O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
MUSTAQIL ISH
Ta’lim yo’nalishi: Matematika va informatika
Guruh:M1 101-guruh (5 yillik sirtqi)
Fan nomi : Informatika va raqamli texnalogiyalar
Bajardi: Dustqobilov Doniyor
Tekshirdi : Ashurov. M.
Mavzu : Tarmoqda tranzaksiyalar,blocheyn texnalogiyasida yaratilgan mashhur loyihalarga doir misollar.
Reja :
Tarmoqda tranzakziya.
Blocheyn texnalogiyasida yaratilgan mashhur loyihalarga doir misollar.
Shubhali tranzaksiyalar.
Tranzaksiyalar bloklari zanjiri (Block Chain / Blokcheyn) –taqsimlangan
ma’lumotlar to‘plamlarini tuzish metodologiyasi bo‘lib, bundahar bir ma’lumotni
qayd qilish unga egalik qilish tarixi haqidagi axborotdan iborat bo‘ladi, bu esa uni
qalbakilashtirish imkoniyatini qattiq chegaralab qo‘yadi. Blokcheyn virtual valyuta
tizimlarida operatsiyalarni bajarish va ularning tarixini saqlash uchun qo‘llanadi.
Bitkoin turidagi blokcheynda tranzaksiyani
amalga oshirish uchun uch xil ma’lumot kerak bo‘ladi:
Debet adresining shaxsiy kaliti
Kredit adresining umumiy kaliti
Tranzaksiyaning summasi
OAV AQSHning FinCEN tarmog‘idagi maxfiy moliyaviy hujjatlarni e’lon qildi
90 ga yaqin mamlakat jurnalistlari AQSH moliyaviy jinoyatchilik tarmog‘ining (FinCEN) maxfiy hujjatlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lishdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hujjatlarda Alisher Usmonovning kompaniyasi va O‘zbekiston milliy banki (NBU) tilga olingan.
Xalqaro tadqiqotchi jurnalistlar konsorsiumi (ICIJ) va BuzzFeed News moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish tarmog‘idagi (Financial Crimes Enforcement Network, FinCEN) hujjatlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lishdi. Tarmoq AQSH Moliya vazirligining tarkibidagi byurosi hisoblanadi.
«Vajnыye istorii»ning xabar berishicha, bu AQSH tarixidagi eng yirik — 2 trln dollardan ortiq AQSH moliya tizimi orqali o‘tgan shubhali tranzaksiyalar ma’lumotlarining ochiqlanishi hisoblanadi. 2017 yilda AQSHdagi BuzzFeed News nashri jurnalistlari 2100 dan ortiq maxfiy FinCEN hujjatlaridan foydalanish huquqini qo‘lga kiritishdi, so‘ngra ushbu loyihaga, ICIJ va OCCRP bilan bir qatorda, 88 mamlakatdan 110 ta ommaviy axborot vositasi ish olib boruvchi «Kassandra» xalqaro tadqiqot jurnalistik loyihasiga qo‘shildi.
Ta’kidlanishicha, FinCEN Amerika banklarining, shuningdek AQSH banklarida vakillik hisob-raqamiga ega bo‘lgan xorijiy kredit tashkilotlarining barcha shubhali operatsiyalari to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘playdi.
Jurnalistlar tomonidan tahlil qilingan hujjatlarda Rossiya fuqarolari, shu jumladan «Severstal» kompaniyalar tarmog‘ining egasi Aleksey Mordashov, USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov, Rossiya prezidentining sobiq maslahatchisi Valentin Yumashev, MTS va boshqa kompaniyalar bilan bog‘liq pul o‘tkazmalari xaqida ma’lumotlar mavjud.
Xususan, «Vajnыye istorii» hujjatlarga ishora qilib, rossiyalik ishbilarmonlar va kompaniyalar «Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin odamlarga millionlab dollar mablag‘lar o‘tkazgan», deya ta’kidlamoqda.
Nashr, shuningdek, FinCEN hujjatlarida 2006−2008 yillarda prezident ma’muriyatining sobiq rahbari bo‘lib ishlagan (hozirda Rossiya prezidentining maslahatchisi) Valentin Yumashev Britaniyaning Virjin orollaridagi Epion Holdings Limited kompaniyasi orqali olgan 6 mln dollarlik mablag‘ni qo‘lga kiritgani haqidagi ma’lumotlarni topdi.
Tekshiruv-tadqiqot ishlari mualliflari kompaniyaning Alisher Usmonovga tegishli ekanligini ta’kidlamoqda. Shubhali tranzaksiyalarning hisobotlariga ko‘ra, pul «xizmatlar» uchun kelishuvlarga ko‘ra ikki yil davomida o‘tkazilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |