7-Mavzu: php yordamida so’rovlarni qayta ishlash. Mavzu rejasi



Download 1,31 Mb.
bet7/16
Sana09.12.2022
Hajmi1,31 Mb.
#882810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
7 maruza

Metodlar


Yuqorida aytib o‘tganimizdek mijozning serverga istalgan so‘rovi metodni ko‘rsatish bilan boshlanishi kerak. Metod mijoz so‘rovining maqsadi haqida xabar beradi. HTTP protokoli juda ham ko‘p metodlarni qo‘llaydi, lekin ularni ichidan faqat uchtasi ko‘p qo‘llaniladi: POST, GET va HEAD. GET metodi resurs so‘rovida URI yordamida identifikatsiya qilingan istalgan ma’lumotni olishi mumkin. Agar URI dasturga ko‘rsatayotgan bo‘lsa, unda dastur ishining natijasi sifatida dasturning matni emas o‘zi qaytadi (agar matn dastur ishining natijasi bo‘lmasa). Qo‘shimcha ma’lumot so‘rovni qayta ishlash uchun so‘rovni o‘ziga qo‘yiladi. GET metodini resurs qismi maydonida qo‘llayotgan vaqtda so‘ralgan ma’lumot mos ravishda qaytadi (masalan, HTML matni xujjati).
GET metodining har-xil shakllari mavjud - shartli GET. Bu metod agar shart bajarilgan bo‘lsa, so‘rov sarlavhasi maydonida if-Modified-Since ning mavjudligi haqida so‘rovga javob yuborish kerakligini xabar beradi. Aniqroq gapiradigan bo‘lsak, resurs if-Modified-Since da ko‘rsatilgan vaqtdan keyin o‘zgartirilgan bo‘lsa, resurs maydoni so‘rovga javob kabi beriladi.
HEAD metodi ham GET metodiga o‘xshash, faqat u resurs tanasini qaytaradi va shartli analogga ega emas. HEAD resursi resursdan ma’lumot olish uchun qo‘llaniladi. Bu gipermatnli jo‘natmalarni testlash masalalarni yechish uchun kerak bo‘ladi.
POST metodi serverga resurslar annatotsiyasi, yangiliklari va pochtali xabarlar, kerakli va katta hajmdagi ma’lumotni jo‘natish uchun ma’lumotlar bazasida qo‘shimchalar qo‘shish uchun yaratilgan. POST metodida GET va HEAD metodlaridan farqli ravishda formalar maydonidan yoki boshqa manbadan olingan ma’lumotni, ya’ni resurs tanasini uzatadi.
Shu vaqtgacha biz faqat asosiy tushunchalar va nazariyalar bilan tanishdik. Endi ularni amaliyotda qo‘llashni o‘rganamiz. Quyida biz serverga qanday qilib so‘rov berish va uni javobini qayta ishlashni o‘rganamiz.

    1. HTML formasini serverga ma’lumotlarni jo‘natish uchun qo‘llanilishi.

Ma’lumotlarni serverga jo‘natish uchun HTML tilida maxsus konstruksiya – formalar mavjud. Formalar foydalanuvchidan ma’lumot olish uchun yaratilgan. Masalan, foydalanuvchining logini va paroli uni sayt sahifasidan foydalanishiga ruxsat berish uchun kerak. Yoki foydalanuvchining u bilan aloqa qilish uchun shaxsiy ma’lumotlari kerak. Formalar aynan shunday ma’lumotlarni olish uchun ishlatiladi. Formalarga matn kiritish yoki ro‘yxat ichidan kerakligini tanlab kiritish mumkin. Formalarga yozilgan ma’lumotlar serverning maxsus dasturiga qayta ishlash uchun jo‘natiladi (masalan, PHP skriptiga). Foydalanuvchi kiritgan ma’lumotlarga qarab bu dastur ularni har-xil web-sahifa ko‘rinishida formatlashi, ma’lumotlar bazasiga so‘rovni jo‘natishi, har-xil izohlar kiritishi va hokazolarni bajaradi.


HTML-formasining sintaksisi bilan tanishamiz. Ko‘pchilik bu bilan tanish bo‘lishi mumkin, lekin biz uning asosiy joylarini qaytarib o‘tamiz. Formaga ma’lumotlarni chiqazish uchun turli boshqaruvchi elementlar ishlatiladi. Bu elementlardan birida foydalanuvchi ma’lumotlarni klaviatura yordamida kiritadi, boshqasida esa u sichqoncha yordamida kerakli variantni tanlaydi. Formada foydalanuvchi tomonidan o‘zgartirib bo‘lmaydigan yashirin maydonlar ham qatnashadi. Bitta sahifa tarkibida bir nechta forma bo‘lishi mumkin, shuning uchun bir formani boshqasidan ajratib olish imkonini beruvchi vosita zarur. Shunga ko‘ra, foydalanuvchi forma bilan ishlayotganda, formadagi ma’lumotlar qaysi sahifaga o‘tishi kerakligi ko‘rsatilishi kerak(ya’ni, jo‘natish tugmasi bosilganda forma ma’lumotlarni qaerga jo‘natsin, o‘sha manzil ko‘rsatilishi kerak). Barcha masalalar quyidagicha HTML teglari bilan berilgan forma ichiga olib
yechiladi:
– forma elementlari-

Berilgan fragmentdan ko‘rinib turibdiki, forma tegida ikkita zarur element: amal va metod ko‘rsatiladi. Amal, forma ma’lumotlari jo‘natiladigan va qayta ishlanadigan sahifa nomini, metod esa ma’lumotlarni ushbu sahifaga qanday uzatish metodini aniqlaydi. Ikkita metod mavjud:

  • get metodi formaning barcha ma’lumotlarini URL tugashida uzatadi. Bu metod maxsus tillar bilan bog‘liq turli chegaralashlarni va ma’lumot uzunligini kamdan-kam hollarda qabul qiladi;

  • post metodi formadagi barcha ma’lumotlarni so‘rov tanasida uzatadi. Bu metod get ga nisbatan ko‘p qo‘llaniladi.


Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish