7-Mavzu: PHP yordamida so’rovlarni qayta ishlash.
Mavzu rejasi:
1. Mijoz-sever texnologiyasi asoslari.
2. Http protokoli va ma’lumotlarni serverga jo’natish metodlari.
3. Mijoz so’rov shakli. Metodlar.
4. Html formasini serverlarga ma’lumotlarni jo’natish uchun qo’llanilishi
5. So’rovlarni php yordamida qayta ihlash
Adabiyotlar:
Aripov M., Dottoyev S., Fayziyeva M. Web texnologiyalari. T. 2013 y.
Aripov M. Internet va elektron pochta asoslari. T.; Universitet 2000 y.
Aripov M., Tillaev A. Web sahifalar yaratish texnologiyalari. T. 2006 y.
Bu bobda serverga ma’lumotlarni jo‘natish metodlari va ularni PHP yordamida qayta ishlash o‘rganiladi. Mijoz-server texnologiyasining asosiy tushunchalari ko‘riladi. Post va Get metodlarining qisqacha tavsifi beriladi. HTML-formadan ma’lumotlarni olish mexanizmi va ularni PHP yordamida qayta ishlash bilan tanishiladi.
Biz ma’ruzaning boshida PHP- server yordamida qayta ishlanadigan skriptli til ekanligini ta’kidlab o‘tgandik. Hozir biz server nima u, qanday funksiyalarni bajaradi va umuman qanaqa serverlar bo‘lishini aniqlab olamiz. Gap server haqida ketayotganida o‘z-o‘zidan mijoz tushunchasi esga tushadi. Chunki bu ikki tushuncha bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Ularni mijoz-server kompyuter arxitekturasi birlashtirib turadi. Odatda server haqida gapirilayotganida mijoz-server arxitekturasi nazarda tutiladi, mijoz haqida gapirilayotganida ham shu arxitektura nazarda tutiladi. Uning mazmuni shundaki, ikki ichki sistema funksiyasini ajratish qandaydir harakatlarni bajarayotgan so‘rovni jo‘natayotgan mijoz va shu so‘rovni bajarayotgan server yordamida amalga oshiriladi. Mijoz va server o‘rtasida o‘zaro aloqa TCP/IP va z39.50 kabi maxsus standart protokollar ishtirokida amalga oshiriladi. Aslida protokollar juda ham ko‘p, ular darajasiga qarab ajratiladi. Bizning dasturli masalalarimizda faqat HTTP protokoli kerak bo‘lgani uchun sal keyinroq uni ko‘rib chiqamiz. Hozircha mijoz-server arxitekturasiga qaytamiz va mijoz - server qanday tushuncha ekanligini aniqlab olamiz.
Har xil jarayonlarni bajarilishini nazorat qilib turadigan dasturlar to‘plamiga server deyiladi. Ushbu dasturlar mos ravishda qandaydir kompyuterga o‘rnatilgan bo‘ladi. Ko‘pincha server o‘rnatilgan kompyuterni server deb atashadi. Mijoz so‘rovi bo‘yicha qandaydir aniq jarayonni ishga tushirish va uni ishini natijasini mijozga jo‘natish kompyuter-serverning asosiy funksiyasiga kiradi.
Serverni istalgan xizmatidan foydalanilgan jarayonga mijoz deyiladi. Foydalanuvchi ham dastur ham mijoz bo‘la olishi mumkin. Mijozning asosiy vazifasi ilova talab qilayotgan vaqtda server bilan aloqada ilovani bajarish va uni amalga oshirishdir. Shu bilan birga mijoz foydalanuvchiga ishini mantig‘ini va kerak bo‘lganda uni masalasini serverga jo‘natishni, hamda ilova bilan ishlash uchun interfeys yaratib berishni ta’minlashi kerak.
Mijoz va server o‘rtasidagi o‘zaro aloqa mijoz tashabbusiga ko‘ra boshlanadi. Mijoz xizmat turini tanlaydi, seansni o‘rnatadi, o‘ziga kerak bo‘lgan natijani oladi va ish tugagani haqida xabar qiladi.
Ko‘pincha bir nechta mijozlar bir vaqtning o‘zida bitta server xizmatlaridan foydalanadi. Shuning uchun har bir server ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashi va katta ishlab chiqarishga ega bo‘lishi kerak.
Server kompyuterga ulanayotgan vaqtda lokal yoki global tarmoq bo‘lsa maqsadga muvofiqroq bo‘ladi. Serverni alohida turadigan kompyuterga ham ulash mumkin (unda u bir vaqtning o‘zida ham server ham mijoz vazifasini bajaradi).
Serverlarning har-xil turlari mavjud. Quyida ularning ayrimlari keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |