Mavzu: Sof (takomillashgan) raqobatni shakllantirish
Reja:
Kirish
Raqobatning mohiyati va usullar
«Andijon yog`-moy» AJ korxonasining iqtisodiy ko’rsatkichlari taxlili.
O`zbekiston Respublikasida sof raqobatni shakllantirish bo`yicha bajarilayotgan ishlar va qonunlar
Xulosa
Foydalanilga adabiyotlar
Kirish
Bizning hayotimizda raqobat tushunchasini anglay olmaydigon insonlar fikrlay olmaydigon insonlardir. Lekin “raqobat” so`zini to`liq izohlab bera olasizmi? Aynan shu savolga ko`pchiligimiz javob berishga ojizmiz. Ushbu kurs ishidan maqsad ham “Raqobat”ni to`liq anglashga qaratilgan. Shunday ekan keling ma`lumotlarni keltirib o`taman.
Avvalda raqobatning ko`rinishi qanday bo`lgan? Bu umumiy savol bo`ldi. Shunday ekan biz ham umumiy javob beramiz. Javob: Avvalda raqobat harbiy sohada, harbiy ko`rinishda bo`lgan va keng qo`llanilgan. Keyinchalik esa bu raqobat boshqa sohalarga ham o`z ta`sirini o`tkazgan. Qanday qilib deysizmi? Javob: aytaylik A davlat ikkinchi bir B davlatni bosib olmoqchi. Bu o`z-o`zidan bo`lmaydi. Har ikki mamlakatning harbiy salohiyati baholanadi va birinchi davlatning salohiyati, qo`shinlari, jang taktikasi(tajribasi), qurol-yarog`i ustun chiqsagina B davlatni bosib olishga ishongan holda harakatni amalga oshiradi. B davlat ham A davlatning bosimini anglagan holatda o`z harbiy qo`shini, qurol-yarog`ini, qo`shin soni(jangchilari)ni ko`paytiradi va kuchaytiradi. Shu tariqa raqobatning ilk tushunchasi-yu ko`rinishi, ma`nosi-yu manfaati yuzaga chiqqadi. Keyinchalik harbiy sohani ta`minlash maqsadida oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurol-yarog`, shaharsozlik va bir qancha sohalarga e`tibor qaratilgan. Zamonlar, makonlar, ko`nikmalar oshgani sari “raqobat” ham bir necha sohada va bir yo`nalishda turlanadi va tuslanadi. O`sha yo`nalishlarning biri bu “Iqtisodiyot”dir.
Quyida iqtisodiy jihatdan raqobatni turlanishi va tuslanishini ko`rib chiqamiz. Iqtisodiy jihatdan raqobat moliya bozorida, davlat bozorida, ishlab chiqarishda roʻy berishi mumkin. Moliya bozoridagi raqobat sotuvchilar oʻrtasida yuz berganda, qimmatli qogʻozlar emitentlari o`rtasida kurash ketadi. Bundan maqsad korparativ aksiya va obligatsiyalarni qulay narx bilan sotib, tashqaridan koʻproq jalb etish bo`ladi. Bu yerdagi xaridorlar esa serdaromad kelajakda narxi oshadigan qimmatli qog`ozlarni sotib olishga intiladilar. Pul bozoridagi raqobatda banklar va parobank (bankdan tashqari) tashkilotlar qatnashadi. Bu yerdagi kurash mijozlar pulini jalb etish, keyinchalik uni qarz so`rovchilarga qulay shartlar bilan berish uchun, shuningdek mijozlarga koʻproq pul operatsiyalari bilan bog`liq xizmatlarni koʻrsatish uchun boradi.
Davlat bozoridagi raqobatda koʻpincha haridorlar qatnashadi.Bu yerda davlat buyurtmalarini olish uchun firmalar raqobatlashadi. Shu maqsadda ular davlat o`tkazadigan tenderlarda (maxsus ulgurji savdolarda) qatnashadilar. Tendr ishtirokchilari davlat buyurtmalarini bajarish yuzasidan oʻz takliflarini taqdim etadi. Davlat uchun eng qulay taklif bergan firma raqobatda yutib chiqadi. Masalan davlat xaridi uchun sifatli va arzon tovarni taklif etgan, ularni aytilgan hajmda va oʻz vaqtida kanda qilmay yetkazi beradigan firmalar g`olib chiqadi.
Ishlab chiqarishni raqobatga hozirlash, u yerda bozorbop, raqobatga qobil tovarlar ishlab chiqarishni bildiradi. Raqobat kurashida ishlab chiqarishdagi novatsiya alohida ahamiyatga ega bo`ladi, bu esa, oʻz navaatida, investitsion faollikni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |