5. Mavzu: Ta’lim metodlari tasnifi
Ta’lim metodlaridan tegishli maqsadlarda samarali foydalanish uchun har bir metodning tarkibiy tuzilishi to’risida zarur tushunchalarga ega bo’lish talab qilinadi. Ta’lim metodlari ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishning tegishli pedagogik- psixologik va ilmiy-metodik asoslariga ega. Ular ko’zlangan maqsadlarga erishish yo’lidagi murakkab, ko’p qirrali, ko’p sifatlarga, xususiyatlarga ega bo’lgan faoliyat turidir. Shu munosabat bilan ta’lim metodlarining tarkibiy tuzilishiga doir umumiy ma’lumotlarni qisqacha keltirib o’tamiz.
Ta’lim metodlari turli tarkibiy tuzilishga ega bo’lib, ular usul, yo’l, bosqich, bo’lak, qism, modul, algoritm kabi tushunchalar bilan ifodalanadigan tarkibiy elementlarni o’z ichiga oladi, Ular orasida usullar alohida ajralib turadi. Quyida ularning qisqacha ta’riflarini keltiramiz:
Usul – metodning unsuri bo’lib, uning tarkibiy kismi, metodni amalga oshirish bo’yicha qo’llanadigan harakatlarning turlarini belgilaydi.
Yo’l – metodni amalga oshirish bo’yicha qo’llanadigan harakatlarni bajarish shaklini belgilaydi.
Bosqich – metodni amalga oshirish jarayonining mazmun va vaqt bo’yicha muayyan darajadagi ketma-ketligini bildiradi.
Bo’lak – metodning tarkibini istalgan turli kattalikda taqsimlanishi natijasida hosil bo’ladi.
Qism – metodning tarkibini muayyan mantiqiy asosda taqsimlanishi natijasida hosil bo’ladi.
Modul – metodni hosil qiluvchi eng kichik tarkibiy bo’laklarini bildiradi.
Algoritm – metodning tarkibiy tuzilishidagi muayyan tartibda takrorlanuvchi modullari yiindisini hamda metodni amalga oshirish jarayonidagi harakatlarning muayyan tartibda takrorlanib turuvchi majmuasini bildiradi.
Ta’lim metodlarida o’qitishning ob’ektiv qonuniyatlari, maqsadlari, mazmuni, tamoyillari, shakllari o’z aksini topadi.
Metodlar boshqa didaktik kategoriyalarga uzviy boliq va biri boshqalarini taqozo qiladi, ya’ni o’qitishning maqsadi, mazmuni, shakli, hosilasi sifatida metodlar didaktik kategoriyalarga tegishlicha ta’sir ko’rsatadi.
Har bir ta’lim metodining tarkibiy tuzilishida shu metodning o’ziga xos bo’lgan ob’ektiv va sub’ektiv jihatlar ajralib turadi.
Metodlarning ob’ektiv jihatlarida barcha didaktik koidalar, qonunlar va qonuniyatlar, tamoyillar va ta’riflar, shuningdek, mazmun butunligining doimiy komponentlari, o’quv faoliyatining shakllariga xos bo’lgan umumiy jihatlar aks etadi.
Metodlarning sub’ektiv jihati pedagog shaxsi, ta’lim oluvchilarning o’ziga xosligiga va mavjud sharoitga boliq bo’ladi.
Ta’lim metodlari tasnifi – bu muayyan belgilar asosida tartibga solingan tizimdir. Ma’lumki, didaktik tadqiqotlar o’qitishni dialektik jarayon sifatida o’rganadi. Bunga ko’ra ta’lim metodlari tizimi Usish, o’zgarishda, harakatda bo’lib, ta’lim mazmunida yuz berayotgan barcha o’zgarishlarni xnsobga olgan holda rivojlanb borishi hisobga olinadi. Shunga muvofiq ularni tasniflashda ham ushbu ro’y berayotgan o’zgarishlar tegishlicha aks etib boradi.
Ta’lim metodlarini tasniflashda ularning an’anaviyligi, didaktik maqsadi, bilish faoliyati harakteri, o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish xususiyatlari. O’quv- bilish faoliyatini motivastiyalash va stimullash xususiyatlari, o’quv-bilish faoliyatining samaradorligini nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish xususiyatlari kabi belgilariga asoslaniladi.
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |