228
5.
Ishlarni bajarish, ish dasturlari va budjetlarni ishlab chiqish
shartlari.
6.
Hisob-kitob yuritish va hisobot berish tartibi.
7.
Soliq solish va boshqa to‘lovlar to‘lash shartlari.
8.
Xarajatlarni qoplash tartibi va mahsulot taqsimoti shartlari.
9.
Investorning ulushini olib chiqib ketish tartibi.
10.
Foydaga qolgan mahsulotning o‘ziga
tegishli ulushiga baho
belgilash masalasida investorning mustaqil ekanligi.
11.
Bitimning ijro etilishini nazorat qilish tartibi.
12.
Nizolarni hal etish tartibi.
13.
Bitimning amal qilishini bekor qilish tartibi.
Bitimda uning xususiyatidan kelib chiquvchi boshqa qoidalar ham
bo‘lishi mumkin. Bitimda ekologik xavfsizlikka tahdid va boshqa fors-
major holatlar yuzaga kelgan taqdirda berib qo‘yilgan yer qa’ri
uchastkalaridan investorning foydalanish huquqi cheklanishi, to‘xtatib
turilishi yoki bekor qilinishi mumkinligi to‘g‘risidagi qoida nazarda
tutilgan bo‘lishi shart.
Bitim taraflari sifatida birinchi taraf sifatida Oʻzbekiston Respublikasi,
ya’ni uning nomidan bitimda Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ ishtirok etsa, ikkinchi taraf
sifatida konlarni aniqlash, qidirishga va foydali qazilmalarni kovlab
olishga o‘z mablag‘larini, qarzga olgan yoki jalb etgan mablag‘larini (mol-
mulkini va (yoki) mulkiy huquqlarini) kiritayotgan investor qatnashadi.
Mahsulot taqsimoti shartlari asosida foydalanish
huquqi beriladigan
yer qa’ri uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.
Mahsulot taqsimoti shartlari asosida foydalanishga hali isbotlangan
foydali qazilma zaxiralari yo‘q, geologiya-qidiruv ishlari o‘tkazish uchun
katta moliyaviy resurslar, ilg‘or texnologiyalar va texnika jalb etilishini
talab qiladigan yer qa’rining istiqbolli uchastkalari beriladi.
Qidirib topilgan foydali qazilma konlarining yer qa’ri
uchastkalari
quyidagi hollarda bitimlarga kiritiladi, ya’ni:
qidirib topilgan yirik foydali qazilma konlarining o‘zlashtirilishi
uchun,
shuningdek, foydali qazilmalarni tashish obyektlarining qurilishi
uchun moliyaviy va texnik imkoniyatlar bo‘lmagan, konlarning
o‘zlashtirilishi hisobiga esa foydali qazilmalarni kovlab olishni
mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi uchun zarur bo‘lgan
darajada saqlab
turilishi ta’minlanadigan hollarda;
229
olinishi qiyin, ammo hajmi jihatidan ancha ko‘p bo‘lgan, murakkab
kon-geologiya sharoitlarida joylashgan va qazish ishlari ketayotgan konlar
uchun qoldiq hisoblanadigan foydali qazilmalarning zaxiralarini qazib
olishning maxsus ilg‘or texnologiyalarini jalb etish zarur bo‘lganda;
foydali qazilmalarning texnologik yo‘qotilish darajasini kamaytirish,
shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy ijtimoiy-ekologik
oqibatlarni bartaraf etish zarur bo‘lganda.
Yer qa’ri uchastkalari mahsulot taqsimoti shartlari boʻyicha
foydalanishga ochiq kimoshdi savdolari asosida yoki Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga
binoan bitimlar ochiq
kimoshdi savdolarini o‘tkazmay turib, to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar yo‘li
bilan tuzilishi mumkin beriladi. Bitim taraflar belgilagan muddatlarda,
biroq ochiq kimoshdi savdolari natijalari e’lon qilinganidan yoki investor
bilan o‘tkazilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar natijalari boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qilganidan
keyin bir yildan kechiktirmay tuziladi.
Bitimning amal qilish muddatini taraflar belgilaydi. Bitimning amal
qilishi
investor tashabbusi bilan, u o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni
bajargan taqdirda foydali qazilmalar iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq
tarzda qazib olinishini tugallash hamda yerosti boyliklaridan oqilona
foydalanish va ularni muhofaza qilishni ta’minlash uchun yetarli bo‘lgan
muddatga uzaytiriladi. Bunda ana shunday uzaytirish shartlari va tartibi
bitim bilan belgilanadi. Davlat kompensatsiya mahsulotini, shuningdek,
foydaga qolgan mahsulotning bitim shartlariga muvofiq investor ulushi
hisoblanuvchi qismini investorga mulk qilib beradi.
Bitim shartlariga muvofiq investorning mulkiga o‘tadigan mahsulot
hech qanday cheklashlarsiz Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib
chiqib ketilishi yoki investor tomonidan ichki bozorda bitimda belgilangan
shartlar va tartibda realizatsiya qilinishi mumkin. Bitimning amal qilishi u
qancha muddatga tuzilgan bo‘lsa, shuncha muddat o‘tganidan keyin yoki
taraflarning kelishuviga binoan muddatidan ilgari, shuningdek,
boshqa
asoslarga ko‘ra va bitimda nazarda tutilgan tartibda bitim imzolangan kuni
amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilinadi. Davlat bilan
investor o‘rtasidagi bitim bilan bog‘liq nizolar bitim shartlariga muvofiq
sudda, shu jumladan xalqaro arbitraj sudida hal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: