishning umumiy belgilaridan biri ichki organlar 
jarohatlanishining tashqi jarohatlanishlarga qaraganda ustunligi. Tashqi 
jarohatlanish, odatda, kamroq uchraydi. Yiqilish sodir bo’lgan yuzasiga odam 
tanasining tegishidan qontalashlar, shilinishlar, ba’zan lat egan yaralar odatda bir 
tomonlama joylashadilar. Ketma-ketlik bilan yiqilishda yana qo’shimcha 
jarohatlanishlar ham qo’shilib, yiqilish mexanizmi haqidagi savolni echishda 
qiyinchilik to’g’dirishi mumkin.
Misol:
74 yoshli A. ismli erkak murdasi ekspertizadan o’tkaziladi. U ko’p 
qavatli uylarning 7-qavatidan yiqilishi natijasida o’ladi. Marhum tirikligida 
miyasiga qon quyilishdan keyin qiyinchilik bilan xonada mustaqil harakatlangan. 
Yiqilish sodir bo’lgan joy uy derazasi pastki qismidan uy poligacha 1 metrni 
tashkil qilib, deraza tokchasi 50 sm kenglikdaligi ko’zga tashlanadi. Marhum past 
bo’yli, semiz, harakatlanish qobiliyati keskin chegaralangan. Marhumning 
tiriklikdagi sog’liq holati, tushish joyining xususiyatlari, shuningdek o’zining 
85


qarindoshlari bilan muomulasining juda yomonligi kabi qarashlar uy derazasidan 
o’zini o’ldirish uchun tashlab yuborilganligi haqidagi shubhani aytish uchun asos 
bo’ladi. Voqea sodir bo’lgan joyni sinchiklab tekshirish, shuningdek, derazada 
taxtalar borligi, murdani 7-qavat devorida topilishi, murdaning vaziyati va boshqa 
xususiyatlari jabrlanuvchining o’zini-o’zi o’ldirish uchun mustaqil yiqilishi 
mumkinligi to’g’risida gapirish uchun asos bo’lishligini ko’rsatadi. Bu ancha vaqt 
o’tgandan keyin marhum tomonidan yozilgan tilxat topilganligi bilan ham 
tasdiqlaniladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish