Har ikkala sayt bo‘yicha shaxsiy kabinetlar funktsional jihatdan o‘xshashdir.
Elektron auksionda ishtirok etish uchun zarur lotni topish kerak bo‘ladi.
Buning uchun shaxsiy kabinetning o‘ng tomon burchakdagi “Filtr ko‘rsatish”
tugmasi bosiladi va “Filtr” bo‘limiga o‘tiladi.
Zarur parametrlar kiritiladi va “Qidiruv” tugmasi bosiladi. Qidirishni quyidagi
parametrlar bo‘yicha amalga oshirish mumkin:
Lot raqami yoki nomi;
Tovar kategoriyasi
Ro‘yxatdan tovar tanlash
O‘rtacha summasi
Hudud
Tuman
Buyurtmachining STIR
Muddati
Auksionni o‘tkazish chog‘ida ishtirokchilar auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi
e’lon chop etilgan kundan e’tiboran va u tamom bo‘ladigan
paytga qadar butun
muddat ichida narx bo‘yicha takliflarni cheklanmagan miqdorda berishga haqli.
Auksion uni o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan muddatda (sana va
vaqt), biroq oxirgi taklif kelib tushgan vaqtdan so‘ng besh minutdan kam bo‘lmagan
vaqtda tugagan deb hisoblanadi.
Mazkur vaqt ichida yangi taklif berilgan taqdirda,
ishtirokchilardan
takliflarni qabul qilish muddati oxirgi taklif olingandan so‘ng yana besh minutga
uzaytiriladi.
Bunda, auksionning tugash muddati operatorning
ish kuni va ish vaqtiga
to‘g‘ri kelishi lozim.
Ishtirokchi o‘zi etkazib berishi mumkin bo‘lgan tovar bo‘yicha buyurtmalarni
qidirayotganda, tovarning etkazib berish shartlari,
uning spetsifikasi va
buyurtmachining alohida talablarini, albatta, ko‘zdan kechirishi lozim. Agar
ishtirokchi bu shartlarni bajara olmasa yoki tovar
belgilangan talablarga mos
kelmasa, u insofsizishtirokchilarningyagona reestriga kiritilishi mumkin.
Zarur lot tanlangandan so‘ng siz bevosita onlayn auksionda ishtirok etishingiz
mumkin.
Har ikki yo‘nalishda ham portalga joylashtirilgan lot 10 kun davomida faol
bo‘ladi. Shu vaqt mobaynida ishtirokchilar boshlang‘ich narxni 2%
miqdorda
bosqichma-bosqich pasaytirib borish yo‘li bilan narx taklif qiladilar.
Ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narx boshlang‘ich narxdan 15% va
undan past miqdorda bo‘lsa, boshlang‘ich va taklif etilgan narx o‘rtasidagi farq
qilayotgan qiymatda qo‘shimcha zakalat kiritilishi talab etiladi.
Auksion yakunida elektron tizim avtomatik tarzda eng past miqdorda berilgan
narx egasini auksion g‘olibi, deb topadi.
Auksionni yakunlanish muddati faqat birjaning ish kunlari va vaqtlariga
to‘g‘ri keladi.
Auksion natijasiga ko‘ra buyurtmachi va etkazib
beruvchining shaxsiy
kabinetida elektron shaklda shartnoma shakllanadi. Buyurtmachi va ishtirokchi
o‘rtasida elektron raqamli imzo yordamida tuzilgan
shartnoma haqiqiy deb
hisoblanadi
Agar auksionda bir ishtirokchi yoki umuman hech kim ishtirok etmasa,
auksion o‘tkazilmagan, deb hisoblanadi. Bunday hollarda buyurtmachi 3 kun ichida
auksionni 5 kunga uzaytiradi.Bu holatda ham savdo bo‘lib o‘tmasa, buyurtmachi 10
kunlik tanlov o‘tkazishi kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: