Toshkent davlat yuridik universiteti


 Investitsiya rejimi: milliy va eng qulay rejim



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

9.3. Investitsiya rejimi: milliy va eng qulay rejim 
Turli mamlakatlarda investor uchun belgilangan huquqiy maqom va 
investitsiya muhiti, uning jozibadorligi va investitsiya oqimini kengaytirish 
uchun belgilangan iqtisodiy, huquqiy, siyosiy va tashkiliy shart-sharoitlar 
majmuyini hosil qiladi.
Odatda investitsiya huquqiy rejimi 2 turga bo‘linadi: 
1. eng qulay rejim; 
2. milliy rejim. 
Ba’zi mamlakatlarda, ya’ni Qozog‘istonda chet el va mahalliy 
investorlar uchun bir xil rejim belgilab qo‘yilgan. Mamlakatimizda hozirga 
qadar chet el investorlar uchun eng qulay rejim, mahalliy investorlarga 
milliy rejim o‘rnatilgan. Kelajakda Oʻzbekistonda ham chet el va mahalliy 
investorlar uchun bir xil investitsiya rejimini belgilash nazarda tutilmoqda. 
Eng qulay rejim darajasidagi shart-sharoitlar investorni rezident yoki 


220 
norezidentligidan qatʼi nazar, aniq maqsadli, manzilli yo‘naltirish asosida 
mamlakatimiz iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalari uchun muhim bo‘lgan 
yo‘nalishlarga belgilanishi mumkin. 
Investitsiyaviy munosabatlarda investitsiya rejimi investorlar uchun 
asosiy kategoriya sanaladi. Investitsiya rejimi to‘g‘risidagi asosiy qoidalar 
odatda davlatlar o‘rtasidagi investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro 
himoya qilish to‘g‘risidagi bitim asosida tartibga solinadi. Chunonchi, 
mazkur bitimlarda quyidagi holatlar qamrab olinishi lozim: 
1. Har bir ahdlashuvchi tomon o‘z hududida boshqa ahdlashuvchi 
tomonning investorlari amalga oshirgan investitsiyalari uchun, o‘z 
investorlarining investitsiyalari uchun yoki istalgan uchinchi davlat 
investorlarining investitsiyalari uchun yaratadigan rejimdan kam 
bo‘lmagan eng qulay rejim yaratadi. 
2. Har bir ahdlashuvchi tomon o‘z hududida boshqa ahdlashuvchi 
tomonning 
investorlariga 
ularning 
investitsiyalarini 
quvvatlash, 
foydalanish va boshqarish bilan bog‘liq faoliyat borasida o‘z investorlariga 
yoki istalgan uchinchi davlatning investorlariga yaratadigan rejimdan kam 
bo‘lmagan eng qulay rejim yaratadi. 
3. Har bir ahdlashuvchi tomon o‘zining amaldagi qonunchiligiga 
muvofiq milliy rejimdan istisno qilish yoki quvvatlash huquqini saqlab 
qoladi. Har qanday yangi istisno faqat shu istisno kuchga kirgandan so‘ng 
amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan qo‘llanadi. 
4. Mazkur moddaning qoidalari bir ahdlashuvchi tomonni quyidagilar 
tufayli istalgan uchinchi davlat investorlariga yaratilgan yoki yaratiladigan 
imtiyozlarni boshqa ahdlashuvchi tomon investorlariga tatbiq etishga 
majburlovchi omil sifatida talqin qilinmasligi lozim: Hozirda mavjud 
bo‘lgan yoki kelgusida tashkil etiladigan har qanday bojxona uyushmasi, 
erkin savdo zonasi, iqtisodiy uyushma, mintaqaviy integratsion iqtisodiy 
bitim yoki shu singari xalqaro bitimlardagi ishtirok yoki ikki tomonlama 
soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi har qanday xalqaro bitim 
yoxud butunlay yoki asosan soliqqa tortish tartib-qoidalarini tartibga solib 
boruvchi boshqa xalqaro bitim.

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish