Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

tashqi qismlaridan
qanotining oldingi qirrasi, aylanuvchi 
vintning parraklari, samolyot g’ildiragi ramasi jarohat etkazishi mumkin. Uchish-
qo’nish joyida bo’lgan kishilar samolyot qanotining oldingi qirrasidan jarohat 
olishi mumkin. Qanotini katta tezlik bilan urilishidan boshi, oyoq-qo’llari 
travmatik amputatsiyaga uchrashi, tanasi ko’kragi to’g’risidan ajralishi yoki tana 
qismlarining keng-ko’lamda emirilishi kuzatiladi.
Vint parraklari ta’sirida ko’pincha chopilgan yaraga o’xshash jarohatlanish 
sodir bo’ladi. Bunday jarohatlanishlar odatda oyoq-qo’llarning to’liq yoki noto’liq 
amputatsiya xarakterida bo’lib, boshining bir qismini ajralishi, tanasining 
chopilishi ko’rinadi (33-rasm).
Turbodvigatelli samolyotning ishlash paytida uning oldingi tomonida kuchli 
havo oqimi minutiga (3000-6000 m
3
gacha) bo’lib, so’rish ta’siriga ega. Dvigatel 
yaqinidagi odam katta kuch bilan havo to’plovchi apparatga tortilib, uning oldingi 
144


qirrasiga qisiladi (Elagic O., 1960). Bunday hollarda jabrlanuvchining oyoq-
qo’llari sinishi, jigarning ezilishi va o’pka barotravmasi ko’zga tashlanishi 
mumkin.
33-rasm. Samolyot vinti yordamida tanadagi 
ko’pdan-ko’p jarohatlanishlar
Samolyot g’ildiragi ramasidan jarohatlanish og’ir yuk avtomashinasining 
odam tanasi ustidan o’tishdagi jarohatlanishdan farqlanmaydi.
8.3. Aviatsion halokatning sud tibbiyoti ekspertizasi va samolyot tushgan 
joyni kuzatishining o’ziga xos xususiyatlari
Samolyot halokatga uchragan joyni kuzatish aviatsion voqealari holati 
sababini aniqlashdagi qidiruv tadbirlar sistemasidagi muhim zvenolardan biridir. 
Sud tibbiyoti ekspertining voqea sodir bo’lgan joyni kuzatuvda qatnashuvi 
maqsadga muvofiqdir.
Halokat sodir bo’lgan joyni kuzatishda shu joyning umumiy xarakteri, 
samolyot urilgan erning holati, uning sinib tushgan parchalarining joylashuvi, 
shuningdek ekipaj a’zolari va yo’lovchilarning qoldiqlari yaxshilab o’rganiladi. 
Sud tibbiyoti ekspertini esa sinib tushgan parchalar va ulardagi biologik xarakterli 
qon izlari, odam tanasidan uzilgan to’qimalarining joylashgan joylari ayniqsa 
qiziqtirishi kerak. Ekspertiza samolyot bo’lakchalarida qonning izini o’zaro 
145


joylashuviga qarab, ularning shakli va o’lchamlarini jarohatlanish paytida odam 
tanasida bo’lishini hisobga olib tananing qanday holatda bo’lganligi haqida 
ma’lum tushunchaga kelishi mumkin.
Halokat sodir bo’lgan joyda murdaning holati va nisbatan samolyot 
qismlarining holati aniqlaniladi. Agar jabrlanuvchining murdasi bo’laklangan va 
ularning ayrim bo’lakchalari ancha masofaga uloqtirilgan bo’lsa, bunda odam 
tanasining har bir bo’lakchasi atrofdagi predmetlarga nisbatan o’rganiladi. 
Samolyot o’rmonli joylarga yiqilganda murdalar va ularning parchalarini faqatgina 
erdagina emas, balki darahtlarning shoxlari orasidan izlashga ham to’gri keladi. 
Bunda murdadagi o’zgarishlar sinchiklab tekshiriladi.
Aviatsion voqealarni qidiruv paytida sud tibbiyoti ekspertining oldida turli-
tuman savollar turadi va bularni echishda sud travmatologiyasi sohasidagi 
bilimlargina emas, balki aviatsion meditsina va aviatsion texnika to’g’risidagi 
ma’lumotlarni bilish ham talab qilinadi. Shuning uchun ham ekspertga qidiruvda 
qatnashuvchi aviatsion vrachlar va har xil injener xizmat xodimlari ham yordam 
ko’rsatishi zarur.
Bunda sud tibbiyoti eksperti oldida juda ko’p paydo bo’ladigan savollarni 
bir necha guruhlarga bo’lish mumkin: 
1.
Tan jarohatlaning tiriklik paytida sodir bo’lishligi va birin-ketinligi, 
mexanizmi va xarakterini aniqlash.
2.
Jarohatlanish paytida ekipaj a’zolari, uchuvchi va boshqa yo’lovchilar 
tanasining qanday holatda va pozada turganligini baholash, travmatik ta’sirning 
asosiy yo’nalishini aniqlash.
3.
Alanga va yonish mahsulotlarining ekipaj a’zolari va yo’lovchilarga 
tiriklik paytida va o’lgandan keyin ta’sir qilish belgilarini baholash.
4.
Uchish paytida ekipaj a’zolari va yo’lovchilarga yoqimsiz 
faktorlarning ta’sir qilishi (bosimning keskin farqlanishi, kislorod etishmasligi, 
vazifasining juda ko’pligi va boshqalar) ni aniqlash.
5.
Uchishdan va uchish paytida uchuvchi va ekipaj a’zolarining sog’liq 
holatini baholash.
146


6.
O’limning sodir bo’lish vaqti va sababini aniqlash.
7.
Murdani aniq qaysi odamga aloqadorligini aniqlash.
Ishning aniq holatiga qarab, ekspertning oldiga qo’yilgan savollar masshtabi 
kamaytirilgan yoki kengaytirilgan bo’lishi mumkin.
Masalan, ba’zan samolyot tuzilmalarining tashqarisida, agar samolyotning 
qushlar bilan to’qnashuviga taxmin qilinganda sud tibbiyoti tekshiruvida qon 
izlarini aniqlash ehtimoli tug’iladi. Ayrim hollarda aviatsion jarohatlanish bilan 
to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan jarohatlanishlar (o’q, o’q parchalari, sanchib-
kesuvchi yaralar va boshqalar) belgilarini topishga to’g’ri keladi.
Aviatsion jarohatlanishlarning sud tibbiyoti ekspertizasini ma’lum reja 
asosida o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Buning asosiy etaplari quyidagicha:
1) uchishga aloqador voqealarning holati, marhum ekipaj a’zolarining 
hujjatlarini o’rganish;
2) murdalar va ularning qoldiqlarini sud tibbiyoti usulida tekshirish;
3) qo’shimcha tekshiruv o’tkazish;
4) bir xil turdagi samolyotning yo’lovchi saloni va kabinalarining tuzilishi 
bilan tanishish;
5) xulosa tuzish.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish