Toshkent davlat yuridik universiteti


 Investitsiya faoliyati subyektlari va ishtirokchilari



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

9.2. Investitsiya faoliyati subyektlari va ishtirokchilari 
Investitsiya faoliyatining markaziy figurasi investor, ya’ni sarmoyador 
hisoblanadi. Shu sababli qonunlarda uning huquqiy maqomi atroflicha 
batafsil belgilab qo‘yilgan. Investor o‘zining investitsiya, tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirishi davomida quyidagi huquqlarini amalga 
oshirishi mumkin:
investitsiya kiritish hajmlarini, turlarini, shakllarini va uni amalga 
oshirish yo‘nalishlarini mustaqil ravishda belgilashga; 
investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun, qoida tariqasida, tanlov 
(tender) savdolari natijalariga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslar bilan 
shartnomalar tuzishga; 
o‘z investitsiyalariga hamda investitsiya faoliyati natijalariga qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, ulardan foydalanish va 
ularni tasarruf etishga; 
investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin mustaqil va erkin tasarruf etishga; 
mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkdan va har 
qanday mulkiy huquqlardan o‘z zimmasiga olgan barcha turdagi 
majburiyatlarining, shu jumladan qonun hujjatlariga muvofiq qarz 
mablag‘larini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarining ta’minoti sifatida 
foydalanishga; 
o‘z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya qilingan taqdirda 
mutanosib ravishda kompensatsiya olishga; 
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 
hamda mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) 
va qarorlari natijasida yetkazilgan zararlarni undirishga haqli. 
Qonunchilikka muvofiq investorning majburiyatlari quyidagilar 
sanaladi: 


218 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash; 
investitsiya kiritishi munosabati bilan o‘z zimmasiga olgan shartnoma 
majburiyatlarini bajarish; 
investitsiya loyihalarining sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, 
arxitektura-shaharsozlik talablariga va boshqa talablarga rioya etilishiga 
taalluqli qismi boʻyicha ekspertiza xulosasini olish; 
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada 
bajarilmaganligi tufayli investitsiya faoliyati ishtirokchisiga yetkazilgan 
zararning o‘rnini qoplash;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining o‘z vakolatlari doirasida qo‘yadigan talablarini bajarishi 
shart. 
Investordan farqli ravishda investitsiya faoliyatining ishtirokchisi 
investitsiya faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashadi. Garchi 
ishtirokchi tomonidan investitsiya kiritilmasa ham, uning saʼy-harakatlari 
bilan investitsiya mablag‘lari mol-mulk topshirish, ish bajarish, xizmat 
ko‘rsatish munosabatlari bilan bog‘liq jarayonlar orqali o‘zining amaliy 
mujassamini topadi. Investitsiya faoliyati ishtirokchisining to‘g‘ri 
tanlanishi investitsiya faoliyati samaradorligini ta’minlashda muhim 
ahamiyatga ega. 
Investitsiya faoliyati ishtirokchisi tanlov (tender) savdolarining 
ishtirokchisi bo‘lishga, investorlar bilan ularning buyurtmalarini bajarish 
uchun shartnomalar tuzishga, investor oldidagi o‘z shartnoma 
majburiyatlarini bajarishga boshqa shaxslarni jalb etishga, investitsiya 
faoliyati obyektining haqiqiy qiymatini pasaytirish natijasida erishilgan 
tejamni mustaqil ravishda tasarruf etishga haqli. 
Ularning majburiyatlari esa qonun hujjatlarida belgilangan texnik 
jihatdan tartibga solish normalari, qoidalari va talablariga rioya etishi, 
shartnomalarni o‘z vaqtida va lozim darajada bajarishi, shartnoma 
majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi 
tufayli investorga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi, davlat 
boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘z 
vakolatlari doirasida qo‘yadigan talablarini bajarishi, mablag‘lardan 
belgilangan maqsadda foydalanishi, litsenziyalanishi lozim bo‘lgan 
faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishi shart. 
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning 
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, qonunosti hujjatlari va xalqaro 
hujjatlar asosida amalga oshiriladi. 


219 
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda: 
investitsiya faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish; 
asosiy fondlarning jadal amortizatsiya qilinishi huquqini berish; 
texnik jihatdan tartibga solish normalari, qoidalari va talablarini 
belgilash; 
raqobatni qo‘llab-quvvatlash boʻyicha choralarni qo‘llash; 
kredit va narx belgilash siyosatini o‘tkazish; 
yerga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish hamda ulardan 
foydalanish shartlarini belgilash; 
investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash; 
Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan 
investitsiya loyihalarining ro‘yobga chiqarilishini monitoring qilish yo‘li 
bilan amalga oshiriladi. 
Shuningdek, investitsiya subyekti sifatida davlat investitsiya 
faoliyatini quyidagi yo‘llar bilan rag‘batlantiradi: 
• investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun qulay investitsiya 
muhitini yaratish; 
• investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; 
• soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek, faoliyat turiga va 
investitsiya hajmlariga qarab har bir alohida holat uchun belgilanadigan 
muddatlarga preferensiyalar berish; 
• erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish; 
• xalqaro shartnomalar tuzish. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish