Amaldagi versiyaga o‘tish



Download 483,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/57
Sana28.04.2022
Hajmi483,61 Kb.
#587700
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
18-сон 12.01.2022. Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida



Hujjat 13.01.2022 sanasi holatiga
 
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
ELEKTRON ONLAYN-AUKSION VA TANLOVLARNI TASHKIL ETISH HAMDA O‘TKAZISH TARTIBINI
TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
“Shartnomaviy 
munosabatlarni 
tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 14-sentabrdagi PF-6313-son 
Farmoni 
va
“Elektron onlayn-auksionni o‘tkazish tartibini soddalashtirish, uning shaffofligini oshirish hamda
ishtirokchilar huquqlarining ishonchli himoyasini kafolatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-
iyuldagi PQ-5197-son 
qarori 
ijrosini ta’minlash, shuningdek, elektron onlayn-auksion va tanlovlarni
tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-
auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 
1-ilovaga 
muvofiq
tasdiqlansin:
elektron onlayn-auksion o‘tkazilishi haqidagi xabarni e’lon qilish, uni o‘tkazish, o‘tkazilmagan
deb hisoblash va takroriy auksionni o‘tkazish, elektron onlayn-auksion bo‘yicha hisob-kitob qilish
hamda uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi;
sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari ijrosini ta’minlashda xatlangan mol-mulkni,
shuningdek, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini “E-auksion” elektron savdo
platformasida sotish tartibining o‘ziga xos xususiyatlari;
elektron tanlov o‘tkazilishi haqidagi xabarni e’lon qilish, uni o‘tkazish, o‘tkazilmagan deb
hisoblash va takroriy tanlovni o‘tkazish, tanlov natijalarini rasmiylashtirish va hisob-kitob qilish
tartibi;
lotni elektron onlayn-auksiondan (tanlovdan) qaytarib olish tartibi va muddatlari.
2. “E-auksion” elektron savdo platformasiga integratsiya qilinadigan manfaatdor vazirliklar,
idoralar va tashkilotlar ro‘yxati 
2-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
a) bir oy muddatda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
bilan birgalikda 
2-ilovadagi 
vazirliklar, idoralar va tashkilotlar o‘rtasida savdo obyektlari, ishtirokchilar
hamda jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan almashish bo‘yicha amaliy choralar rejasini
tasdiqlasin;
b) ikki oy muddatda:
ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda “E-auksion” elektron savdo platformasini auditdan
o‘tkazish, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarining samaradorligini oshirish
(“forenzik”) bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda “E-auksion” elektron savdo
platformasini chet ellik investorlar orasida ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini
tasdiqlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy
hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 
3-ilovaga 
muvofiq ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy
taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.

Download 483,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish