7.
MAVZU. BOSHLANG‘ICH NARXNI PASAYTIRISH UCHUN
O‘TKAZILADIGAN AUKSION
REJA:
1.
Boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksionning
mohiyati va uni o‘tkazish mezonlari
2.
Elektron auksionda ro‘yxatdan o‘tish tartibi
3.
Elektron auksionda savdo mexanizmi
4.
Elektron auksionda to‘lovni o‘tkazish va shartnoma shartlarini
bajarilish tartibi
Tayanch so’z va iboralar
Boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion tushunchasi.
Auksion savdolarining afzalliklari. Auksionni o‘tkazish mezonlari. Auksion
o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon. Auksionni o‘tkazish tartibi. Auksion natijalari
bo‘yicha shartnoma tuzish va ijro etish tartibi.
1.
Boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksionning mohiyati
va uni o‘tkazish mezonlari
Boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion davlat
xaridlarining raqobatli usuli bo‘lib, uni tashkil etishda narx ishtirokchini tanlashning
yagona mezoni bo‘ladi va bunda mazkur norma tovarlarni belgilangan sifat
standartlariga muvofiq holda etkazib berish talabini bekor qilmaydi.
Tovarni e’londa bayon etilgan shartlar asosida eng past narx bo‘yicha etkazib
berishni taklif qilgan ishtirokchi auksionning g‘olibi bo‘ladi.
Auksionni o‘tkazish mezonlari.
Auksion vositasidagi davlat xaridi quyidagi
shartlar bir vaqtning o‘zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:
tovarning standart xususiyatlarga ega bo‘lishi;
114
tovarning texnik, ekspluatatsiya qilinish xususiyatlarini va boshqa
xususiyatlarini baholash hamda taqqoslash zaruratining mavjud emasligi;
xizmatlarning, ishlarning davlat xaridi ob’ekti bo‘lmasligi;
tovarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash
miqdorining besh ming baravaridan kam bo‘lishi. Byudjet buyurtmachilari uchun
auksiondagi davlat xaridlari bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash
miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Auksion faqat elektron shaklda o‘tkaziladi. Auksionda ishtirok etish uchun
davlat buyurtmachisi maxsus axborot portaliga e’lon joylashtiradi.
Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon auksion amalga oshirilishidan kamida
o‘n kun avval joylashtirilishi kerak.
Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi
kerak:
davlat buyurtmachisining nomi va manzili;
auksionning birinchi va oxirgi kuni (auksion o‘tkaziladigan davr);
auksion predmetining boshlang‘ich narxi;
auksion predmetining xususiyatlari (auksion predmetining tasnifi);
auksion predmetini lotlar bo‘yicha bo‘lib chiqish va har bir lotning
hajmi;
tovarlarni etkazib berish muddatlari va shartlari;
tovarlar etkazib beriladigan joy (manzil);
litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning mavjudligi
haqida talab (zarur bo‘lganda);
tovarning o‘ziga xos xususiy parametrlarini ifodalovchi alohida
shartlar.
Auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonning va davlat buyurtmachisi
buyurtmanomasining matniga auksion predmetiga taalluqli bo‘lmagan va
ishtirokchilar o‘rtasida raqobatni cheklaydigan talablarni kiritish taqiqlanadi.
115
Maxsus axborot portaliga joylashtirilgan auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi
e’lon avtomatik ravishda buyurtmachining buyurtmanomasi etib o‘zgartiriladi.
Auksion maxsus axborot portalida boshlang‘ich narxni qadam-baqadam pasaytirish
yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Auksionni o‘tkazish, kiritilgan ta’minot summasiga muvofiq har bir lot
bo‘yicha auksiondan foydalanish, auksion g‘oliblarini aniqlash, bitimni ro‘yxatdan
o‘tkazish va shartnomani shakllantirish maxsus axborot portali tomonidan avtomatik
rejimda amalga oshiriladi.
Auksionni o‘tkazish chog‘ida ishtirokchilar auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi
e’lon chop etilgan kundan e’tiboran va u tamom bo‘ladigan paytga qadar butun
muddat ichida narx bo‘yicha takliflarni cheklanmagan miqdorda berishga haqli.
Ishtirokchilarning nomi va ular bilan bog‘lanishga doir ma’lumotlar auksion
g‘olibi aniqlanmaguniga qadar maxsus axborot portalida aks ettirilmaydi.
Auksion chog‘ida maxsus axborot portali ishtirokchilar tomonidan berilgan
takliflar orasidan eng past narx ko‘rsatilgan taklifni avtomatik ravishda tanlab oladi,
bu narx maxsus axborot portalida aks ettiriladi va auksionning barcha ishtirokchilari
—
davlat buyurtmachilari va ijrochilar uchun ochiq bo‘ladi.
Auksion tugaydigan vaqt kelganda maxsus axborot portali auksion
o‘tkazilgan vaqt davomida berilgan takliflar orasida eng past narxni taklif qilgan
taklifni avtomatik ravishda aniqlab oladi. Eng past narx ko‘rsatilgan taklifni bergan
ishtirokchi auksion g‘olibi sifatida maxsus axborot portali tomonidan saralab
olinadi. Ijrochining nomi maxsus axborot portalida aks ettirilib, ushbu tizim tuzilgan
bitimni
avtomatik
ravishda
qayd
etadi
va
davlat
buyurtmachisining
buyurtmanomasida bayon etilgan shartlarga muvofiq shartnomani shakllantiradi.
Agar auksionda bir nafar ishtirokchi ishtirok etgan bo‘lsa yoki hech kim
ishtirok etmagan bo‘lsa, auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi va g‘olib
aniqlanmaydi, davlat buyurtmachisi auksionni besh kunga uzaytiradi. Auksionni
uzaytirish avvalgi auksion tamom bo‘lgan paytdan e’tiboran uch kun ichida davlat
buyurtmachisi tomonidan amalga oshiriladi. Bunday holda, agar xarid qilish tartib-
taomili yakunlariga ko‘ra auksion o‘tkazilmagan deb topilgan bo‘lsa, davlat 116
buyurtmachisi auksionni uzaytirmay, Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomil
bo‘yicha tanlovni quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda o‘tkazishga haqli:
belgilangan davlat xaridlarining summalariga oid mezonlar amal qiladi;
tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon ishtirokchilarning takliflari qabul
qilinadigan muddatning tamom bo‘lish sanasidan kamida o‘n kun oldin davlat
buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga joylashtiriladi;
davlat xaridini amalga oshirish uchun kamida besh kishidan iborat
tarkibda xarid komissiyasi tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |