qirrasiga qisiladi (Elagic O., 1960). Bunday hollarda jabrlanuvchining oyoq-
qo’llari sinishi, jigarning ezilishi va o’pka barotravmasi ko’zga
tashlanishi
mumkin.
33-rasm. Samolyot vinti yordamida tanadagi
ko’pdan-ko’p jarohatlanishlar
Samolyot g’ildiragi ramasidan jarohatlanish og’ir yuk avtomashinasining
odam tanasi ustidan o’tishdagi jarohatlanishdan farqlanmaydi.
8.3. Aviatsion halokatning sud tibbiyoti ekspertizasi va samolyot tushgan
joyni kuzatishining o’ziga xos xususiyatlari
Samolyot halokatga uchragan joyni kuzatish aviatsion voqealari holati
sababini aniqlashdagi qidiruv tadbirlar sistemasidagi muhim zvenolardan biridir.
Sud tibbiyoti ekspertining voqea sodir bo’lgan
joyni kuzatuvda qatnashuvi
maqsadga muvofiqdir.
Halokat sodir bo’lgan joyni kuzatishda shu joyning umumiy xarakteri,
samolyot urilgan erning holati, uning sinib tushgan
parchalarining joylashuvi,
shuningdek ekipaj a’zolari va yo’lovchilarning qoldiqlari yaxshilab o’rganiladi.
Sud tibbiyoti ekspertini esa sinib tushgan parchalar va ulardagi biologik xarakterli
qon izlari, odam tanasidan uzilgan to’qimalarining joylashgan joylari ayniqsa
qiziqtirishi kerak. Ekspertiza samolyot bo’lakchalarida qonning izini o’zaro
145
joylashuviga qarab, ularning shakli va o’lchamlarini jarohatlanish paytida odam
tanasida bo’lishini hisobga olib tananing qanday holatda bo’lganligi haqida
ma’lum tushunchaga kelishi mumkin.
Halokat sodir bo’lgan joyda murdaning
holati va nisbatan samolyot
qismlarining holati aniqlaniladi. Agar jabrlanuvchining murdasi bo’laklangan va
ularning ayrim bo’lakchalari ancha masofaga uloqtirilgan bo’lsa, bunda odam
tanasining har bir bo’lakchasi atrofdagi predmetlarga nisbatan o’rganiladi.
Samolyot o’rmonli joylarga yiqilganda murdalar va ularning parchalarini faqatgina
erdagina emas, balki darahtlarning shoxlari orasidan izlashga ham to’gri keladi.
Bunda murdadagi o’zgarishlar sinchiklab tekshiriladi.
Aviatsion voqealarni qidiruv paytida sud tibbiyoti ekspertining oldida turli-
tuman savollar turadi va bularni echishda sud travmatologiyasi sohasidagi
bilimlargina emas, balki aviatsion meditsina va aviatsion texnika to’g’risidagi
ma’lumotlarni bilish ham talab qilinadi. Shuning uchun ham ekspertga qidiruvda
qatnashuvchi aviatsion vrachlar va har xil injener xizmat xodimlari ham yordam
ko’rsatishi zarur.
Bunda sud tibbiyoti eksperti oldida juda ko’p paydo bo’ladigan savollarni
bir necha guruhlarga bo’lish mumkin:
1.
Tan jarohatlaning tiriklik paytida sodir bo’lishligi va birin-ketinligi,
mexanizmi va xarakterini aniqlash.
2.
Jarohatlanish paytida ekipaj a’zolari, uchuvchi va boshqa yo’lovchilar
tanasining qanday holatda va pozada turganligini baholash, travmatik ta’sirning
asosiy yo’nalishini aniqlash.
3.
Alanga va yonish mahsulotlarining ekipaj a’zolari va yo’lovchilarga
tiriklik paytida va o’lgandan keyin ta’sir qilish belgilarini baholash.
4.
Uchish paytida ekipaj a’zolari va yo’lovchilarga
yoqimsiz
faktorlarning ta’sir qilishi (bosimning keskin farqlanishi, kislorod etishmasligi,
vazifasining juda ko’pligi va boshqalar) ni aniqlash.
5.
Uchishdan va uchish paytida uchuvchi va ekipaj a’zolarining sog’liq
holatini baholash.
146
6.
O’limning sodir bo’lish vaqti va sababini aniqlash.
7.
Murdani aniq qaysi odamga aloqadorligini aniqlash.
Ishning aniq holatiga qarab, ekspertning oldiga qo’yilgan savollar masshtabi
kamaytirilgan yoki kengaytirilgan bo’lishi mumkin.
Masalan, ba’zan samolyot tuzilmalarining tashqarisida, agar samolyotning
qushlar bilan to’qnashuviga taxmin qilinganda sud
tibbiyoti tekshiruvida qon
izlarini aniqlash ehtimoli tug’iladi. Ayrim hollarda aviatsion jarohatlanish bilan
to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan jarohatlanishlar (o’q, o’q parchalari, sanchib-
kesuvchi yaralar va boshqalar) belgilarini topishga to’g’ri keladi.
Aviatsion jarohatlanishlarning sud tibbiyoti ekspertizasini ma’lum reja
asosida o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Buning asosiy etaplari quyidagicha:
1) uchishga aloqador voqealarning holati, marhum ekipaj a’zolarining
hujjatlarini o’rganish;
2) murdalar va ularning qoldiqlarini sud tibbiyoti usulida tekshirish;
3) qo’shimcha tekshiruv o’tkazish;
4) bir xil turdagi samolyotning yo’lovchi saloni va kabinalarining tuzilishi
bilan tanishish;
5) xulosa tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: