8.3. Qimmatli qog‘ozlar, valyuta, bank va audit xizmatlari bozorlarini
huquqiy tartibga solish
Tovarlar bozoridan tashqari mazkur tovar bozorini rivojlanishiga
xizmat qiluvchi qimmatli qog‘ozlar bozori, bank xizmatlari bozori, audit
xizmatlari va sug‘urta xizmatlari bozorlari ham muhim rol o‘ynaydi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori, bank xizmatlari ko‘rsatish va sug‘urta
xizmatlari ko‘rsatish bozorini moliya bozori deb ham ataladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida” qonuniga
muvofiq moliya bozori – banklar hamda boshqa kredit, sug‘urta va o‘zga
moliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatning,
shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari
194
xizmatlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir
qismidagi muomala doirasi bo‘lib, u Oʻzbekiston Respublikasining
ma’muriy-hududiy bo‘linishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur
muomala doirasi chegaralarida bunday xizmatni ko‘rsatish imkoniyati
mavjud bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori paydo bo‘lganiga unchalik ko‘p vaqt
bo‘lmagan bo‘lsa-da, hozirgi zamon itisodiyotining ajralmas qismi bo‘lib
qolgan. Qimmatli qog‘ozlar bozori moliya bozorining bir qismi bo‘lib,
unda bo‘sh turgan pul mablag‘larini qayta taqsimlash jarayoni sodir
bo‘ladi, ya’ni iqtisodiyotning bir sohasidan boshqa sohasiga kapitali
qo‘yilishi ta’minlanadi. Qimmatli qog‘ozlar bozori qimmatli qog‘ozlarning
muomalada bo‘lish doirasi hisoblanadi.
Fond bozorini o‘rganish boʻyicha taniqli olim M.Y. Alekseyevning
ta’riflashiga ko‘ra: “Qimmatli qog‘oz u bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy
munosabatlarni aks ettiruvchi hujjat bo‘lib, bozorda mustaqil ravishda
aylanishi hamda oldi-sotdi va boshqa sotuvlarning obyekti bo‘lishi, doimiy
va bir marotabalik daromad manbayi vazifasini o‘tashi, pul kapitalining
turi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin
1
”.
Qimmatli qog‘ozlarning ushbu ta’rifida faqat mulkiy munosabatlar
ko‘rib chiqilgan. Vaholanki, bugungi kunda qimmatli qog‘ozlar
aksiyadorlarning kompaniya umumiy yig‘ilishida ovoz berish huquqi,
emitentning faoliyati to‘g‘risidagi axborotni talab qilish huquqi kabi
nomulkiy huquqlarni ham aks ettirishi mumkinligi ma’lum. Ayrim
iqtisodchilar qimmatli qog‘ozlarni “emitent tomonidan qog‘oz yoki
elektron shaklda chiqarilgan qarzdorlik, amalga oshirilgan investitsiya,
qabul qilingan majburiyatlar va boshqa mulkiy va nomulkiy munosabatlar
haqida guvohlik beruvchi hujjat” sifatida ta’riflaydilar
2
.
Oʻzbekiston Respublikasida qimmatli qog‘ozlar bozorining paydo
bo‘lishi davlat korxonalarini xususiylashtirish va aksiyadorlik
korxonalariga aylantirish jarayonlari bilan bog‘liq. Bu bozor boshqa
barcha bozorlardan, eng avvalo, unda aylanadigan tovar qimmatli
qog‘ozlar bilan ajralib turadi. O‘z navbatida, ularning aylanishi bu bozor
ishtirokchilarining alohida tarkibi, uning faoliyat ko‘rsatish tartibi uni
tartibga solish qoidalarini belgilaydi.
1
Алексеев М.Ю. Рынок ценных бумаг. - М.: Финансы и статистика, 1992.
2
Ядгаров Т.Д. Депозитарная система рынка корпоративных ценных бумаг Узбекистана и ее
интеграция в международный рынок капитала: д. … канд. экон. наук. – Ташкент: ИЭ АН РУз., 2003. –
С.62.
195
Milliy iqtisodiyotning tubdan yangilash, islohotlarni bosqichma-
bosqich amalga oshirish va uning jahon iqtisodiyotining rivojlanish
darajasiga yetkazish, jamiyatda zamonaviy bozor munosabatlarining
shakllanishini taqozo qiladi. Qimmatli qog‘ozlar bozori esa moliya
bozorining tarkibiy qismi sifatida, bozor iqtisodiyotining negizi va
yurgizuvchi kuchi bo‘lib, milliy iqtisodiyotning rivojlanish darajasini
ko‘rsatish va uning asosiy indikatori hisoblanadi.
Shuni aytish joizki, qimmatli qog‘ozlar bozorining muvaffaqiyatli
faoliyat ko‘rsatishining yagona modelining o‘zi bo‘lmaydi. Tajribada esa
boshqa mamlakatlarda ushbu bozor yaxshi faoliyat ko‘rsatayotganligi
sababli uni ko‘chirishning nafaqat iloji yo‘q, balki maqsadga ham muvofiq
emas. Shuni ham inobatga olish lozimki, har bir bozor ichki va tashqi
o‘zgarishlardan kelib chiqqan, doimiy rivojlanish va o‘zgarishda bo‘ladi.
Bulardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, bozorlar o‘zlarida hali
to‘laligicha tashkil etilgan, qotib qolgan tizimlarni ko‘rsatmay, balki
doimiy
rivojlanishdagi
organlarni
tasavvur
etadi.
Rivojlangan
mamlakatlarning tajribalari shundan dalolat bermoqdaki, qimmatli
qog‘ozlar bozorini tartibga solishda davlat va professional (ya’ni maxsus
tashkil
etilgan
qimmatli
qog‘ozlar
bozorining
professional
ishtirokchilarining
tashkilotlari
tomonidan
amalga
oshiriladigan)
bo‘laklarga bo‘lish eng maqsadga muvofiq usul sanaladi. Bunday
taqsimotga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solishning bir
necha asosiy modellari mavjud.
Birinchi model qimmatli qog‘ozlar bozorining asosan davlat idoralari
tomonidan tartibga solinishini va bunday tartibga solish bo‘yicha
vakolatlarning kichik qismi o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlarga
berilishini nazarda tutadi (Fransiya).
Ikkinchi model, aksincha, fond bozorini tartibga solish boʻyicha
mavqelarning eng katta hajmini o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlarga
berilishini nazarda tutadi, bunda davlat faqat asosiy nazorat qilish
vakolatlarini saqlab qoladi (Buyuk Britaniya).
Ko‘pchilik hollarda esa birinchi va ikkinchi modellarning
uyg‘unlashuvi ko‘zga tashlanadi.
Rossiya fuqarolik huquqida qimmatli qog‘oz tushunchasiga bizning
mamlakatimizdagi kabi ta’rif berilgan. Unga ko‘ra qimmatli qog‘oz bu
mulkiy huquqlar belgilangan shakl va majburiy rekvizitlarga ega bo‘lgan
hujjat hisoblanib, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni
amalga oshirish mumkin
1
.
1
Россия Федерацияси Фуқаролик кодекси, 1994. 142-модда
196
Jahon banki bergan maʼlumotlarga ko‘ra, dunyodagi rivojlanayotgan
mamlakatlardagi fond bozorlari inqirozgacha bo‘lgan 2003–2006-yillar
oralig‘ida o‘sish tendensiyasiga erishgan bo‘lsa, inqirozdan keyingi davrda
esa jahon qimmatli qog‘ozlar bozoridagi spikulyativ jarayonlar taʼsirida bu
ko‘rsatkich pasayganligini ko‘rishimiz mumkin.
Rivojlanayotgan mamlakatlar orasida Hindiston YaIMga nisbatan
qimmatli qog‘ozlar savdo aylanmasi boʻyicha yetakchilik qilmoqda
(48,9 %). Bundan keyingi o‘rinlarda Turkiya 46 %, Chexiya 16,7 %,
Braziliya 14,3 %, Vengriya 13,5 %, Misr 16 %, Chili 10,5 % bo‘lsa, eng
past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan Estoniyada 8,9 % va Polshada 5,8%ni
tashkil etgan
1
.
Oʻzbekistonda bir necha yillardan buyon qimmatli qog‘ozlar savdo
aylanmasi YaIMga nisbatan 1-1,5 % dan oshmaganligini qayd etgan holda
qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishning dastlabki pog‘onalarida
ekanligini xulosa qilish mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasida ham qimmatli qog‘ozlar bozori jadal
rivojlanib bormoqda.
Mamlakatimizda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga taʼsir
etuvchi omillar quyidagilar hisoblanadi:
birinchidan, 2007-yil AQSHda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozining asosiy sabablaridan biri sifatida xalqaro miqyosda qimmatli
qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi mexanizmning mavjud emasligi
ko‘rsatilayotganligi;
ikkinchidan, Respublika aholisi turmush farovonligi oshib, ular
qo‘lida naqd va boshqa ko‘rinishdagi kapitalning mavjudligi va bu
mablag‘larni investitsiya ko‘rinishida qimmatli qog‘ozlarga jalb etish
imkoniyati paydo bo‘layotganligi;
uchinchidan, qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi maʼlumotlarning
shaffoflik darajasi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori – yuridik va jismoniy shaxslarning
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan
bog‘liq munosabatlari tizimi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi
Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasida qimmatli qog‘ozlar
bozori ikki turga bo‘linadi:
1) birlamchi qimmatli qog‘ozlar bozori, ya’ni qimmatli qog‘ozlarni
chiqarish paytida, qimmatli qog‘ozlarni emitentdan uning birinchi egasiga
topshirishda vujudga keladi;
1
Манба: ЖБ, ХВФ, ЖФБФ, S-P статистик маълумотларидан олинди.
197
2) ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozori qimmatli qog‘ozlarning
birinchi va keyingi egalari tomonidan fuqarolik huquqiy shartnomalar
tuzish orqali qayta sotilish paytida vujudga keladi.
Oʻzbekiston Respublikasida qimmatli qog‘ozlar muomalasi bilan
bog‘liq munosabatlar quyidagi qonunlar bilan tartibga solinadi:
“Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi
qonuni ( 2015-yil 3-iyun, O‘RQ–387-son).
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya
qilish to‘g‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni ( 2014-yil 6-may,
O‘RQ–370-son).
“Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi
qonuni (2014-yil 12-sentabr, O‘RQ–375-son).
“Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi
qonuni (2015-yil 28-avgust, O‘RQ–395-son).
Quyidagilar qimmatli qog‘ozlar bozor subyektlari hisoblanadi.
Emitent – emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi va ular
yuzasidan qimmatli qog‘ozlarning egalari oldida majburiyatlari bo‘lgan
yuridik shaxs.
Investor – qimmatli qog‘ozlarni o‘z nomidan va o‘z hisobidan oluvchi
yuridik yoki jismoniy shaxs.
Fond birjasi – ommaviy va oshkora birja savdolarini oldindan
belgilangan joyda va belgilangan vaqtda o‘rnatilgan qoidalar asosida
tashkil etish hamda o‘tkazish orqali faqat qimmatli qog‘ozlar savdosi
uchun sharoitlar yaratib beruvchi yuridik shaxs;
Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi – qimmatli
qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik
shaxs. Bunday shaxslar sirasiga investitsiya vositachisi, investitsiya
maslahatchisi, investitsiya fondi, investitsiya aktivlarini ishonchli
boshqaruvchi, transfer-agent, qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari
savdosi tashkilotchisi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini davlat tomonidan tartibga solish:
qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni hamda birja
faoliyatini litsenziyalash va (yoki) bunday faoliyatga nisbatan majburiy
talablar belgilash;
qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini roʻyxatdan o‘tkazish hamda
chiqarish to‘g‘risidagi qarorlarda nazarda tutilgan shartlar va
majburiyatlarga emitentlarning rioya etishi ustidan nazorat qilish;
198
qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi axborot qonun hujjatlariga muvofiq
oshkor qilinishini ta’minlash;
qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarini attestatsiyadan o‘tkazish;
qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining faoliyati ustidan qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilish orqali amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi
qimmatli qog‘ozlar bozori va lotereyalar tashkil etish faoliyatini tartibga
solish, shuningdek, korporativ boshqaruvni rivojlantirish boʻyicha
vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga
qimmatli qog‘ozlar bozori va korporativ boshqaruvni shakllantirish,
rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohasida yagona davlat
siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, qimmatli qog‘ozlar bozori
to‘g‘risidagi hamda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan
nazoratni amalga oshirish, fond birjalarining faoliyati, qimmatli qog‘ozlar
bozoridagi professional faoliyat va lotereyalarni tashkil etish boʻyicha
faoliyatni litsenziyalash kabi vazifalar yuklatilgan
1
.
Qimmatli qog‘ozlar – hujjatlar bo‘lib, ular mazkur hujjatlarni
chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni
yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida
daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni
boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi.
“Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi
qonuni 3-moddasiga ko‘ra amaldagi qonunchilikka asosan qimmatli
qog‘ozlar 2 turga bo‘linadi:
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar – bitta chiqarilish doirasida bir xil
belgilar va rekvizitlarga ega bo‘lgan, mazkur chiqarilish uchun yagona
shartlar asosida joylashtiriladigan hamda muomalada bo‘ladigan qimmatli
qog‘ozlar.
Quyidagilar emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar sirasiga kiradi:
aksiya – o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini
dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok
etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga
bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan,
egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz.
1
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-sonli qarori bilan
tasdqilangan “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi to‘g‘risida”gi nizom 8-bandi
199
Obligatsiya – emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo‘lib, u obligatsiyani
saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy
ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda
tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qatʼiy
belgilangan foizni olishga bo‘lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy
huquqlarini tasdiqlaydi.
Xalqaro obligatsiya sotiladigan emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo‘lib, u
emitent tomonidan chiqariladi va moliyaviy tashkilotlarning guruhi
tomonidan joylashtiriladi, emitentning mamlakatidan tashqari bir yoki
undan ko‘proq davlatda taklif etiladi, birlamchi ravishda (shu jumladan,
obuna boʻyicha) faqat ushbu guruh orqali sotib olinadi.
Opsion emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo‘lib, u o‘z emitentining
muayyan miqdordagi qimmatli qog‘ozlarini unda nazarda tutilgan
muddatda, qatʼiy belgilangan narx boʻyicha sotib olishga bo‘lgan huquqini
tasdiqlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari emissiyaviy
qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, ular emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar egalari
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga pul mablag‘lari
kiritganligini tasdiqlaydi va bu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning
butun muddati mobaynida qatʼiy belgilangan daromad olish huquqini
beradi
1
.
2. Noemissiyaviy qimmatli qog‘ozlar – “Qimmatli qog‘ozlar bozori
to‘g‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq emissiyaviy
qimmatli qog‘ozlar tushunchasiga oid bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar.
Quyidagilar noemissiyaviy qimmatli qog‘ozlar sirasiga kiradi:
veksel – veksel beruvchining yoxud vekselda ko‘rsatilgan boshqa
to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga
muayyan summani to‘lashga doir qatʼiy majburiyatini tasdiqlovchi
noemissiyaviy qimmatli qog‘oz.
Depozit sertifikati – bankka qo‘yilgan omonat summasini va
omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda
sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu
bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish
huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz .
1
Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni. Qonun hujjatlari maʼlumotlari
milliy bazasi. 05.01.2018. 03/18/456/0512-son.
200
Amaldagi qonunchlikka asosan qimmatli qog‘ozlar muomalasi
qimmatli qog‘ozlar bozorida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
bitimlar tuzish orqali amalga oshiriladi. Bunda aksiyalarning oldi-sotdi
bitimlari qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdosidagina amalga
oshiriladi, aksiyadorlarning talabiga ko‘ra aksiyalarning aksiyadorlik
jamiyati tomonidan qaytarib sotib olinishi bundan mustasno.
Faqatgina fond birjasi, fond bo‘limini tashkil etgan valyuta birjasi va
qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdo tashkilotchisi qimmatli
qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |