Konsortsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosi loyihalarga juda katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo’yish).
Kontsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo’lgan, ko’p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank turli soha korxonalari)ning majmuisi o’z ichiga oluvchi birlashma. Bunda bosh tashkilotqolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozir kontsernlar keng tarqalgan tashkilotdir.
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta‘sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo’ladi:
1. Monopoliya ma‘lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi.
2. Monopolist bo’lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalarda nisabtan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko’proq rag’bat va imkoniyat mavjud bo’ladi.
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida qo’yidagi jihatlarni ko’rsatish mumkin:
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi;
2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi;
3) iqtisodiy turg’unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi;
4) iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to’sib qo’yilishi.
Bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo’llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etadi.
«Andijon yog`-moy» AJ korxonasining iqtisodiy ko’rsatkichlari taxlili.
Hozirgi raqobatlashgan bozorda tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish oson emas, biz katta tajribaga ham ega bo`lishimiz zarur. Shuning uchun biz ishlab chiqarish omillaridan qay tarzda foydalanish zarurligi haqida yetarlicha bilishimiz zarur. Va bozorni mukammal o`rganib raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishimiz kerak. Texnika-texnologiyalar ham jadal su`ratlarda rivojlanib bormoqda. Biz faoliyatimizni eng so`nggi texnologiyalar bilan olib borishga harakat qilishimiz , ulardan unumli foydalanish yo`llari haqida izlanishlar olib borilishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Xalqni albatta tadbirkorlar boy qiladi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish ulkan cho`qqilarga yetish uzoq vaqt talab qilishi mumkin. Hozirda bizga yuklatilgan vazifalardan biri «Andijon yog`-moy» AJ korxonasining iqtisodiy taxlil qilish va ishlab chiqarish omillaridan qay tarzda fodalanayotgani haqida ma`lumotlar taqdim etishdan iborat. Quyida uning iqtisodiy taxlilini amaliy ma`lumotlarni qo`llagan holda korxona ishlab chiqarish omillaridan qay tarzda foydalanayotgani haqida ma`lumot olishimiz mumkin. Chunki, umumiy ahvolni bilmay, o`rganmay turib, u bilan ta`minlanganlik va undan samarali foydalanishning ahvolini taxlil qilib bo`lmaydi. Ushbu xulosadan kelib chiqib, eng avvalo, koxonani iqtisodiy taxlil qilish maqsadida quyidagi jadvalni tuzdik. Bu jadvalda «Andijon yog`-moy» AJ korxonasining 2018-2020-
yillardagi barcha ko`rsatkichlarini asos qilib oldik. Bu o`rinda bugalteriya balansi,
moliyaviy hisobotning boshqa shakillari va yillik statistik hisobot ma`lumotlaridan keng foydalanilmoqda. Bu yerda korxonani qanday shaklda taxlil qilishni o`rganish asosiy maqsadlarimizdan biridir. Quyidagi 1-jadvalni ko`rib chiqamiz.
Asosiy vositalarning o`rtacha qiymati 2018-yilda 40 832 180 mln. so`mga, 2019-yilda 41 664 143 mln. so`mga, 2020-yilda 44 259 664 mln. so`mga teng bo`lgan. 2020-yida 2018-yilga nisbatan 3 427 484 mln. so`m yoki 108.3940755 foizga ortgan. Bundan ko`rinib turibdiki shu 3 yil davomida asosiy vositalar yangilangan.
Aylanma mablag`larning o`rtacha qiymati 2018-yilda 16 572 492 mln. so`mga, 2019-yilda 22 534 471 mln. so`mga, 2020-yilda 24 264 072 mln. so`mga teng bo`lgan. 2020-yida 2018-yilga nisbatan 7 691 580 mln. so`m yoki 146.4117285 foizga ortgan.
Nomoddiy aktivlarning o`rtacha qiymati 2018-yilda 8 266 500 mln. so`mga, 2019-yilda 9 928 125 mln. so`mga, 2020-yilda 11 574 455 mln. so`mga teng bo`lgan.
Mehnat salohiyatining o`rtacha qiymati 2018-yilda 18 413 114 mln. so`mga, 2019-yilda 24 266 293 mln. so`mga, 2020-yilda 21 163 083 mln. so`mga teng bo`lgan.
Iqtisodiy salohiyatning o`rtachaqiymati 2018-yilda 84 084 286 mln. so`mga, 2019-yilda 98 393 032 mln. so`mga, 2020-yilda 101 261 274 mln. so`mga teng bo`lgan. 2020-yida 2018-yilga nisbatan 17 176 988 mln. so`m ga ortgan.
Asosiy vositalarning iqtisodiy salohiyatdagi ulushi 2018-yilda 48.56101174 foizga, 2019-yilda 42.34460729 foizga, 2020-yilda 43.70838155 foizga teng bo`lgan.
Aylanma mablag`larning iqtisodiy salohiyatdagi ulushi 2018-yilda 19.70938066 foizga, 2019-yilda 22.90250696 foizga, 2020-yilda 23.96184745 foizga teng bo`lgan.
Nomoddiy aktivlarning iqtisodiy salohiyadagi ulushi 2018-yilda 9.831206749 foizga, 2019-yilda 10.09027245 foizga, 2020-yilda 11.43028775 foizga teng bo`lgan.
Mehnat salohiyatining iqtisodiy saolhiyatdagidagi ulushi 2018-yilda 21.89840085 foizga, 2019-yilda 24.6626133 foizga, 2020-yilda 20.89948325 foizga teng bo`lgan. 2020-yida 2018-yilga nisbatan -0.998917598 foizga kamayganligini ko`rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |