8.5. Bank va audit xizmatlari bozorlarini huquqiy tartibga solish
Bugungi kunda banklar iqtisodiyotimizda muhim o‘rin egallaydi.
Banklar ham moliyaviy huquqiy munosabat ishtrokchisi sifatida moliya
huquqining to‘la huquqli subyekti hisoblanadi. Garchi odatda biz har kuni
ham banklar bilan to‘la munosabatga kirishmasak ham bozor iqtisodiyoti
rivojlangan ko‘pgina mamlakatlarda o‘zgacha holni ko‘rishimiz mumkin.
205
“Bank” atamasi italyancha “banko” (pul stoli, almashuv stoli)
so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘rta asrlarda italiyaliklar o‘zlarining pul
mablag‘larini almashtirishda mazkur tashkilot xizmatidan foydalangan.
Eʼtibor qarating, hozirgi ko‘rinishdagi banklar, ya’ni zamonaviy
banklar tizimi XXI asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan bo‘lsa-da,
lekin bank ishining tarixi uzoq o‘tmishga, eramizdan avvalgi
VII–VI asrlarga, borib taqaladi. Birinchi banklar (“ishbilarmonlik uylari”)
uzoq o‘tmishda Yaqin Sharqda vujudga kelgan. Lekin bu banklar hozirgi
ko‘rinishdagi banklardan tubdan farq qilgan.
“Ishbilarmonlik uylari” o‘z davrida ko‘pgina bank operatsiyalarini
amalga oshirgan. Jumladan, omonatlar qabul qilgan, veksellarni roʻyxatga
olgan, cheklar bilan hisob-kitoblarni, omonatchilar o‘rtasidagi naqd pulsiz
hisob-kitoblarni, shuningdek, ba’zi kredit operatsiyalarini amalga oshirgan.
Bank ishining zamonaviy shakli, ya’ni hozirgi ko‘rinishdagi shakli o‘rta
asrlarda Italiyada paydo bo‘lib, buning asosiy sababi sifatida Italiyadan
Yevropa va Sharqni bir-biri bilan bog‘laydigan ko‘plab savdo yo‘llarini
o‘tganligidadir.
XV asrning boshlarida hozirgi ko‘rinishdagi banklar paydo bo‘la
boshladi. Bu banklarga Genuyadagi muqaddas Georgiy banki, Venetsiya
va Fransiyada 1587-yilda vujudga kelgan banklarni ko‘rsatib o‘tish
mumkin. XVII asrda banklar rivojlangan davlatlar iqtisodiyotining
ajralmas qismi sifatida shakllanib, o‘z qo‘llarida muomaladagi deyarli
barcha pul mablag‘larini saqlab turgan. Hozirga kunda banklar har qanday
davlatning moliya-kredit tizimi tarkibining asosiy qismi sifatida e’tirof
etiladi. Bugungi kunda banklar tomonidan olib boradigan faoliyat turlari
turli-tuman bo‘lib, nafaqat pul muomalasi va kreditlashni amalga oshirish
va tartibga solish, balki investitsiyalash, qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi,
mulk egasi yoki mablag‘larni taqsimlovchilar bilan tuzilgan shartnomalar
boʻyicha pul mablag‘larini boshqarishni ham amalga oshiradi. Hozirgi
ko‘rinishdagi banklar quyidagi uchta asosiy operatsiyalarni bajaradi:
1) aholi va yuridik shaxslarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini qabul
qiladi (bank faoliyatida bu operatsiyalar “omonat operatsiyalari” deb
yuritiladi);
2) mazkur mablag‘larni vaqtincha pul mablag‘lariga muhtoj
bo‘lganlarga taqdim etadi, ya’ni “kreditlash” bilan shug‘ullanadi;
3) yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida hisob-kitoblarni amalga
oshiradi.
206
Banklarda mamalakat valyuta tushumlarining asosiy qismi shakllanadi
va bu sohadagi munsabatlardan aholining barchasi bahramand bo‘ladi. Shu
sababli ham bank sohasini rivojlantirish ustuvor vazifalardan hisoblanadi.
Bu
vazifani
amalga
oshirish
birinchi
navbatda
banklarning
raqobatbardoshligini, ular bilan bo‘ladigan munosabatda birinchi navbatda
mijozning huquq va qonuniy manfaatlari ustunligi ta’minlanishi hamda
himoya qilinishi muhim hisoblanadi.
Bank xizmatlari moliyaviy xizmatlari bozorining bir qismi hisoblanadi
va uning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Mazkur xizmatlarni faqatgina
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida roʻyxatdan o‘tgan va
litsenziyaga ega bo‘lgan tijorat banklari amalga oshirishi mumkin. Bank
tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat
turlari majmuyini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:
yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul
qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib, kredit berish yoki investitsiyalash
uchun foydalanish;
to‘lovlarni amalga oshirish.
Bank xizmatlari ham banklarning faoliyatidan kelib chiqqan holda uch
yo‘nalishda olib boriladi. Banklar jismoniy va yuridik shaxslar
mablag‘larini jalb qilish, mablag‘larni joylashtirish hamda to‘lovlarni
amalga oshirish boʻyicha xizmatlar ko‘rsatadi.
207
Bank tizimi har qanday davlat moliya tizimining eng muhim
elementlaridan biri hisoblanadi. U iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, inflatsiya
(pul qadrsizlanishi) va to‘lov balansini tartibga solish kabi joriy va ustuvor
vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi.
Amaldagi qonunchilik Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimining ikki
darajali tuzilmasini mustahkamlab bergan bo‘lib, u bozor iqtisodiyoti
mamlakatlari uchun xosdir.
Birinchi daraja Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bo‘lib, u
mamlakat butun bank tizimiga boshchilik qilib, unga rahbarlikni amalga
oshiradi. Uning funksiyalari o‘zining asosiy ko‘rinishlari bilan bozor
iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda bunday banklar bajaradigan vazifalarga
o‘xshash.
Ikkinchi daraja tijorat banklari tizimi bo‘lib, unga aksiyadorlik,
xususiy, aralash turdagi banklar, chet el kapitali ishtirokidagi banklar va
boshqalar kiradi. Tijorat banklari mamlakat bank tizimining negizini
tashkil etadi. Ularning asosiy vazifasi omonatlarni jalb etish, ularni qarz
oluvchilar o‘rtasida taqsimlash, hisob-kitob operatsiyalarini amalga
oshirishdan iborat. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar va qarz mablag‘larining
boshqa isteʼmolchilari uchun tijorat banklari kreditlarning asosiy manbayi
hisoblanadi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq bank faoliyati operatsiyalari
kiradigan
operatsiyalarni
amalga
oshirishi
mumkin.
Bunday
operatsiyalarga “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” qonunining
5-moddasiga asosan pul mablag‘larini omonatlarga (depozitlarga) jalb
etish, to‘lovlarni amalga oshirish, shu jumladan bank hisobvaraqlarini
ochmasdan amalga oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarning bank
hisobvaraqlarini, shu jumladan banklarning vakillik hisobvaraqlarini
ochish hamda yuritish, kreditlarni ularning qaytarilishi, foizliligi va
muddatliligi sharti bilan o‘z nomidan o‘zining mablag‘lari hamda jalb
etilgan mablag‘lar hisobidan berish, chet el valyutasi bilan naqd va naqdsiz
shakllardagi operatsiyalar, jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuzilgan
shartnoma boʻyicha mol-mulkni ishonchli boshqarish, inkassatsiya va
kassa xizmatlarini ko‘rsatish, uchinchi shaxslar nomidan ularning
majburiyatlari bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish va boshqa
majburiyatlarni qabul qilish, uchinchi shaxslardan pul shaklidagi
majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish (faktoring),
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini
yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan
qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, ular bilan boshqa operatsiyalarni bajarish,
affillangan qimmatbaho metallar sotib olish va sotish, shu jumladan
metallarni
mas’ul
saqlash
hisobvaraqlarini
hamda
metallarning
egasizlantirilgan (jismoniy bo‘lmagan) hisobvaraqlarini yuritish,
208
qimmatbaho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish,
hosilaviy moliya vositalari (derivativlar) bilan operatsiyalarni amalga
oshirish, hujjatlarni yoki qimmatliklarni saqlash uchun maxsus binolarni
yoki ularning ichidagi seyflarni ijaraga berish, lizing berish, qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan shakllarda qarz berish, moliyaviy
operatsiyalar bilan bog‘liq maslahat xizmatlari ko‘rsatish, aktivlar
majmuyini (portfelini) boshqarish, elektron pullarni chiqarish, ulardan
foydalanish va to‘lash kabi operatsiyalar kiradi.
Banklar faqatgina mazkur operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga
egalar. Banklar bevosita ishlab chiqarish, savdo va sug‘urta faoliyati bilan
shug‘ullanishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar
bundan mustasno.
Auditorlik xizmati bozori ham mamlakat moliya bozorida yetakchi
o‘rin tutadi. Oʻzbekiston Respublikasiga o‘tgan asrning 90-yillaridan
boshlab audit mustaqil nazorat turi sifatida kirib keldi. Mazkur
faoliyatning huquqiy asoslari 1992-yil 2-dekabrdagi “Auditorlik faoliyati
to‘g‘risida”gi qonun bilan belgilangan edi. Hozirgi kunda auditorlik
faoliyati Oʻzbekistonda audit qaror topdi va u tobora ko‘proq rivojlanib
bormoqda. Xalqaro standartlarni hisobga olingan holda auditning
qonunchilik va boshqa normativ bazasi yaratildi, uni amalga oshirish
usullari takomillashtirilib borilmoqda. “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”
qonun 2000-yil 26-mayda yangi tahrirda qabul qilindi. Ushbu qonunning
2-moddasiga ko‘ra auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining
auditorlik xizmatlari ko‘rsatish boʻyicha tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq auditorlik tashkilotlarining quyidagi
professional xizmatlarini ko‘rsatishlari mumkin:
• buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash va yuritish;
• moliyaviy hisobotni tuzish;
• milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga
o‘tkazish;
• xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil
qilish;
• buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menejment va
moliya-xo‘jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting
xizmati;
• soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar boʻyicha hisob-kitoblar va
deklaratsiyalarni tuzish.
• xo‘jalik yurituvchi subyekt taftish komissiyasining (taftishchisining)
vazifalarini amalga oshirish.
209
Audit majburiy va tashabbusli bo‘lishi mumkin. Agar tashabbusli
tekshiruv iqtisodiy subyektning qarori boʻyicha amalga oshiriladigan
bo‘lsa, majburiy audit uning xohish-irodasi va istagiga bog‘liq bo‘lmagan
va qonunchilikda belgilangan hollarda majburiy tartibda o‘tkaziladi. Har
yili quyidagilar majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi kerak:
• aksiyadorlik jamiyatlari;
• banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
• sug‘urta tashkilotlari;
• investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning
mablag‘larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya
aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar;
• manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari
bo‘lmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar;
• mablag‘larining hosil bo‘lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy
ajratmalar bo‘lmish budjetdan tashqari fondlar;
• ustav fondida davlatga tegishli ulush bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi
subyektlar va davlat unitar korxonalari;
• fond va tovar birjalari.
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2019-yil 13-martdagi 218-son qarori bilan tasdiqlangan
“Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga
muvofiq olib boriladi. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |