180
Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra quyidagilar insofsiz raqobat
hisoblanadi:
–
notoʻgʻri taqqoslash, ya’ni qiyosiy
reklama talablarini buzish
(“
comparative advertising
”);
–
intellektual
faoliyat
natijalari
va
ularga
tenglashtirilgan
individuallashtirish
vositalaridan
noqonuniy
foydalanish
(“
infringement
”);
isteʼmolchilarni
chalgʻitish
(“
misleading
advertising
”);
–
individuallashtirish
vositalarini
takrorlash
(“
likelihood
of
confusion
”);
–
nusxa koʻchirish orqali qalbakilashtirish (“
dilution
”);
–
tijorat siri egasining roziligisiz foydalanish.
Insofsiz raqobatni tartibga solish xususiyati shundan iboratki, bunda
harakatlar intellektual mulk huquqining obyektlari bilan ham bevosita
bogʻliq. Bu borada insofsiz raqobatning qaysi hollarda raqobat huquqi va
qaysi hollarda intellektual mulk huquqi bilan tartibga
solinishini ajratish
huquqshunoslar uchun muhim.
–
Intellektual mulk huquqi obyektlarining huquqiy maqomi intellektual
mulk huquqi bilan belgilansa, ulardan qonunga xilof ravishda foydalanish
bilan bogʻliq munosabatlar raqobat huquqi bilan tartibga solinadi. Masalan,
tovar belgisini qalbakilashtirish, tijorat siri egasining roziligisiz
foydalanish yoki uni oshkor etish shular jumlasidandir.
Bunday
harakatlarni tartibga solish doirasi kengayganligi uchun ham hozirgi kunga
kelib Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar (masalan, Germaniya)da insofsiz
raqobatga oid munosabatlar maxsus “Insofsiz raqobat toʻgʻrisida”gi qonun
(“Unfair Competition Law”) bilan tartibga solinadi.
Shuningdek, Oʻzbekiston qonunchiligida bozorga kirishga toʻsqinlik
qilish ham insofsiz raqobat harakati sifatida koʻrsatilgan boʻlib, aslida bu
holat rivojlangan davlatlar (AQSH, Germaniya, Yaponiya) qonunchiligida
insofsiz raqobat koʻrinishi emas, balki insofsiz savdo amaliyoti
hisoblanadi.
Yaʼni bugungi kunda insofsiz raqobat doirasi yanada kengayib, AQSH
va Yaponiya davlatlarida “Unfair Trade Practices” (“Insofsiz
savdo
amaliyoti”) deb yuritilmoqda. Amaliyot deganda turli usullar tushunilib,
uning doirasiga Oʻzbekiston qonunchiligida sanab oʻtilgan harakatlardan
tashqari “iqtisodiy boykot” (“
boycott
”), “tovarni isteʼmolchiga majburlab
181
sotish” (“
unreasonable coercion of consumers
”), “mutlaq
dilerlik
kelishuvi” (“
exclusive dealing agreement
”) kabi harakatlar kiritilgan.
Insofsiz raqobatning keng tarqalgan ko‘rinishlaridan biri notoʻgʻri
(chalgʻituvchi) reklama hisoblanadi. Chunki reklama beruvchi har doim
ham oʻz mahsuloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni reklamada qoʻyilgan
talablar doirasidan kelib chiqqan holda belgilamaydi. Natijada mahsulotni
xarid qilgan isteʼmolchining moddiy va ma’naviy zarar koʻrishiga olib
keladi.
Oʻzbekiston Respublikasining reklama qonunchiligiga muvofiq
notoʻgʻri reklama oʻzining noaniqligi, ikki xil ma’noni anglatishi, boʻrttirib
yuborilishi, uni tarqatish vaqti, joyi va usuliga nisbatan qoʻyilgan va qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarning buzilishida namoyon
bo‘ladi.
hisoblanadi.
Nnatijada
reklamadan
foydalanuvchilarni
chalgʻituvchi yoki chalgʻitishi mumkin boʻlgan ma’lumotlar shaxslarga,
shuningdek, davlatga zarar va ma’naviy zarar yetkazishi mumkin.
Yuqoridagi ushbu ta’rifdan
kelib chiqib, reklamani “notoʻgʻri
reklama” deb baho berish uchun quyidagi mezonlar mavjud boʻlishi kerak:
Do'stlaringiz bilan baham: