34-rasm. Xavfli ustara bilan bo’yinda etkazilgan kesilgan yara.
Yaraning yuqori qirralari va o’ng chetlarida
qo’shimcha kesiklar. O’z o’zini o’ldirish.
Teri va mushaklarni qisqarishi tufayli lang ochilib, urchuqsimon yoki
yarimoysimon shaklga ega bo’lib qoladi. Chetlari yaqinlashtirilganda yara to’g’ri
chiziqli yoki yoysimon shaklni oladi. Agar kesuvchi vosita teri burmalarini kesib
o’tsa, bunda yara sinuvchan chiziqli bo’ladi. Tipik
hollarda yaraning uzunligi
kengligi va chuqurligidan ustun bo’ladi.
(35-rasm). O’zini himoya qilish paytida qo’l panjalarida kesilgan
yara
Kesilgan yara uchun uning qirralari juda xarakterlidir. Ular tekis va silliq
bo’ladi. Ba’zan ustarada defekt bo’lishidan to’mtoqlanishi ham mumkin.
150
Ko’pincha yaraning chetlari va burchagida yuzaki, ba’zan teri epidermisi va
dermasining ancha chuqur va chiziqli jarohatlanishi ko’zga tashlanadi.
Yuzaki
jarohatlanishni kesik deb atalib, uning chetlari ayrilmagan bo’ladi. Chetlari
ajralgan ancha chuqur jarohatlanishlarga qo’shimcha kesilgan joy deyiladi.
Kesiklar va qo’shimcha kesilish kesilgan yara uchun juda xarakterlidir. Ularning
borligi kesuvchi vosita yordamida bir necha
harakat natijasida yara
etkazilganligidan darak beradi.
Kesuvchi vositaning harakat soniga qarab yaraning cheti va burchaklaridagi
kesiklar va qo’shimcha kesilishlarning soni to’g’risida o’ylash mumkin. Bunda
yaraning bir tomonidagi jarohatlanish hisobga olinadi, chunki kesuvchi vositaning
birgina harakatidan yaraning boshida va oxirida qo’shimcha jarohatlanish
etkazilishi mumkin. Bunda faqat harakatning
minimal soniga qarab xulosa
chiqarishga to’g’ri keladi. Yaraning boshlanishida ancha chuqurligi va oxirida ko’p
miqdordagi yuzaki kesiklar borligiga qarab kesuvchi vosita xarakati yo’nalishi
to’g’risida mulohazaga kelish mumkin. Bundan tashqari, kesilishni boshlanishi va
o’rtasida yarani ustida ko’ndalang joylashgan sochlar kesiladi, ammo yaraning
oxirida joylashgan sochlar kesilmay qolganligi ko’rinadi.
Marhumni o’z quli bilan yara etkazishi to’g’risidagi
savolni echishda
kesuvchi predmet harakat yo’nalishi to’g’risidagi xulosaning ahamiyati katta.
Tanasida ko’p miqdordagi kesilishlarning borligi o’z qo’li bilan jarohatlanish
etkazilganligini ko’rsatuvchi muhim xarakterli belgilardan biridir. Bunday yaralar
odamning qo’li etadigan joylarda joylashib, ko’pincha chuqur bo’lmasdan terining
yuzaki kesilishi va undagi kesiklar ko’rinishida bo’ladi. Ammo bunday yaralar
agar jabrlanuvchi hushsiz holatda bo’lganda boshqa odam tomonidan etkazilgan
bo’lishi ham mumkin. Kesilgan yaraning devori ko’pchilik hollarda tekis va silliq
bo’ladi. Bu yog’ kletchatkasiga aloqador emas, chunki uning yuzasi kesilganda
doimo notekis donachali ko’rinishga ega bo’ladi.
Kesuvchi vositalar tog’aylar, suyak usti pardasini kesib, ularda va suyakning
kompakt moddasida yuzaki chiziqsimon izlar qoldirishi ham mumkin. O’tkir
kesuvchi vositalar yordamida burunning uchi, quloq suprasi, erkaklar jinsiy a’zosi
151
va boshqalar ajratib olinishi (kesib tashlanishi) mumkin.
Kesilgan yaralardan
kuchli qon ketadi. Odam tanasi va kiyimlarida qonning oqish yo’nalishiga qarab
jarohatlanish etkazilgan paytda tananing qanday holatda turganligini aniqlasa
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: