mexanizmi yuzaga kelishi jabrlanuvchi tanasining
xarakatlanuvchi mashina
g’ildiragi bilan yo’l orasida siqilishi bilan bog’liq. Bundan tashqari, jarohatlanish
g’ildirakning urilishi, odam tanasini yuzasiga sirg’alishi, to’qimalarining
cho’zilishi va sudrab ketishi tufayli yuzaga kelishi mumkin (1-jadvalga qaralsin).
Odatda, avtomobilning odam ustidan o’tib ketishi natijasida og’ir ko’p xil
ikki tomonlama jarohatlanish kuzatiladi. Jarohatlanishning keng va og’irligi
avtomashinaning og’irligi, tanadan o’tish yo’nalishi va bunday davrda odam
tansining holatiga bog’liq bo’ladi.
Mashina g’ildiragi izi va jarohatlanishining spetsifik belgilariga g’ildirak
qoplamasining tamg’asi rasmi kirib, bular jabrlanuvchining tanasi va kiyimlarida
topilishi mumkin (25-rasm). Bunday tamg’alar ko’pchilik
hollarda yuzaki va
pozitiv bo’lishi hamda g’ildirak qoplamasini do’mpayib chiqqan qismi
hisoblanadi. Shuningdek, negativ bo’lishi va bu g’ildirak qoplamasini ichkariga
kirgan chuqurlikdagi holatini ko’rsatadi. Pozitiv tamg’alar odatda kiyimlar va
odam
tanasida ifloslanish qoplamasi, terisida esa shilinishlar borligi bilan
xarakterlanadi. Negativ tamg’alar, odatda, qontalashlar ko’rinishida bo’lib, bunda
g’ildirak qoplamasining yuqoriga ko’tariluvchi qismi bilan bosilishi va terining
qon tomirlari siqilishidan g’ildirak qoplamasi chuqurligida teri ichiga qon quyiladi.
Agar g’ildirak jabrlanuvchi kiyimi yoki tanasiga o’zining
yonbosh qismi bilan
tekkanda, tamg’a izi g’ildirak qoplamasining yonbosh qismida yuzaga keladi.
Mashina g’ildiragi qoplamasi rasmini aniqlash muhim ahamiyatga ega bo’lib,
ekspertning oldiga qo’yilgan qator savollarga javob berishda ko’maklashadi. Bu
avtomobildan jarohatlanishning turi va borligi, jabrlanuvchi tanasi holatining
mashina g’ildiragi o’tgandagi holati, avtomobilning tipi va markasi, ba’zan odam
tanasidan o’tgan aniq avtomobilning turi kabi ma’lumotlarni beradi.
Ayrim
hollarda protektor tamg’asining odam kiyimidagi rasmi faqatgina infraqizil nurlar
yordamida aniqlaniladi (Zaslavskiy G.I., 1969) (25, 26, 27, 28-rasmlar).
Odam tanasiga mashina g’ildiragini chiqish paytida yuzaga keladigan
jarohatlanish mashina g’ildiragining odam tanasidan o’tishini aniqlashda katta
ahamiyatga egadir (tanadan o’tishning uchinchi fazasi – 1-jadvalga qaralsin).
108
Bunda mashina g’ildiragining aylanma harakati tufayli bosilishi va siljishidan keng
yo’lsimon shilinishlar va terining ko’chishi tufayli qon bilan to’lgan bo’shliq hosil
bo’ladi. Ba’zan terini ko’chishi ancha kattagina o’lchamga ega bo’lib, son yoki
barcha oyoq-qo’llarni tsirkulyar holda egallashi mumkin.
Bu joylarda teri osti
kletchatkasi ezilib, muskullarining qatlamlarga ajralishi kuzatiladi.
25a
25b
Do'stlaringiz bilan baham: