Toshkent davlat yuridik universiteti


Xorijiy investorlar huquqlari kafolatlari



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

Xorijiy investorlar huquqlari kafolatlari 
Rivojlangan mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni 
Oʻzbekistonga 
investitsiya 
kiritishi 
mamlakat 
iqtisodiy-ijtimoiy 
salohiyatini keskin ko‘taruvchi omil hisoblanadi. Bunda, eng avvalo, chet 
el 
valyutasi, 
yangi ilg‘or texnika-texnologiyasi, ish tajribasi 
mamlakatimizga kirib keladi. Shu sababli ham qonunlarda nafaqat investor 
huquqlarini belgilash bilan cheklanmasdan, ushbu huquqlarni real amalga 
oshirishni ta’minlovchi kafolatlar tizimi ham belgilangan. Oʻzbekiston 
qonunchiligiga muvofiq chet ellik investorlar quyidagilar bo‘lishi mumkin: 


231 
1. Chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma’muriy yoki hududiy 
organlari; 
2. Davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil 
topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyektlari bo‘lgan xalqaro 
tashkilotlar; 
3. Chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va 
faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, boshqa har qanday 
shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar; 
4. c=Chet davlat fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasidan 
tashqarida doimiy ravishda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar. 
Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlarini berish va ularni 
himoya qilish choralarini amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlar 
ushbu qonun, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi Oʻzbekiston 
Respublikasi qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida chet ellik 
investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u 
holda xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 
Davlat Oʻzbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini 
amalga oshiruvchi chet ellik investorlarning huquqlarini kafolatlaydi va 
himoya qiladi. 
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amalga 
oshirilishi ta’minlanishini hisobga olgan holda fuqaroligi, yashash joyi, 
diniy e’tiqodi, iqtisodiy faoliyati qayerda amalga oshirayotganligiga, 
shuningdek, investorlar yoki investitsiyalarning qaysi mamlakatga 
mansubligiga qarab chet ellik investorlarning kamsitilishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Qonun hujjatlari, shu jumladan idoraviy-normativ hujjatlar, agar 
ularning ijrosi chet ellik investorga yoki chet el investitsiyalariga zarar 
yetkazsa, ular orqaga qaytish kuchiga ega emas. 
Agar Oʻzbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari 
investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, unda chet ellik 
investorlarga nisbatan investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun 
hujjatlari investitsiyalash paytidan boshlab o‘n yil mobaynida qo‘llaniladi. 
Chet ellik investor o‘z xohishiga ko‘ra yangi qonun hujjatlarining 
investitsiyalash shart-sharoitlarini yaxshilaydigan qoidalarini qo‘llash 
huquqiga ega. 
Chet el investitsiyalari, avvalo, xususiy investitsiyalar boʻyicha barcha 
shartnomalar, ular bajarilishining qatʼiy kafolatlarini ta’minlash borasida 


232 
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati vakolat bergan tegishli organlarining 
nazorati ostida turadi. 
Davlat boshqaruv organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari 
chet ellik investorlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga 
muvofiq amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyatiga aralashishga haqli 
emas. 
Davlat boshqaruv organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari 
o‘zlarining qonuniy vakolatlaridan foydalanish paytida chet ellik investor 
qonun hujjatlarini buzganligini aniqlasa, ular faqat vakolatlari bo‘lgan 
hamda muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq 
choralarnigina ko‘rishlari mumkin. Davlat boshqaruv organlari yoki davlat 
hokimiyati mahalliy organlari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan chet ellik 
investorning boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki faoliyatini 
cheklab qo‘yish uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas. 
Chet ellik investorlarni himoya qilishning umumiy kafolatlari va 
choralari bilan bir qatorda qonun hujjatlarida qo‘shimcha, shu jumladan 
sheriklar tomonidan chet ellik investorlar oldidagi o‘z majburiyatlarining 
so‘zsiz bajarilishini ta’minlovchi kafolatlar va ularni himoya qilish 
choralari nazarda tutilishi mumkin. Chet ellik investorlarga qo‘shimcha 
kafolatlar va ularni himoya qilish choralari har bir muayyan holda, ya’ni: 
barqaror iqtisodiy o‘sishni, mamlakat iqtisodiyotida ilg‘or tuzilmaviy 
o‘zgarishlar ro‘y berishini ta’minlovchi ustuvor tarmoqlarga investitsiyalar 
kiritilayotganda; 
yuqori zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga va yuqori texnologik 
ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga investitsiyalar kiritilayotganda; 
respublikaning eksport imkoniyati mustahkamlanishi va kengayishini, 
respublika jahon xo‘jalik aloqalariga integratsiyalashuvini ta’minlovchi 
ustuvor loyihalarga investitsiya kiritilayotganda; 
amalga oshirilishi xomashyo va materiallarni qayta ishlashga, isteʼmol 
tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishga, aholini ish bilan 
ta’minlashga qaratilgan kichik tadbirkorlik sohasidagi loyihalarga 
investitsiyalar kiritilayotganda berilishi mumkin. 
Chet ellik investorlarga qo‘shimcha kafolatlar va ularni himoya qilish 
choralari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kafolat berishni, 
investitsiya loyihalarini moliyaviy ta’minlashda ko‘maklashishni, maxsus 
soliq va to‘lov rejimi yaratilishini, loyihalar ro‘yobga chiqarilishining 
davlat 
monitoringi 
amalga 
oshirilishini 
tashqi 
muhandislik-
kommunikatsiya tarmoqlarini ta’minlashni hamda qonun hujjatlariga 


233 
muvofiq boshqa choralarni o‘z ichiga olishi mumkin. Chet ellik 
investorlarga qo‘shimcha kafolatlar va ularni himoya qilish choralari 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi 
Hukumatining qarorlari asosida berilib, xususan, ularda chet el 
investitsiyalarini kiritish, ulardan foydalanish va ularning o‘rni 
qoplanishini ta’minlash shartlari hamda tartibi va (yoki) Oʻzbekiston 
Respublikasi Hukumati va chet ellik investor o‘rtasida qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan tartibda tuziladigan investitsiya shartnomalarini, ularda 
chet ellik investorning investitsiya majburiyatlarini mustahkamlagan holda 
tasdiqlash nazarda tutiladi. 
Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, to‘g‘ridan to‘g‘ri 
investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish, investorlarning bu boradagi 
davlat siyosatining izchilligiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va 
investorlar bilan ishlashda davlat tuzilmalarining mas'uliyatini oshirish 
maqsadida 2018-yil 1-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya 
muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilingan. Mazkur huquqiy 
hujjat orqali investorlar va tadbirkorlarning huquq va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish va mustahkamlash borasida bir qator chora-
tadbirlar belgilab berilgan. Ular insofli faoliyat yuritgan investor va 
tadbirkorlik subyektiga davlat organi (mansabdor shaxs) tomonidan ularga 
nisbatan qabul qilingan ma’muriy hujjatning qonuniy kuchiga ishonishi 
sababli kelib chiqqan mulkiy zararning o‘rni qoplanishi, davlat organi 
(mansabdor shaxs)ning ma’muriy hujjatini bekor qilish yoki o‘zgartirish 
masalasi, agar u insofli investor va tadbirkorlik subyektining qonuniy 
manfaatlariga daxldor bo‘lsa, sud tartibida ko‘rib chiqilishi, davlat va 
jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risida qaror 
qabul qilishga faqat yer uchastkasi olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan 
manfaatdor shaxslar bilan ochiq muhokama o‘tkazilganidan, shuningdek, 
foyda va xarajatlar baholanganidan keyin yo‘l qo‘yilishi, yer 
uchastkalarini olib qo‘yishda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli 
bo‘lgan turar joy va ishlab chiqarish binolari, boshqa imoratlar va 
inshootlarning buzilishiga ko‘chmas mulkning bozor qiymati va olib 
qo‘yish sababli mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq 
qoplanganidan keyin ruxsat berilishi, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat 
organi (mansabdor shaxs)ning noqonuniy ma’muriy hujjati qabul qilinishi 
oqibatida yetkazilgan zarar davlat tomonidan, birinchi navbatda, tegishli 


234 
organlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanishi
keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida undirib olinishi.
Shuningdek, qonunchilikda chel el investorlarining quyidagi 
kafolatlari sanab o‘tilgan: 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish