Toshkent davlat yuridik universiteti


monopoliyaga qarshi organ xoʻjalik



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

monopoliyaga qarshi organ xoʻjalik 
yurituvchi subyektni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish
haqidagi da’vo bilan sudga murojaat etadi. 
Raqobat qonunchiligida xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda 
boʻlish yoki ajratib chiqarish quyidagi shartlarning barchasi jam boʻlganda 
amalga oshirilishi mumkinligi belgilangan: 

boʻlinayotgan yoki ajratib chiqarilayotgan tarkibiy boʻlinmalarning 
tashkiliy va hududiy jihatdan ajralib chiqish imkoniyati mavjud boʻlganda; 

uning tarkibiy boʻlinmalari oʻrtasida oʻzaro uzviy texnologik 
bogʻlanish mavjud boʻlmaganda; 

boʻlish yoki ajratib chiqarish natijasida tashkil topgan tarkibiy 
boʻlinmalarning tovar yoki moliya bozorida mustaqil faoliyat koʻrsatish 
imkoniyati mavjud boʻlganda. 
Shu bilan birga, milliy qonunchiligimiz iqtisodiy konsentratsiya 
doirasiga 
tanlov (tender) savdolarning monopoliyaga qarshi jihatlarini 
tartibga solish
ni ham kiritgan. Tanlov savdolarning bir turi hisoblanadi 
(kimoshdi savdolari bilan bir qatorda). Bunda tanlov tashkilotchisi 
tomonidan oldindan tuzilgan tanlov komissiyasining xulosasiga koʻra eng 
yaxshi taklifni bergan (kimoshdi savdolarida eng yaxshi narx bergan) 
ishtirokchi tanlov gʻolibi boʻladi. Ayrim chet el huquqiy amaliyotida 
tanlov savdolari tender deb yuritiladi. 
Tanlov (tender) savdolarini oʻtkazishda raqobatni cheklashga olib 
keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar, shu jumladan 
quyidagilar taqiqlanadi: 

savdolar oʻtkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini 
buzish; 


184 

savdolarning tashkilotchilari va (yoki) buyurtmachilari tomonidan 
savdolar ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish; 

xoʻjalik yurituvchi subyektlardan savdolarda qatnashish uchun 
hujjatlarni qabul qilishni asossiz ravishda rad etish; 

savdolar ishtirokchilarini asossiz ravishda chetlashtirish; 

savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda 
qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish, shu jumladan 
axborotdan foydalanish orqali imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish, 
bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno; 

tovarning aniq ishlab chiqaruvchisini koʻrsatish, bundan 
tovarlarning mos kelmasligi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa 
hollar mustasno. 
Birja savdolarini oʻtkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki 
olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar, shu jumladan: 

birja savdolarini oʻtkazish jarayoniga taʼsir koʻrsatadigan harakatlar, 
bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno; 

birja savdolari ishtirokchilarining kelishib olingan harakatlari 
natijasida joriy birja narxlarining keskin koʻtarilishiga yoki qatʼiy 
belgilanishiga olib keladigan harakatlar; 

birja savdolarida talabning oʻzgarishiga sabab boʻlishi mumkin 
boʻlgan yolgʻon maʼlumotlarni tarqatish bilan bogʻliq harakatlar 
taqiqlanadi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish