Tibbiyot instituti talabalari uchun


VIII-BOB. AVIATSION JAROHATLANISH



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

VIII-BOB. AVIATSION JAROHATLANISH
8.1. Aviatsion hodisalar va ularning sabablari
Keyingi paytda aviatsiya xavfsizlik qoidalariga katta e’tibor berilishiga 
qaramasdan bu bilan bog’liq hodisalarning yuzaga kelishining sabablaridan biri 
uchish apparatlarining izdan chiqishi va emirilishidan ko’pgina yo’lovchilar hamda 
ekipaj a’zolarining o’lishi ko’zga tanshlanmoqda.
Aviatsion halokatining sabablariga texnikaning nosozligi, noqulay 
meteorologik sharoitlar, uchishni boshqarish va tashkil qilinishini etarlicha 
ta’minlanmaganligi va boshqalar kiradi. Bunday ko’pgina uchishga oid hodisalar 
uchishni boshqaruvchi ekipaj tarkibining xatosi bilan bog’liqdir. Bular ekipaj 
a’zolarining professional tajribasizligi, murakkab avariya holatlarida o’zini 
yo’qotib qo’yishi, kasalligi yoki uchish jarayonidagi noqulay faktorlar ta’sirida 
ekipaj a’zolari ish qobiliyatining pasayishi bilan bog’liqdir.
Aviatsion halokatining har bir holati sinchiklab tekshirilishni talab qiladi. 
Bunda sud tibbiyoti ekspertizasi o’tkazilishi shart.
8. 2. Har xil aviatsion hodisalarida jarohatlanishlar xarakteri va jarohatlovchi 
faktorlar
Aviatsion jarohatlanish deganda ekipaj a’zolari, yo’lovchilar va boshqa 
shaxslarning uchuvchi apparatlarga xizmat qilish yoki ularni ishlatishda olgan 
jarohatlar yig’indisi tushuniladi.
Aviatsion hodisalarga bog’liq sodir bo’ladigan jarohatlovchi faktorlarga 
aloqador barcha turli tuman jarohatlanishlar, jarohatlanishning holatiga qarab, 
quyidagi asosiy guruhlarga bo’linadi:
1. Uchish paytida samolyotni ichida jarohatlanish.
2. Uchuvchi samolyotni tashlab ketish tufayli jarohatlanish.
3. Samolyotning erga tushishida uning ichida jarohatlanish.
139


4. Samolyot erda bo’lganda jarohatlanish.
Uchish paytida samolyot ichida jarohatlanish samolyotning boshqa 
harakatsiz ob’ekt bilan to’qnashuvi, boshqa samolyot, qushlar bilan urilishi, 
portlash, yong’in tufayli, salon va kabinalarga xavo va tovushning o’tkazuvchan 
bo’lib qolishi tufayli sodir bo’ladi. Odatda, bunday voqealar samolyotni erga 
qulashi bilan tugallanadi. Uchayotgan samolyotdan tashlashda parashyutdan 
sakrash jarayonida jarohatlanish sodir bo’lishi mumkin.
Samolyot pastga tushayotganda uning ichida jarohatlanish samolyot erga 
yoki suvli yuzaga urilishi oqibatiga bog’liq bo’ladi. Bunday oqibatlarga 
samolyotning yong’insiz mexanik buzilishi va portlashi yoki yonishi bilan 
portlashining birgalikda qo’shilishi kirishi mumkin. Mexanik jarohatlanishlarning 
hajmi va xarakteriga tushish burchagi va tezligi ham ta’sir qiladi.
Samolyot erda bo’lgan paytida undan tashqari va uning ichida bo’lgan odam 
jarohat olishi mumkin. Samolyotdan tashqarida jabrlanuvchi uning tashqi qismlari, 
masalan, qanotining oldingi qirrasi, vint bilan aylanuvchi shassi g’ildiragi orqali 
jarohatlanishi mumkin. Erda turgan samolyotning boshqa samolyot bilan 
to’qnashuvi, samolyot bortida yong’in va portlash tufayli samolyot ichida 
jarohatlanish olishi ko’zga tashlanadi. O’zining xarakteriga ko’ra, samolyotning 
erga tushishi tufayli ancha ko’p va xilma-xil jarohatlanishlar ko’zga tashlanadi.
Aviatsiya halokatlari vaqtida favqulotda sodir bo’ladigan xilma-xil 
jarohatlanishlar ko’pgina jarohatlovchi faktorlarning bir vaqtning o’zida yoki juda 
tezlik bilan birin-ketin ta’sir qilishi tufayli yuzaga keladi. Bunday faktorlarga: 
qarama-qarshi havo oqimi; portlash dekompressiyasi; balandlik dekompressiyasi; 
termik tassirotlar; salonga kiruvchi zaharli moddalar; kabina ichida joylashgan 
o’tmas vositalar; bog’lovchi tasma; portlash to’lqini; samolyot dvigatelining tashqi 
qismlaridan jarohatlanishlarni kiritish mumkin.
Dinamik ortiqchalilik uchish apparatining katta orttirilgan tezlikda harakati 
tufayli yuzaga keladi. Bunday ortiqchalilik kuchli anemiyaga yoki aksari bosh 
miya giperemiyasiga, ko’rish qobiliyatining buzilishi, xushini yo’qotilishiga olib 
kelishi, shuningdek yumshoq to’qimalarga qon quyilishi, ichki organlarning 
140


deformatsiyasi va siljishi (yurak, jigar, oshqozon) kuzatilib, ularning funktsiyasini 
keskin buzilishiga sababchi bo’ladi.
Urilishning ortiqchaligida samolyotdan avtomatik irg’ish paytida (parashyut 
bilan) katta kuch bilan qisqa muddatli irg’itish kursisiga chanoq-bosh yoki bosh-
chanoq yo’nalishi bo’yicha urilish kuzatiladi. Agar uchuvchi kerakli shaylanish 
holatini qabul qilishga ulgurmagan bo’lsa, bu ta’sir yanada xavfli xisoblanadi. 
Bunda oyoq-qo’llarning sinishi, umurtqa pog’onasining kompression sinishi, 
chanoq suyaklarining hamda kalla suyagining asosi va gumbazi sinishlari ko’zga 
tashlanadi.
Agar samolyotning uchish tezligi soatiga 800-1000 km va undan yuqori 
bo’lsa qarama-qarshi xavoning oqimi xuddi qattiq vosita xossasiga ega bo’lib, 
samolyotdan avtomatik irg’ish paytida va shlemi (temir qalpog’i) uzilib ketishi 
tufayli og’zining burchagi yirtilishi, yuzining yumshoq to’qimalari suyagigacha 
qatlamlanib ko’chishi, ko’z olmasining jarohatlanishi, shuningdek oshqozon va 
o’pkasi barotravmasi, o’tkir kislorod etishmovchiligi kuzatilishi mumkin. 
Odamning tanasidan kiyimlari va oyoq kiyimlarining uchirib ketish hollari ko’zga 
tashlanadi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish