O`zbekiston Respublikasida sof raqobatni shakllantirish bo`yicha bajarilayotgan ishlar va qonunlar
Tovar va moliya bozorlarida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish orqali samarali raqobat muhitini yaratish maqsadida mamlakatimizda iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish, narxni ortiqcha tartibga solishdan voz kechish va davlatning iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, oldimizda davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar monopoliyasining iqtisodiyot raqobatbardoshligiga salbiy ta’sirini yanada kamaytirish, imtiyoz va preferensiyalar berish tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tartibga solish yukini pasaytirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar turibdi.
2021-yil 1-yanvardan boshlab:
a) davlat xaridlari hamda strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalarning xaridlari ijrochilari: tender va tanlov savdolari hamda eng yaxshi takliflarni tanlab olish yakunlari bo‘yicha g‘olib deb rasman e’lon qilingan kundan yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar yakunlari bo‘yicha qaror qabul qilingan kundan e’tiboran ikki kun mobaynida davlat xaridlari maxsus axborot portalida tegishli ma’lumotlarni joylashtirish orqali bevosita yoki bilvosita 25 foiz yoki undan ko‘p aksiyalarga (ulushga) haqiqatdan nazorat qilishga ega bo‘lgan o‘zining yakuniy manfaatdor shaxslari (benefitsiarlari) to‘g‘risidagi axborotlarni oshkor qilishlari; o‘zlarining veb-saytlarida va maxsus axborot portalida doimiy asosda tender va tanlov savdolari hamda eng yaxshi takliflarni tanlab olish tartib-taomillari hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar yakunlari bo‘yicha imzolangan shartnoma majburiyatlari bajarilishi haqidagi ma’lumotlarni joylashtirib borishga majbur;
b) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, tabiiy monopoliya subyektlari, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek oxirgi uch yilda tovar sotishdan olingan jami tushumining o‘rtacha yillik miqdori 30 milliard so‘mdan oshadigan korporativ buyurtmachilarda faoliyatning raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash, ularning buzilishi xavflarini aniqlash va oldini olish bo‘yicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimi (monopoliyaga qarshi komplayens) joriy etiladi.
Raqobatni rag‘batlantiruvchi ta’sirni vujudga keltiruvchi narxlarni shakllantirishning yuqori samarali usullarini qo‘llagan holda narxlarni (tariflarni) davlat tomonidan oqilona tartibga solish tizimini yaratish:
iqtisodiy maqsadga muvofiqligi, iste’molchilarning manfaatlari, xarajatlarni kamaytirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xarajatlarini pasaytirish va sarmoyaning qaytishini rag‘batlantirishga asoslangan tovar va moliya bozorlaridagi narxlarni (tariflarni) shakllantirishda bozor mexanizmlariga to‘laqonli o‘tish; tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatida raqobatni rag‘batlantirish effektini yaratuvchi narxlarni shakllantirishning progressiv bozor mexanizmlarini (investitsiya qilingan sarmoyaning iqtisodiy asoslangan rentabelligi usuli (Regulatory Asset Base), qiyosiy tahlil va boshqalar) joriy qilish; tartibga solinadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar xarajatlarining asosliligini aniqlash uchun taqqoslanadigan bozorlar va o‘zaro bog‘liq bozorlarda narxlarning “qiyosiy qiymatlari” usulidan foydalanishni nazarda tutadigan tartibga solinadigan narxlardan foydalanishni monitoring qilishning yangi modelini ishlab chiqish.
Quyidagilar orqali tabiiy monopoliya sohalarining raqobat bozori holatiga o‘tishi uchun to‘siqlarni bartaraf etish: tabiiy monopoliya subyektlari faoliyati va ishlashini, shu jumladan o‘zaro bog‘liq bozorlarda raqobat sharoitlarini yaratish imkoniyati nuqtai nazaridan o‘rganib chiqish; tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatining shaffofligini va ularning infratuzilmasiga xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kamsitishsiz kirishini ta’minlash; elektr energiyasini ishlab chiqarish va sotish funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish va elektr energiyasining ulgurji bozorini bosqichma-bosqich shakllantirish; temir yo‘l va havo transportida tashish bozorida raqobatni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.
Raqobatni himoya qilishda qonun hujjatlari talablari buzilishiga oldindan yo‘l qo‘ymaslik (profilaktika) vositalarini, shu jumladan davlat organlarida va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayensni — raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligini ta’minlash, ularning buzilishi xavf-xatarlarini aniqlash va oldini olish bo‘yicha ichki tartib-qoidalar tizimini joriy qilish.
Quyidagilar orqali til biriktirishlar va “kartel” kelishuvlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini kuchaytirish va halol raqobatni rag‘batlantirish: ijtimoiy ahamiyatga ega va monopol turdagi tovarlar va xizmatlar narxlarini doimiy kuzatib borishning yangi mexanizmini ishlab chiqish; til biriktirishlar va “kartel” kelishuvlariga qarshi kurashish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan bitimlar tuzish; “kartel” kelishuvlarini aniqlash maqsadida “yumshatuvchi holatlar” dasturi samaradorligini oshirish yo‘li bilan jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish; raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun, shu jumladan “kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarga nisbatan ta’sir choralari va jarima sanksiyalarini qayta ko‘rib chiqish; raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlariga samarali chek qo‘yish uchun muayyan holatlarda monopoliyaga qarshi aralashuvning quyi chegarasini joriy etish; nohalol raqobat holatlarini sodir etganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish; intellektual mulk huquqlarini buzadigan nohalol xo‘jalik yurituvchi subyektlar reyestrini yuritish; informatsion texnologiyalar yordamida Intellektual mulk agentligi bilan axborot almashinuvining yangi mexanizmlarini joriy qilish; monopoliyaga qarshi kurashish organi huzurida huquqshunoslar, patent vakillari hamda Intellektual mulk agentligi mutaxassislaridan tuzilgan mahsulotning o‘xshashlik darajasini baholash bo‘yicha ekspert komissiyasini tashkil qilish.
Quyidagilar orqali raqamli iqtisodiyotni monopoliyaga qarshi tartibga solishning samarali vositalarini joriy etish: raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga “raqamli bozorlar” tushunchasini kiritish, ularning geografik va tovar chegaralarini hamda tartibga solish usullarini belgilash; raqamli bozorlarda ustun mavqeni aniqlash mezonlarini joriy etish; elektron tijorat orqali savdolarning monopoliyaga qarshi qoidalarini joriy etish; monopoliyaga qarshi tartibga solish maqsadida “RegTech” (raqamli bozor ishtirokchilari tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini samarali qo‘llashga imkon beruvchi tartibga solish texnologiyalari) konsepsiyasiga asoslangan raqamli platformani yaratish; raqamli bozorlarda innovatsiyalarni ortiqcha tartibga solish hujjatlarisiz sinash imkoniyatini beruvchi maxsus huquqiy rejim — “tartibga solish qumdoni” (regulatory sandbox)ni yaratish.
Quyidagilar orqali monopoliyaga qarshi organ faoliyatining shaffofligini va samaradorligini ta’minlash, jamiyatda raqobat madaniyatini va raqobatga qarshi harakatlarning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasizlikni shakllantirish:
jamoat tashkilotlari, ekspertlar va biznes hamjamiyatlari bilan o‘zaro munosabatlarni kuchaytirish va ularni sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash ishlariga keng jalb qilish maqsadida munozaralar platformasini (maydonchasini) yanada rivojlantirish; raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha Ekspertlar kengashini tuzish; raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha nodavlat tashkilotlarni shakllantirish; Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti metodikasiga muvofiq tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining rivojlanishi ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlarini (KPI) joriy qilish;
raqobatni cheklash holatlarini aniqlash va ta’sir choralarini qo‘llash tezkorligini oshirish maqsadida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining faoliyatiga innovatsion ishlanmalar va axborot texnologiyalarini joriy etish; tadbirkorlik subyektlari uchun raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga oid bozor ko‘nikmalarini shakllantirish va bilimlarni oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining kadr salohiyatini tizimli oshirish, shu jumladan: oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlariga monopoliyaga qarshi tartibga solish va raqobat huquqi bo‘yicha kadrlar tayyorlash bo‘yicha maxsus yo‘nalishlarni joriy etish; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy organlari xodimlari uchun raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish. O'zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o'rin tutadi. Xususiylashgirish natijasida, birinchidan, mulk o'z egalari qo'liga topshirilsa, ikkinchidan, ko'p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi. Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o'z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya'ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo'lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi. Masalan, AQShda davlatning xususiy monopoliyalar faoliyatini cheklashga qaratilgan tadbirlari 1980 yilda trestlarga qarshi qabul qilingan qonunda («Sherman qonuni») o'z ifodasini topadi. Monopoliyalarga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan chora-tadbirlar boshqa mamlakatlarda ham sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi.
Shunday qilib, O'zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo'li, bu raqobatni inkor qiluvchi Davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo'jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o'tishdir. Bu srda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo'lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas'uliyat asosida o'z manfaatiga ega bo'lgan va tadbirkorlik taxlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo'jalik subyektlariniggg mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir. Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar tovarlar bozoridagi shunday mahsulotning 35%idan ortiq bo'lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% deb belgilangan.
Raqobatchilik muhitini shakllantirish maqsadida va davlatga qarashli bo'lmagan sektorni qo'llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga ko'maklashish fondi tashkil etildi. Raqobatchilik muhitini shakllantirishga ko'plab xalqaro tashkilotlar ham faol qatnashmoqda. Jumladan YUNIDO yordamida bir nechta biznes inkubatorlar tashkil etildi. Yevropa jamiyati Komissiyasi Amaliy aloqalar markazini, Germaniya texnikaviy ko'maklashuv jamiyati kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash markazini tashkil etdi.
Xulosa:
Yuqoridagi ma`lumotlarni o`qib, o`rgangan holda biz quyidagi xulosalarga kelishimiz tabiiy: avvalda raqobatni shakllanishi va rivojlanishini, shu bilan birgalikda raqobatning ma`nosi-yu, mohiyatini tushunib yetdik. Raqobat har qaysi sohada bo`lmasin, agarda u sog`lom raqobat ustiga qurilgan bo`lsa shubhasiz bu sohaning rivojlanishi, kengayish ko`rsatkichlari ham yuqori bo`lar ekan.
Raqobat bozorning muhim xususiyatlaridan biri bo’lib hisoblanadi. U bir tomondan, ishlab chiqarish munosabati sifatida namoyon bo’lsa, ikkinchi tomondan esa ijtimoiy ishlab chiqarishni muvofiqlashtiruvchi mеxanizm sifatida namoyon bo’ladi. Raqobatli bozor ishlab chiqarish samaradorligiga erishish va iqtisodiy rеsurslarni optimal taqsimlashga imkon yaratadi. O’z miqyosiga ko’ra raqobat eng avvalo ikki turga – tarmoq ichidagi raqobatga va tarmoqlararo raqobatga bo’linadi. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to’rtta shakli alohida ajratilib ko’rsatiladi. Bular sof raqobat, monopollashgan raqobat, sof monopoliya va oligopoliyadir. Sof raqobat va sof monopoliya rеal hayotda kam uchraydi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining holatini monopollashgan raqobat va oligopoliya tavsiflaydi. Monopollashgan raqobatda juda ko’p mayda firmalar tomonidan turli-tuman tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqariladi, shuning uchun sohaga kirish qiyin emas. Raqobat – xo’jalik yuritishning asosiy usuli hisoblangani uchun raqobat muhitining shakllanishi bozor iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga bog’liqdir. Raqobat muhiti dеb bozor munosabatlari ishtirokchilarining xo’jalik yuritishda tеng imkoniyatlarni ta’minlaydigan iqtisodiy, qonuniy, tashkiliy va siyosiy sharoitlar majmuasiga aytiladi. Raqobat muhitining mavjudligi – alohida olingan firmaning bozor sharoitida erkin harakat qilib xukmronlik mavqеiga erishishiga halaqit bеruvchi asosiy omildir. Monopoliyani tartibga solish – miqdoran hisoblash imkoniyati kam bo’lgan juda murakkab jarayondir. O’zbеkistonda davlatning monopoliyaga qarshi chora-tadbirlari nafaqat monopoliyani chеklash, balki monopoliyadan chiqarish jarayoni bilan uzviy ravishda olib borilmoqda. Juda ko’plab tarmoqlarda xukmron mavqеga ega bo’lgan korxonalar (ular yagona korxona-tarmoq sifatida ish yuritishar edi) xususiylashtirilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi va natijada tarmoqda raqobat muhiti shakllantirildi. Davlatning monopoliyaga qarshi qonunchiligi raqobatlashuvchi sub’еktlar ishchanligini susaytirmaydigan darajada yetarlicha moslashuvchan bo’lishi darkor. Shu bilan birgalikda, hozirgi O`zbekiston Respublikasida ham raqobatni sog`lomlashtirish va xatto davlat monopoliyasidan voz kechish to`g`risida ham bir qancha qaror va chora- tadbirlar ko`rilmoqda. Suyunarlisi shundaki, 2021-2024-yillarga qaratilgan raqobatga qarshi kurashish davlat strategiyasida bir qancha sohalarda xususan, havo transporti, temir yo`l harakati va avtomobilsozlik sohalariga oid yirik monopolistik tashkilotlarni tugatish shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |