225
Konsessiyachilik faoliyatida vujudga keladigan huquqiy munosabatlar
1995-yil 30-avgustdagi “Konsessiyalar to‘g‘risida”gi qonun bilan hamda
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan tartibga solinadi.
Konsessiya bu chet ellik investorga xo‘jalik
faoliyatining muayyan turi
bilan shug‘ullanish uchun davlat nomidan beriladigan ruxsatnoma bo‘lib,
bu faoliyatni amalga oshirish uchun davlat chet ellik investorga konsessiya
shartnomasi tuzish asosida mol-mulk, yer va yerosti uchastkalarini
topshiradi. Chet ellik investorga mol-mulkni, yer va yerosti uchastkalarini
berib qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik faoliyatining Oʻzbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlab qo‘yilmagan ayrim turlari
konsessiya obyektlari bo‘ladi.
Quyidagilar knsessiyaviy huquq munosabatlarining subyektlaridir:
konsessiya organlari – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
vakil qilgan davlat boshqaruvi organi, shuningdek, joylardagi davlat
hokimiyati organlari;
Konsessiyachi – konsessiya shartnomasi tuzilgan chet ellik investor.
Davlat konsessiyachiga konsessiyachilik faoliyati bilan bog‘liq
mol-mulkka, yer va yerosti uchastkalariga egalik qilish hamda ulardan
foydalanish huquqini berib, ularni tasarruf etishdan iborat alohida huquqni
o‘zida saqlab qoladi. Konsessiyachining konsessiyachilik faoliyati
natijasida olgan mahsuloti va daromadlari konsessiya shartnomasida
belgilab qo‘yilgan hajmda uning mulkidir.
Oʻzbekiston Respublikasi konsessiyachidan mahsulot olishda ustun
huquqqa ega. Konsessiya xususidagi takliflar
konsessiya organlari
tomonidan
konsessiyalarning
Oʻzbekiston
Respublikasi
uchun
muhimligiga hamda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligiga qarab
tayyorlanadi va faoliyat turini aniqlashni hamda beriladigan mol-mulkning
roʻyxatini o‘z ichiga oladi.
Konsessiyalar tanlov, auksionlar asosida beriladi. Istisno tarzida,
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, konsessiyalar konsessiya
organi bilan potensial investor o‘rtasida bevosita muzokaralar olib borish
asosida beriladi. Konsessiyalar berishning tanlov yoki auksion usulini
konsessiya organi tanlaydi. Konsessiya boʻyicha tanlov,
auksion
o‘tkazilishi haqidagi xabar uch oy oldin, alohida hollarda esa besh oy oldin
ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinib, ularni o‘tkazish vaqti va joyi,
shuningdek, buyurtmanomalar berish muddati ko‘rsatiladi.
Tanlovda, auksionda qatnashish uchun buyurtmanomalar potensial
konsessiyachilar tomonidan konsessiya organiga yuboriladi. Konsessiya
226
shartnomasi chet ellik investor bilan tegishli konsessiya organi o‘rtasida
tuziladi va roʻyxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Konsessiya shartnomasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
shartnoma nimaga tegishliligi, berilayotgan mol-mulkning tarkibi va
qiymati;
yer va yerosti uchastkalarining makon chegaralari;
konsessiya shartnomasining amal qilish va ishlarning boshlanish
muddatlari;
tomonlarning huquqlari va majburiyatlari;
belgilangan soliqlar va boshqa to‘lovlarning miqdori, ularni to‘lash
tartibi, muddatlari;
har yilgi investitsiyalarning qatʼiy belgilab qo‘yilgan
miqdori hamda
ularni solish muddatlari, shuningdek, ishlab chiqilgan biznes-rejaga
muvofiq chiqariladigan mahsulot hajmi; atrof-muhitni muhofaza qilish va
ishlarni bexatar olib borish talablari;
konsessiyachilik faoliyati jarayonida
olinadigan axborot borasida
tomonlarning haq-huquqlari;
xodimlar yollash, o‘qitish va ish o‘rgatish hamda ularni
sug‘urtalashning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid
kelmaydigan shartlari;
mol-mulk, yer va yerosti uchastkalarini bosqichma-bosqich qaytarib
berish tartibi va shartlari;
favqulodda va oldini olib bo‘lmaydigan hodisalarning yuridik,
iqtisodiy hamda tashkiliy oqibatlari;
nizolarni hal qilish tartibi, shartnoma
shartlarini buzganlik uchun
tomonlarning javobgarligi;
tomonlarning moliyaviy kafolatlari, yuridik manzillari hamda bank
rekvizitlari;
Do'stlaringiz bilan baham: