Toshkent davlat yuridik universiteti


Tovar bozorini huquqiy tartibga solish



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

8.2. Tovar bozorini huquqiy tartibga solish 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkor tovar ishlab chiqaruvchi 
sifatida ko‘riladi. Uning xo‘jalik faoliyati natijasi u tomonidan ishlab 
chiqilgan tovar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar hisoblanadi. 
1
Г.Л.Багиев и др. Маркетинг, Учебник, 2-е изд. М.Экoномика, 2001. –C.34. 
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi // 
www.uza.uz. 


190 
Tovar bozori deganda, eng avvalo, ishlab chiqaruvchilar va 
isteʼmolchilar o‘rtasida tovarlar muomala doirasi hisoblanadi. Bozor 
iqtisodiyotining asosini tovarlar bozori tashkil etadi. Oʻzbekiston 
Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida” q onuniga asosan tovar bozori — 
tovarning (shu jumladan, bir-birining o‘rnini bosadigan tovarning) 
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala 
doirasi bo‘lib, u Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy 
bo‘linishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi 
chegaralarida tovarni olish yoki realizatsiya qilish imkoniyati mavjud 
1

Yuqoridagi qonunda berilgan ta’rifga ko‘ra tovar deganda faoliyatning 
olish va realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan mahsuli, shu jumladan 
ishlar va xizmatlar tushuniladi. 
Hozirgi davrda bozor murakkab strukturani tashkil etadi. Tovar 
bozorining strukturasini tovar bozori subyektlari va ular o‘rtasidagi 
munosababatlar tashkil etadi. Tovar subyektlari o‘rtasidagi munosabatlar 
shartomalar orqali tartibga solinadi. Tovar bozori subyektlariga tovar 
ishlab chiqaruvchilar, isteʼmolchilar hamda tovarlarning ishlab 
chiqaruvchilardan isteʼmolchilarga yetkazib berilishi jarayonini tashkil 
etuvchi va amalga oshiruvchi tashkilotlar va vositachilar kiradi. Bozor 
strukturasi bozor qatnashchilari tarkibi, unda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik 
subyektlarining 
soni, 
ishlab 
chiqilayotgan 
va 
almashinilayotgan 
tovarlarlarning tarkibi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga 
kirishiga to‘siqlarning mavjud ekanligi yoki yo‘qligi bilan aniqlanadi.
Tovar bozorini tashkil etuvchi barcha qatnashchilarni quyidagi 
guruhlarga ajratish mumkin: 
1) tovar ishlab chiqaruvchilar; 
2) ulgurji va chakana savdo korxonalari va boshqa vositachi 
tashkilotlar; 
3) isteʼmolchilar 
Bozor munosabatlarini rivojlanishida tovar bozorining zamonaviy 
strukturasi mavjudligi hamda unga xizmat ko‘rastuvchi infrastrukturaning 
shakllanishi va faoliyat yuritishini taqozo etadi. Tovar bozori 
infrastrukturasi deganda bozor ishtirokchilarining normal faoliyatini 
ta’minlab beruvchi tashkilotlar tushuniladi. Tovar bozorlarining muhim 
elementlari quyidagilar hisoblanadi: 
1
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari 
to‘plami, -– 2012. 
– 
№ 1. 5-modda 


191 

omborxona xo‘jaligi; 

transport ta’minoti; 

tovarlarni qadoqlash sanoati; 

axborot ta’minoti; 

moliya-kredit ta’minoti. 
Infrastrukturaning qanchalik rivojlanganligi mamlakat bo‘ylab tovar 
harakatining tez va sifatli harakatlanishini ta’minlab beradi. Tovar bozori 
infrastrukturasining rivojlanishi milliy tovar bozori rivojlanish holatini 
belgilab beradi. 
Tovar bozorini tartibga solish raqobat muhitini shakllantirish va 
bozorga yangi tadbirkorlarning kirishini belgilovchi normativ-huquqiy 
hujjatlar bilan tartibga solinadi. 
Mamlakat tovar bozori strukturasida ulgurji savdo tashkilotlari muhim 
rol o‘ynaydi. Bunday tashkilotlar sirasiga ulugurji savdo korxonalari, 
vositachi korxonalar hamda maxsus tashkilotlar – ulgurji bozorlar hamda 
birjalar kiradi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra tijorat maqsadlarida 
foydalanish yoki o‘z ishlab chiqarish-xo‘jalik ehtiyojlari uchun hisob-
kitoblarning naqd pulsiz shaklida xarid qilinadigan tovarlarni sotish ulgurji 
savdo faoliyati deb e’tirof etiladi. 2019-yilga qadar ulgurji savdo olib 
borish faoliyati uchun yuridik shaxslar litsenziya olishga majbur edi. 2019-
yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga 
ko‘ra, savdo mexanizmlarini yanada takomillashtirish, tovar bozorlarida 
sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, tadbirkorlik 
subyektlari faoliyatining samaradorligini oshirish va xarajatlarni 
kamaytirish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 
raqobatbardoshligini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 
ulgurji savdoni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash va savdo 
korxonalarini soliqqa tortishning maxsus tartibi bekor qilindi
1

Tovar bozorini tashkillashtirishning huquqiy shakllaridan tovarlar, 
ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilishning shartnomaviy shakllari alohida 
o‘rin tutadi. Bunday shartnomalarga oldi-sotdi, yetkazib berish, 
kontraktatsiya shartnomalari va boshqa shartnomalar kiradi. 
Ulgurji savdoning eng muhim shakllaridan biri birja savdosi 
hisoblanadi. Birjalar faoliyatini tartibga solish Birjalar va birja faoliyati 
to‘g‘risidagi qonun bilan tartibga solinadi. 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada 
erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘‘g‘risida” PF–5564-son qarori. 


192 
Mazkur qonun ilk marotaba 1992-yilning 2-iyulida qabul qilingan. 
Ushbu qonunning maqsadi birjalarni tashkil etish va ularning faoliyati 
bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lgan. 
2014-yilning 12-sentabrida Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risidagi 
Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish 
haqida Oʻzbekiston Respublikasining O‘RQ–375-son qonuni qabul qilindi 
va ushbu qonunning yangi tahriri tasdiqlandi. 
Birja oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan 
qoidalar asosida birja savdolarini tashkil etuvchi yuridik shaxs hisoblanadi. 
Birjalar o‘z faoliyatini tovar-xomashyo, fond va valyuta birjasi turida 
amalga oshirib, ular aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etiladi. 
Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi 
qonuni. 
Birjalar belgilangan tartibda litsenziya olganidan keyin birja 
faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Birjalar faoliyatini 
litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
4-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Birja faoliyatini 
litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizomga asosan amalga oshiriladi. 
Tovarlar ulgurji savdosida tovar-xomashyo birjalari muhim rol 
o‘ynaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
2004-yil 31-mayda qabul qilingan “Tovar-xomashyo birjalari faoliyatini 
takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga 
binoan tovar-xomashyo birjalarida birja, auksion, ko‘rgazma-yarmarka 
savdolari: 
muayyan turdagi va sifatdagi tovarlar, shu jumladan belgilangan 
tartibda birja savdolariga qo‘yilgan hosila moliyaviy vositalar 
(derivativlar) elektron birja savdolari natijalari boʻyicha birja bitimlari; 
tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan o‘ziga xos xususiyatlarga 
ega bo‘lgan tovarlar auksion savdolari (shu jumladan, davlat xaridlarini 
tashkil etish boʻyicha elektron savdolar) natijalari boʻyicha auksion 
bitimlari; 
birja tovariga qo‘yilgan talablarga javob bermaydigan hamda 
xaridorlarga ularning namunalari va modellarini, elektron kataloglarini, 
prospektlarini, reklama bulletenlarini yoki boshqa tavsiflovchi hujjatlarini 
ko‘rib chiqish imkoni berilishini talab qiladigan har qanday tovar bilan 
ko‘rgazma-yarmarka bitimlari tuzish vositasida tashkil etilishi mumkin. 


193 
Birjada amalga oshiriladigan savdolar birja bitimlari orqali 
rasmiylashtiriladi. Birja bitimi birja tomonidan roʻyxatga olingan, birja 
savdosining birjada qayd etilgan natijasi boʻyicha tuzilgan birja tovariga 
doir oldi-sotdi shartnomasidir. Yuridik shaxslar hisoblanadigan budjetdan 
mablag‘ oluvchilar-buyurtmachilar o‘zlariga elektron tarzda birja 
tomonidan personal kabinet orqali yuborilgan kontraktlar nusxalarini 
mustaqil ravishda ko‘chirib oladi, ularni tashkilotning rahbari imzosi va 
muhri bilan tasdiqlaydi va o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan g‘aznachilik 
organlariga roʻyxatdan o‘tkazish uchun taqdim etadilar. Budjetdan 
mablag‘ oluvchilar hisoblanmaydigan buyurtmachilar o‘zlariga personal 
kabinet orqali elektron tarzda birja tomonidan yuborilgan kontraktlar 
nusxalarini mustaqil ravishda ko‘chirib oladi va zarurat bo‘lganda, o‘zi 
joylashgan hududdagi birjada (birjaning mintaqaviy bo‘linmasida) 
tasdiqlaydi. Savdolarda g‘olib chiqqan yetkazib beruvchi kontrakt tuzishni 
rad etganda yoki uni tuzishdan boshqacha tarzda bosh tortganda uning 
moliyaviy zakalati, savdolar g‘olibi aniqlangan sanadan boshlab bir hafta 
muddatda, 
yetkazilgan 
zarar 
uchun 
kompensatsiya 
sifatida, 
buyurtmachining tegishli hisobraqamiga (agar buyurtmachi g‘aznachilik 
ijrosi bilan qamrab olingan bo‘lsa budjet mablag‘lari yoki budjetdan 
tashqari mablag‘lar boʻyicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobraqamini 
ko‘rsatgan holda yagona g‘azna hisobraqamiga, agar buyurtmachi 
g‘aznachilik ijrosi bilan qamrab olinmagan bo‘lsa, uning bankdagi talab 
qilib olingungacha depozit hisobraqamiga) o‘tkaziladi.
Yetkazib beruvchi kontrakt tuzishni rad etgan yoki uni tuzishdan 
boshqacha tarzda bosh tortgan taqdirda buyurtmachi kontrakt tuzishdan 
bosh tortish tufayli yetkazilgan zararlarni qoplash talabi bilan sudga 
murojaat qilishga haqli.

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish