IX BOB. INVESTITSIYA VA TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI
HUQUQIY TARTIBGA SOLISH
9.1. Investitsiya tushunchasi, mohiyati, turlari
Investitsiyalar har doim tadbirkorlikni faol rivojlantirish bilan bog‘liq
bo‘lgan. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya
siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan.
Mamlakatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, investitsiya –
bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu sababli ham 2019-yilni yurtimizda “Faol
investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” sifatida e’lon qilingani bejiz
emas. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, faol investitsiyalar – bu yangi
ish o‘rinlarini yaratishga kiritilgan investitsiyalar, raqobatbardosh
mahsulotlar ishlab chiqarishga kiritilgan investitsiyalar, yangi ilg‘or
texnika-tegnologiyalarni
ishlab
chiqarishga
joriy
etiladigan
investitsiyalardir.
Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi
texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi,
tadbirkorlik jadal rivojlanadi.
Investitsiya tushunchasi, uning mohiyati turli qonun hujjatlarida,
yuridik adabiyotlarda va olimlarning ilmiy izlanishlarida aks etib kelgan.
Investitsiya bu qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va
boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy
ne’matlar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual
mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek, reinvestitsiyalardir.
Reinvestitsiya esa – bu investitsiyalardan olingan, qonun hujjatlarida
taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat
obyektlariga kiritiladigan har qanday daromad, shu jumladan foyda, foizlar,
dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik haqi, texnik yordam, texnik
xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovlar hamda boshqa shakldagi mukofotlar.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiliga muvofiq investitsiyalar
mo‘ljallangan obyektiga ko‘ra kapital, innovatsiya va ijtimoiy
investitsiyalarga bo‘linadi.
Kapital investitsiyalarga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror
ishlab chiqarishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiyalashga,
rekonstruktsiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek,
moddiy
ishlab
chiqarishning
boshqa
shakllarini
rivojlantirishga
kiritiladigan investitsiyalar kiradi.
213
Innovatsiya investitsiyalariga yangi yoki takomillashtirilgan tovarlarni
(ishlarni, xizmatlarni), ishlab chiqarish jarayonini, tadbirkorlik faoliyatini
yuritishda yangi marketing uslubini yoki tashkiliy uslubni ishlab chiqish
va o‘zlashtirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.
Ijtimoiy investitsiyalarga inson salohiyatini, ko‘nikmalarini va ishlab
chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning
boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.
Shuningdek, investitsiyalar boshqa talablarga muvofiq ham turlarga
bo‘linadi: markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan investitsiyalar.
Markazlashtirilgan
investitsiyalar
odatda
Oʻzbekiston
Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari
mablag‘lari hisobidan, Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida chet
el investitsiyalari va kreditlarni, zayomlarni jalb etish hisobidan amalga
oshiriladi.
Markazlashtirilgan investitsiyalarni boshqarish davlat boshqaruvi
organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z
vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. Bu turdagi investitsiyalar asosan
mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlarida davlat maqsadli
dasturlarini
ro‘yobga
chiqarishga,
shuningdek,
Oʻzbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida ajratiladi.
Xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan
investitsiya
loyihalarini
moliyalashtirish
uchun
Oʻzbekiston
Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari
mablag‘laridan
foydalanish
to‘g‘risidagi
qarorlar
Oʻzbekiston
Respublikasi bilan tuzilgan shartnomalar asosida qabul qilinadi.
Markazlashtirilmagan investitsiyalar esa o‘z o‘rnida investorning o‘z
mablag‘lari, banklarning kreditlari, shu jumladan chet el banklaridan
Oʻzbekiston Respublikasining kafolatisiz olingan kreditlar va to‘g‘ridan
to‘g‘ri chet el investitsiyalari asosida olib boriladi.
Markazlashtirilmagan investitsiyalar qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan
boshqa manbalar hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Markazlashtirilmagan investitsiyalarni boshqarish investor tomonidan
mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Qonunchilikka muvofiq investitsiyalarni amalga oshirish shakllari
belgilab o‘tilgan bo‘lib, ular odatda quyidagilardan iborat bo‘lishi
mumkin:
214
yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav
kapitallarida) ulushli ishtirok etish, shu jumladan mol-mulk va aksiyalar
olish;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan
qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan qarz majburiyatlarini olish;
konsessiyalarni, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab
chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalarni
olish;
qonun hujjatlariga muvofiq mulk huquqini, shu jumladan intellektual
mulk obyektlariga, shuningdek, savdo obyektlari va xizmat ko‘rsatish
sohasi obyektlariga, ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, mulk
huquqini olish;
yerga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish hamda ulardan
foydalanish (shu jumladan, ijara asosida) huquqini olish.
Investitsiya faoliyati subyektlari qoida tariqasida investorlar va
investitsiya faoliyati ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. Oʻzbekiston
Respublikasi fuqarolari (jismoniy shaxslar), Oʻzbekiston Respublikasi
rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy
davlat hokimiyati organlari, chet el davlatlari, chet el davlatlarining
ma’muriy yoki hududiy organlari, xalqaro tashkilotlar hamda chet ellik
yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
ham investitsiya faoliyati subyektlari bo‘lishi mumkin.
Investorlar
qonun
hujjatlariga
muvofiq
buyurtmachi
(mablag‘ kirituvchi), kreditor, sotib oluvchi sifatida ish yuritishi,
shuningdek, investitsiya faoliyati ishtirokchisi vazifalarini bajarishi
mumkin.
Investitsiya faoliyati ishtirokchilari investor bilan tuzilgan shartnoma
asosida investorning buyurtmasini bajaruvchi sifatida ish yuritadi.
Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish,
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishda to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy
xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek, xorijiy investorlar
uchun ishonchli huquqiy himoya va kafolatlarni ta’minlanmoqda.
To‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan va
iqtisodiyotning tarmoqlari (yengil sanoat, ipakchilik sanoati, qurilish
materiallari sanoati, oziq-ovqat sanoati, turizm va boshqalar) boʻyicha
ishlab chiqarishga (xizmatlar ko‘rsatishga) ixtisoslashtirilgan korxonalar
yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, mulk solig‘i, ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish solig‘i, mikrofirma va
215
kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to‘lashdan, shuningdek,
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod
qilinadi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha
bo‘lganda mazkur soliq imtiyozlari beriladi:
300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha – 3 yil
muddatga;
3 milliondan ortiq AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha –
5 yil muddatga;
10 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lganda – 7 yil muddatga.
Shuningdek, soliq imtiyozlari quyidagi shartlar asosida qo‘llanilishi
belgilangan:
ko‘rsatib o‘tilgan korxonalarni Toshkent shahri va Toshkent
viloyatidan tashqari respublikaning barcha shaharlari va aholi yashash
joylarida joylashtirganda;
xorijiy investorlar tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy
investitsiyalarni Oʻzbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda
amalga oshirganda;
korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida
33 foizni, aksiyadorlik jamiyatlari uchun esa kamida 15 foizni tashkil etsa;
xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi
zamonaviy texnologik uskuna tarzida qo‘ysa;
mazkur imtiyozlarning qo‘llanish muddati daʼvomida imtiyozlardan
olingan daromadning kamida 50 foizini korxonani yanada rivojlantirish
maqsadida qayta investitsiyalashga yo‘naltirsa.
2018-yildan boshlab mamlakatda investitsiya muhitini yanada
yaxshilash, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish,
investorlarning bu boradagi davlat siyosatining izchilligiga bo‘lgan
ishonchini mustahkamlash va investorlar bilan ishlashda davlat
tuzilmalarining mas’uliyatini oshirish maqsadida insofli faoliyat yuritgan
investor va tadbirkorlik subyektiga davlat organi (mansabdor shaxs)
tomonidan ularga nisbatan qabul qilingan ma’muriy hujjatning qonuniy
kuchiga ishonishi sababli kelib chiqqan mulkiy zararning o‘rni qoplanadi.
Shu bilan birga, insofli investor va tadbirkorlik subyektining qonuniy
manfaatlariga davlat organi (mansabdor shaxs)ning ma’muriy hujjati
daxldor bo‘lsa, uni bekor qilish yoki o‘zgartirish masalasi sud tartibida
ko‘rib chiqiladi.
216
Oʻzbekistonda investitsiya faoliyati va chet el investitsiyalarini jalb
qilishga
qaratilgan
normativ-huquqiy
hujjatlar
bazasi
yetarlicha
shakllantirilgan bo‘lib, ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni
maxsus qonun hujjatlari va umumiy xarakterdagi hujjatlarga hamda
qonunosti me’yoriy hujjatlarga ajratgan holda qayd etish maqsadga
muvofiq.
Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi
qonunchilik “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi (2014-yil 9-dekabr),
“Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi (1998-yil 30-aprel), “Chet ellik
investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari
to‘g‘risida”gi, (1998-yil 30-aprel), “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi
(1996-yil
25-aprel`), “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi (2015-yil 25-avgust),
“Konsessiyalar to‘g‘risida”gi (1995-yil 30-aprel), “Mahsulot taqsimotiga
oid bitimlar to‘g‘risida”gi (2001-yil 7-dekabr`) “Metsenatlik to‘g‘risida”gi
(2019-yil 16-oktabr) qonunlar va boshqa yuzdan ortiq normativ-huquqiy
hujjatlardan tashkil topadi.
Mamlakatimizda investitsiya faoliyati sohasini tartibga solishga
qaratilgan so‘ngi yillarda qabul qilingan qonunosti huquqiy hujjatlar ham
yetarlicha.
Masalan,
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2019-yil 10-oktabrdagi “Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish
mexanizmlarini
va
donorlar
bilan
ishlashni
takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5848-son farmoni bilan ijtimoiy
investitsiyalaring huquqiy asoslari shakllantirib berildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
1-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan
yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5495-son farmoni bilan
investorlarga bir qator yangi imkoniyatlar berildi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil
11-apreldagi “To‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb
etishni
rag‘batlantirish
borasidagi
qo‘shimcha
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi
PF–3554-son
farmoni;
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2014-yil 7-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va
ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2014-yil 19-sentabrdagi “Axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni
ishlab chiqarishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish to‘g‘risida”gi qarorini
217
va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil
2-avgustdagi 180-son qarori bilan tasdiqlangan “Chet ellik investorlar
huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi
Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasi to‘rtinchi qismida
belgilangan kafolatlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizomi va “Istiqbolli
investitsiya takliflarini kelishish mexanizmini hamda xorijiy investitsiyalar
va kreditlarni jalb etish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 4-avgustdagi qarori va
boshqalar asosida tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |