Toshkent davlat yuridik universiteti


VIII BOB. BOZOR VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI. TOVAR



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

VIII BOB. BOZOR VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI. TOVAR, 
QIMMATLI QOG‘OZLAR, VALYUTA, BANK VA AUDIT 
XIZMATLARI BOZORLARINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH 
 
8.1. Bozor va tadbirkorlik faoliyati 
2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq 
respublikada 
davlatning 
iqtisodiyotdagi 
ishtirokini 
kamaytirish, 
tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish, xususiy mulkning 
ustuvorligini yanada kuchaytirish, biznes tashabbuslar, startaplarni har 
tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kompleks institutsional va 
tarkibiy islohotlar amalga oshirilmoqda. 
Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boʻyicha qabul qilinayotgan 
choralar samaradorligi va natijadorligi yetakchi xalqaro moliyaviy 
tashkilotlar va reyting agentliklarining ijobiy baholarida xolisona aks 
ettirilmoqda. Jahon bankining “Biznesni yuritish – 2018” hisobotida 
Oʻzbekiston tadbirkorlik uchun yanada qulay sharoitlar yaratish boʻyicha 
islohotchi davlatlar qatorida jahonda birinchi o‘ntalikka kirdi
1

Bozor va tadbirkorlik faoliyati bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. 
Bozor iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Iqtisodiy nazariyada olimlar 
tomonidan mazkur tushunchaga turli xil ta’riflar berilgan. Iqtisodchi 
olimlar K. Makkonell, S. Bryu fikriga ko‘ra bozor alohida tovarlar va 
xizmatlar sotuvchilari va xaridorlarini munosabatga olib keluvchi institut 
yoki mexanizm hisoblanadi
2

Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra bozorni ta’riflashda quyidagi 
yondashuvlarga asoslaniladi: 
1) obyektiv yondashuvga ko‘ra bozor tovarlarni muomala qilish 
doirasi; 
2) subyektiv yondashuvga ko‘ra esa bozor sotuvchi va xaridor 
o‘rtasida bitimlar tuzilishini ta’minlovchi institut; 
3) hududiy yondashuvga ko‘ra bozor bitimlar tuziladigan muayyan 
hudud. 
1
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va 
soddalashtirish, shuningdek biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
O‘‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. http://uza.uz/ 
2
Макконелл К., Кэмпбелл Р., Брю Стенли Л. Экономикс: принципы, проблемы и политика. Т.1. – М., 
1992. – С.61. 


189 
Bozorni biznes, ya’ni tadbirkorlik faoliyati olib borishning iqtisodiy 
muhiti sifatida ko‘rish mumkin.
Bozor – bu raqobatga asoslangan holda alohida tovarlarni ishlab 
chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish), sotish yoki xarid qilish sohasidagi 
tadbirkorlik faoliyatini olib borish. 
Muomala obyektiga ko‘ra bozorni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 
tovarlar bozori, moliyaviy xizmatlar bozori, mehnat bozori va h.k. 
Zamonaviy bozorda har qanday tadbirkorlikning muvaffaqiyati isteʼmolchi 
bilan doimiy, ishonchli va samarali hamkorlik barqarorligiga hamda uning 
haq-huquqlari va obro‘si (imidji)ni izchil himoyalashga bog‘liq bo‘lib 
qolmoqda. Shunga ko‘ra marketingga korxonaning bozorda ko‘zlagan 
maqsadiga erishish yo‘lidagi doimiy tashabbuskorlik, tashkilotchilik, 
rejalashtirish, joriy hamda strategik boshqarish jarayoni deb qaralmoqda. 
G.Bagiyev va boshqalarning fikricha, marketing jarayoni ehtiyojni 
o‘rganish, mahsulot (xizmat)ni xaridorlar talabi va bozor imkoniyatlari 
darajasida ishlab chiqarish, taqsimlash hamda sotish bilan bog‘liq 
harakatlar va bosqichlar majmuasidan iborat
1
. Iqtisodiyotning rivojlanishi 
va bozor islohotlarini amalga oshirilishini ta’minlash mamlakatimizda 
kichik biznesni va tadbirkorlikni rivojlantirish darajasiga bog‘liqligi 
ko‘rinib turibdi. Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
sohasiga ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish, ishbilarmonlarga yanada 
erkinlik berish maqsadida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu 
borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “tadbirkorlar safini kengaytirish, 
jumladan, yuqori texnologiyalar, ilm-fanning eng so‘nggi yutuqlariga 
asoslangan texnika va asbob-uskunalarni mamlakatimizga olib kelish va 
joriy etish uchun ularga munosib sharoitlar yaratish bizning birinchi 
galdagi vazifamiz bo‘lishi shart. Kerak bo‘lsa, xorijdagi yetakchi 
kompaniya va tashkilotlarda tajriba orttirishi, o‘zaro manfaatli hamkorlik 
qilishi uchun ularga har tomonlama imkoniyat tug‘dirib berishimiz lozim 
deb ta’kidlaydi
2
”.

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish