Tuproqlarni sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi va muammolari.
REJA:
1. Zaharli moddalarning ifloslanish manbalari, kimyoviy tarkibi va ifloslanish maydoni.
2. Sanoat va maishiy chiqindilarning zararsizlantirilishi va qayta ishlash.
Atrof – muhitni xususan tuproq qoplamini kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi turli omillar ta’sirida vujudga kelib, bu moddalar xususiyatiga ko‘ra yillar davomida o‘zining ta’sirini o‘tkazadi. Ayniqsa o‘ta zaharli moddalar deya e’tirof etiluvchi radioaktiv elementlar (U(uran), Ra(radiy), Os(osmiy), Th(toriy) va boshqalar), og‘ir metallar (Cd(kadmiy), P(fosfor), Sr(stronsiy), Ni(nikel), As(mishyak) va boshqalar), ayrim gazlar hamda pestitsidlar tuproq qoplamiga tushib, “tuproq→o‘simlik→hayvon→inson” tiriklik biozanjiri orqali o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Zaharli moddalarning ifloslanish manbalari, kimyoviy tarkibi, ifloslanish maydoni va ularning ilmiy – amaliy Yechimi dunyo bo‘yicha bir biridan farq qiladi. Masalan, Evropa davlatlarida asosan sanoat tizimidagi faoliyatlar orqali ifloslansa, Markaziy Osiyo davlatlarida chiqarilgan chiqindilar va qishloq xo‘jaligida kimyoviy moddalardan noilmiy tarzda foydalanish natijasida ifloslanadi. Zaharli moddalar bilan ifloslanishning asosiy manbalariga: radioaktiv elementlar bilan bog‘liq sanoat tizimi, tabiiy konlar, yadroviy qurollardan me’yordan tashqari foydalanish, kimyoviy moddalar saqlash omborlari, chiqindi qabristonlari, halq xo‘jaligi va qishloq ho‘jaligida kimyoviy moddalarning me’yoridan ortiq qo‘llanilish holatlarini kiritish mumkin.
O‘zbekistonda energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish ob’ektlarida hosil bo‘ladigan chiqindilar, atrof- muhitni va tuproq qoplamini ifloslovchi asosiy manbalar hisoblanadi. Ishlab chiqarish va iste’moldan chiqqan chiqindilar hosil bo‘lishining yillik xajmi 100 mln. tonnani tashkil etadi.
Respublikamizda chiqayotgan chiqindilarni 4 toifaga bo‘lish mumkin. Ularning yillik hajmi turlicha bo‘lib, ma’lum qismi tuproq qoplamiga tushib uni ifloslantiradi, 2004 yilda chiqindilar miqdori 1-toifa bo‘yicha 1,6 ming tonna, 2-toifa chiqindilari 2,8 ming tonna, 3-toifa chiqindilari 1416,3 ming tonna, 4-toifa chiqindilari 34306,8 ming tonna miqdorida paydo bo‘lgan. Ushbu chiqindilarning 14% dan ko‘prog‘i zaharli hisoblanadi, hozirgi kunda chiqindilarning barcha turlari hisobga olinmoqda.
Respublikamizda eng katta sanoat ob’ektlari Toshkent, Navoiy shaharlarida joylashgan. Toshkent shahri yirik sanoat markazi hisoblanib (O‘zbekiston YAIMning 30%), keng turdagi ishlab chiqarish tuzilmalariga ega, xususan, aviasozlik, mashinasozlik, to‘qimachilik, kimyo, farmatsevtika, oziq–ovqat, elektro-texnik, qurilish kabi ko‘plab sanoat korxanalari mavjud.
Zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalish yo‘llari va omillariga yer osti va yer usti suvlari, atmosfera omillari va insoniyat faoliyatini kiritish mumkin.
Mustaqillikka erishilgandan so‘ng o‘ta zaharli moddalar bilan bog‘liq faoliyatlar tartibga solindi va tuproq qoplamining ifloslanish darajasini kamayishiga erishildi. Biroq yillar davomida tuproq qoplamiga tushgan o‘ta zaharli moddalar o‘zining salbiy ta’sirini hali xanuz o‘tkazib kelmoqda. Zaharli moddalarning boshqa kimyoviy ifloslovchi moddalardan havfli tomoni va farqi shundaki, ularda zahar ta’sirining juda yuqoriligi va ta’sir etish vaqtining kattaligidir. Misol uchun quyidagi elementlarning (izotoplari) yemirilish davrini keltiramiz: 186Os-2∙1015, 205Pb-1,5∙107, 238U-4,468∙109, 230Th-7,53∙104, 123Te-1,25∙1013 yilga teng.
Ifloslovchi zaharli moddalar har bir muayyan hudud va mamlakatda turlicha bo‘ladi. Respublikamizda o‘ta zaharli moddalar bilan ifloslanish asosan qishloq xo‘jaligida o‘g‘it va pestitsidlardan foydalanish, ayrim lokal nuqtalarda esa chiqindilar orqali vujudga keladi. Tuproq qoplamining o‘ta havfli moddalar pestitsidlar bilan ifloslanishi respublikamizda ko‘proq uchraydi. Chunki davlatimizda qishloq xo‘jalik tarmog‘i keng yo‘lga qo‘yilgan.
Mustaqillikka erishgunga qadar dexqonchilik faoliyatida pestitsidlar yoppasiga keng masshtabda qo‘llanilgan va yillar davomida ularning qoldiqlari to‘planishi natijasida tuproqning ifloslanishi vujudga kelgan
Tuproqlarni kimyoviy ifloslanishida turli tarmoqlar faoliyatining ulushi turlicha bo‘lib, tuproq qoplamiga chiqarayotgan birikmalari ham turli kimyoviy tarkib va ko‘rinishga ega bo‘ladi. Tuproqlarni kimyoviy ifloslanishida ko‘proq uchraydigan holatlardan biri bir necha ixtisosdagi sanoat korxonalari bir hududga joylashishi natijasida atrof muhitning ifloslanishi keng uchramoqda. Respublikamizning Toshkent va Navoiy viloyati tumanlarida bir necha ixtisosdagi sanoat korxonalari joylashib, tutash hududdagi tuproqlar turli darajada ifloslanmoqda. Respublika bo‘yicha o‘zining faoliyati mobaynida atrof muhitga turli ko‘rinishda kimyoviy moddalar chiqaradi
Har bir tuproqqa tushgan kimyoviy modda tuproq qatlamlarida saqlanib, miqdori ortib boraveradi, ya’ni tuproq qoplami uzoq yillar davomida zaharli moddalar ta’sirida qoladi.
Ifloslovchi manbalardan turli ko‘rinishda (suyuq, qattiq, gaz va boshqa) tuproq qoplamiga tushadi, ayniqsa sanoatlashgan Toshkent va Navoiy viloyalarida turli ko‘rinishdagi chiqindilar miqdori yuqori bo‘lib, chiqindilarning asosiy qismi maxsus maydonlarga ko‘miladi.
Sanoat va maishiy chiqindilar bo‘yicha olib borilayotgan amaliy islohatlar natijasida ma’lum qismi zararsizlantirilib, qayta ishlanmoqda, bu bilan tuproq qoplami kimyoviy ifloslanishining kamayishiga erishilmoqda. Buni quyidagicha ifodalash mumkin:
Sanoat va maishiy chiqindilarning zararsizlantirilishi va qayta ishlash mexanizmi
Bu yo‘l bilan sanoat va maishiy chiqindilar 2002 yilda 13,5 % qayta ishlandi va Oxangaron tumanida “Qayta tayyorlash” korxonasi tashkil etildi, bu korxonaning faoliyati yana 4 % chiqindilarni qayta ishlash imkonini berdi. Biroq bu yillik chiqayotgan chiqindilarni to‘liq qayta ishlash uchun etarli emas.
Sanoat va maishiy chiqindilar bilan birga sanoat korxonalaridan atmosfera havosiga ham turli gazlar chiqariladi va atmosfera ifloslanishi bilan bir qatorda ma’lum qismi tuproq qoplamiga tushadi .
Atmosfera havosiga chiqarilayotgan minglab tonna tashlanmalar yil davomida yomg‘ir, qor, shamol va boshqa omillar ta’sirida tuproq qoplamiga tushib, tuproqning kimyoviy ifloslanishini oshishiga olib keladi.
Bundan tashqari tuproqni havfli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi qishloq xo‘jaligida turli o‘g‘itlar qo‘llanilishi bilan vujudga kelmoqda.
Tadqiqotlarga ko‘ra (K.Mirzajonov, M.Nazarov, S.Zokirova, G‘.Yuldashev) zavodlardan chiqarilayotgan fosforli o‘g‘itlarning har tonnasida tabiiy radionuklidlardan uran-0,036, toriy-0,027, ftor-25,0 (g/t) miqdorida uchrash hisobidan yiliga 445,9 ming tonna fosforli o‘g‘it solinadigan bo‘lsa, respublika tuproq qoplamiga 16,05 t uran, 12,03 t toriy va 11148 t ftor tushishi e’tirof etiladi. Bu esa eng oddiy yo‘l bilan tuproq qoplamini o‘ta zaharli moddalar bilan ifloslanishga yaqqol misoldir, shu nuqtai nazardan erga solinayotgan va turli maqsadlarda qo‘llanilayotgan turli kimyoviy moddalarning foydalanish tavsifini to‘liq bilish talab etiladi, chunki tuproq tanasi “Tirik tana” hisoblanib, unga tushayotgan har bir yot modda albatta o‘zining ijobiy yoki salbiy ta’sirini o‘tkazadi.
Ayni kunda tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi har qachongidan ko‘ra avj oldi va bu bir muayyan hudud uchun emas, balki mintaqaviy va global darajadagi muammolarga olib kelmoqda. Bu o‘rinda respublikamizning janubiy Surxondaryo viloyatining bir necha tumanlariga o‘zining chiqindi tutunlari bilan bir qator muammolarni keltirib chiqarayotgan Tojikiston alyuminiy zavodi (TojAZ) faoliyatini keltirishimiz mumkin. TojAZ birgina 2002 yilda 21,613 ming tonna atmosfera orqali tuproq, o‘simlik, hayvonot va suv qoplamiga vodorod ftorid - NF, azot ikki oksidi - NO, uglerod ikki oksidi – CO, oltingugurt to‘rt oksidi - SO2 kabi zaharli moddalarni chiqargan, natijada esa tuproq qoplamida ayrim kimyoviy elementlarning miqdori ruhsat etilgan miqdori (REM) ko‘rsatkichidan bir necha marta ortgan va tuproqning bir qator xossalariga salbiy ta’sir etgan. Eng achinarlisi bu holat shu hududda yashovchi xomilador ayollar, yosh bolalarga sezilarli ta’siri achinarli holatlarga olib kelgan.
TojAZ ning faoliyati mobaynida nafaqat Tojikiston Respublikasi hududi, balki O‘zbekistonning Sariosiyo, Uzun va Denov tumanlari atrof- muhiti, xususan tuproq, suv, havo qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyosi kimyoviy ifloslanishdan zararlanmoqda.
Tuproq qoplamining ifloslanishi bu hudud bo‘yicha 4 hududga ajratiladi:
1 hudud – Sariosiyo tumani (TojAZdan 40 km uzoqlikda). Bu hududda tuproqda ftor miqdori – 1,5 STCHK ni tashkil etib, ifloslangan qatlam 60 sm ga etadi.
2 – hudud TojAZ dan 40 – 60 km uzoqlik atrofi bo‘lib, mazkur hudud tuproqlarida ftoridlar to‘planishi STCHK dan kam.
3 – hudud TojAZ dan 60 – 90 km uzoqlik atrofi bo‘lib, mazkur hudud tuproqlarida ftoridlar to‘planishi STCHK dan kam bo‘lib, suvda eruvchi ftorning to‘planishi ham past darajada.
4 – hudud TojAZ dan 100 km uzoqlik atrofi bo‘lib, mazkur hudud tuproqlarining ifloslanishi kuzatilmaydi.
Bir ko‘rinishda kichik hududga o‘zining kimyoviy ta’siri bilan zarar ko‘rsatayotgan TojAZ va boshqa sanoat korxonalari hammasi bir bo‘lib, tuproq qoplami uchun ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa mummolarni keltirib chiqaradi. SHu nuqtai nazardan har bir sanoat korxonalarini tashkil etishdan avval ekologik nuqtai nazardan ham yondashilishi muhimdir.
Эътиборингиз учу н рахмат!
Do'stlaringiz bilan baham: |