savdo platformasida lot qiymati to‘liq to‘lanishi talab etilmaydigan auksion (tanlov)
obyektlari — qonunchilik hujjatlariga muvofiq obyekt qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lash mexanizmi orqali
va/yoki auksion (tanlov) g‘olibi va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan to‘lanishi
belgilangan auksion (tanlov) obyektlari;
savdo platformasidagi texnik uzilish — auksion yoki tanlov jarayonida bir yoki bir nechta
ishtirokchining qatnashishini yoki mazkur Nizom talablari asosida operatorning xizmat ko‘rsatish
imkoniyatini cheklaydigan savdo platformasidagi texnik nosozliklar.
3. Auksion yoki tanlov ochiq yoxud yopiq shaklda o‘tkazilishi mumkin.
Yopiq auksion yoki tanlovda savdo platformasi orqali taqdim etilgan ro‘yxatda mavjud yuridik
va jismoniy shaxslar ishtirok etish huquqiga ega.
Davlatga va ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar,
shuningdek, ustav fondining 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat
ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan mol-mulk, yer uchastkalari hamda ularga tegishli
bo‘lgan huquqlar bo‘yicha auksion yoki tanlovning yopiq shaklda o‘tkazilishi buyurtmachi
tomonidan Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshiriladi va buyurtmada ko‘rsatiladi.
Yopiq auksion yoki tanlovni o‘tkazishda buyurtmachi ruxsat etilgan yuridik va jismoniy
shaxslarning ma’lumotlarini (ularning ro‘yxati, shaxsiy ma’lumotlari, yashash hududi va boshqalar)
oldindan buyurtmada ko‘rsatadi.
Yopiq auksion yoki tanlovga taklif etilgan shaxslar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagani
yoxud yopiq auksion yoki tanlov savdolariga oid ma’lumotlar bilan tanishib chiqmaganligi uchun
operator javobgar hisoblanmaydi.
Yopiq auksion yoki tanlov ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy tartib-taomillarga
asosan o‘tkaziladi.
4. Savdo platformasida auksion yoki tanlov buyurtmachining buyurtmasi asosida operator
tomonidan mazkur Nizomga muvofiq tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
Operator buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan auksion yoki tanlov obyekti bo‘yicha
ma’lumot va hujjatlar yuzasidan javobgar hisoblanmaydi.
Operator buyurtmachi va ishtirokchilarning shartnomada (ofertada) belgilangan shaxsiy
ma’lumotlari saqlanishini va ularning maxfiyligini ta’minlaydi.
Operator savdo platformasida auksion yoki tanlovni tashkil etish va o‘tkazishda buyurtmachi
tomonidan taqdim etiladigan auksion yoki tanlov obyekti bo‘yicha ma’lumot va hujjatlarning shakli
hamda sifati bo‘yicha talablarni belgilash, shuningdek, ma’lumot va hujjatlar talab darajasida
taqdim etilmagan auksion yoki tanlov obyektini savdo platformasida savdoga chiqarmaslik va
bartaraf etilishi kerak bo‘lgan kamchiliklarni ko‘rsatgan holda, operator elektron buyurtmani olgan
kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay qaytarib yuborish huquqiga ega.
5. Savdo platformasida auksion yoki tanlovni tashkil etish hamda o‘tkazishda operator
quyidagi majburiyatlarga ega:
auksion yoki tanlovni belgilangan vaqtda tashkil etish;
auksion yoki tanlovning inson omili aralashuvisiz dasturiy ta’minot vositasida o‘tkazilishini
ta’minlash;
dasturiy mahsulotlar, kompyuter texnikalari, server qurilmalari, kommunikatsiya
uskunalarining sifatli ishlashini ta’minlash;
auksion yoki tanlovni o‘tkazish tartibi buzilishining oldini olish hamda bunday holatlarni
aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko‘rish;
savdo platformasida barcha ishtirokchilar uchun auksion yoki tanlovda qatnashishda
imkoniyatlar tengligini ta’minlash, yopiq auksion va tanlov bundan mustasno;
auksion yoki tanlov yakunlanishi bilan ular to‘g‘risidagi axborot e’lon qilinishini ta’minlash;
auksion yoki tanlov ishtirokchilari va boshqa shaxslar uchun auksionga hamda tanlovga oid
ma’lumotlarni qulay va tezkor ravishda doimiy oshkor etib borish;
elektron hujjatlarga, elektron xabarlarga, buyurtmachi va ishtirokchilarning shaxsiy
ma’lumotlariga ruxsatsiz kirishdan himoyalash choralarini ko‘rish;
elektron hujjatlar, ma’lumotlar va elektron xabarlarni uchinchi shaxslarga bermaslik,
qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
axborot tizimlaridagi mavjud bo‘lgan axborotlar hamda buyurtmachi va ishtirokchilarning
ma’lumotlari maxfiyligini ta’minlash, mazkur Nizomning
30
va
80-bandlarida
belgilangan
ma’lumotlar bundan mustasno;
o‘z savdo platformasida savdoga qo‘yilgan barcha lotlar to‘g‘risidagi ma’lumotni, jumladan,
ularning maydoni, joylashuvi, narxi va boshqa parametrlar bo‘yicha filtrlagan holda,
foydalanuvchilar uchun qulay formatlarda ko‘rish va lotlar reyestri ko‘rinishida umumiy
foydalaniladigan va mashinada o‘qiladigan formatlarda yuklab olishni ta’minlash;
o‘tkazilgan savdolarga oid barcha ma’lumotlarni (ishtirokchilarning shaxsini oshkor qilmagan
holda) o‘zining savdo platformasida kunlik tarzda va muntazam (haftalik, oylik va choraklik)
davriylik bilan bitimlar reyestri ko‘rinishida umumiy foydalaniladigan va mashinada o‘qiladigan
formatlarda yuklab olish imkoniyatini yaratish;
foydalanuvchilar savdo platformasi yanada qulayroq ishlashi borasida o‘z fikrlarini erkin va
oshkora bildirishi uchun onlayn chat va ushbu maqsadlarda keng foydalaniladigan boshqa
servislar va imkoniyatlar doimiy ishlashini ta’minlash;
aholi va tadbirkorlarni ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek, boshqa usullarda
savdolarda ishtirok etish tartibi haqida muntazam tanishtirib borish.
Operatorga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Operator auksion yoki tanlov natijalari deb e’tirof etiladigan elektron bayonnoma (keyingi
o‘rinlarda — bayonnoma) asosida tuzilgan (tuziladigan) shartnomalarda taraf hisoblanmaydi
hamda bunday shartnomalarni rasmiylashtirishda ishtirok etmaydi.
6. Buyurtmachi va talabgor savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tadi.
Savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tishda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya
raqami, zakalatni qaytarish uchun bank hisobvarag‘i rekvizitlari (yoki bank plastik kartasi
ma’lumotlari), bog‘lanish uchun ma’lumotlar (yashash manzili, shu jumladan, elektron pochta
manzili, mobil telefon raqami);
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — yashash guvohnomasi ma’lumotlari, bankdagi hisobvarag‘i
rekvizitlari (yoki bank plastik karta ma’lumotlari), bog‘lanish uchun ma’lumotlar (yashash manzili,
shu jumladan, elektron pochta manzili, mobil telefon raqami);
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari uchun
— pasport (identifikatsiya ID-kartasi) ma’lumotlari, bankdagi hisobvarag‘i rekvizitlari (yoki bank
plastik karta ma’lumotlari), bog‘lanish uchun ma’lumotlar (yashash manzili, shu jumladan, elektron
pochta manzili, mobil telefon raqami, yashash (ro‘yxatdan o‘tgan) manzili);
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblangan yuridik shaxslar, yuridik shaxs
hisoblanmaydigan tadbirkorlik subyektlari uchun — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami,
bankdagi hisobvarag‘i rekvizitlari, bog‘lanish uchun ma’lumotlar (pochta manzili, shu jumladan,
elektron pochta manzili, mobil telefon raqami);
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar uchun — ro‘yxatdan o‘tganlik
to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlari, rahbarining pasport ma’lumotlari, bankdagi hisobvarag‘i
rekvizitlari, bog‘lanish uchun ma’lumotlar (pochta manzili, shu jumladan, elektron pochta manzili,
mobil telefon raqami, ro‘yxatdan o‘tgan manzili).
Ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlar to‘ldirilgandan so‘ng shaxsni identifikatsiyalash elektron
raqamli imzo (keyingi o‘rinlarda — ERI) asosida amalga oshiriladi.
Talabgor va buyurtmachi identifikatsiyalash jarayonida auksion yoki tanlovni o‘tkazish tartibi
bilan tanishgani, savdo platformasining o‘ziga xos jihatlari va tartib-taomillarini qabul qilganligi
yuzasidan operator bilan elektron savdolarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha elektron shartnoma
(oferta)ni ERI orqali imzolaydi hamda ushbu shartnomalar operator tomonidan ro‘yxatga olib
boriladi.
Savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tmagan (identifikatsiya qilinmagan) shaxs auksion yoki
tanlov o‘tkazish uchun buyurtma bera olmaydi va ishtirok eta olmaydi.
7. Ro‘yxatdan o‘tgan buyurtmachi va talabgorga savdo platformasida shaxsiy kabinet ochiladi.
8. Buyurtmachi va operator o‘rtasida ushbu Nizom talablaridan kelib chiqib, auksion yoki
tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik reglamenti imzolanishi mumkin.
Bunda buyurtmachilar, davlatga tegishli bo‘lgan mol-mulk, yer uchastkalari hamda ularga
tegishli bo‘lgan huquqlarni savdolarga chiqaruvchi buyurtmachilar bundan mustasno, o‘ziga
tegishli bo‘lgan mulk yoki huquqni sotish (ijaraga berish) bo‘yicha auksion yoki tanlovni o‘tkazib
berish yuzasidan operator bilan o‘zaro kelishilgan shartlar asosida shartnoma tuzishi mumkin.
Buyurtmachi o‘zi savdoga chiqargan mol-mulk bo‘yicha auksion yoki tanlov savdolarida
ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Operator tomonidan buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan savdolarni tashkil etish
uchun hujjatlarni elektron shaklda yig‘ish va texnik baholashdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi
mumkin.
9. Auksion yoki tanlovda uning talablari, turi va shaklidan kelib chiqib, jismoniy va yuridik
shaxslar ishtirokchi bo‘lishi mumkin.
10. Ishtirokchi auksion yoki tanlovda qatnashishga, lotlar haqidagi ma’lumot va hujjatlar bilan
tanishish, buyurtmachidan qo‘shimcha ma’lumotlar so‘rab olish, auksion yoki tanlov obyektini
joyiga chiqib ko‘zdan kechirish, obyektga tegishli hujjatlar bilan oldindan to‘liq tanishish, bank
hisobvarag‘idan foydalanilmay qolgan pul mablag‘larini olishga haqli.
11. Savdolar o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnoma e’lon qilingan vaqtdan boshlab operator
barcha istagan shaxslarning savdo platformasida joylashtirilib, sotiladigan (ijaraga beriladigan)
auksion (tanlov) obyekti haqidagi ma’lumotga, buyurtmachi yoki balansda saqlovchi esa — sotib
olish (ijaraga berish) istagi bo‘lgan shaxslarning sotiladigan (ijaraga beriladigan) auksion (tanlov)
obyektiga erkin kirish imkoniyatini ta’minlaydi.
12. Auksion yoki tanlovda qatnashish uchun talabgorning arizasi xabarnoma
joylashtirilgandan boshlab auksion yoki tanlov o‘tkazilishi belgilangan kunda soat 9-00 ga (GMT+5)
qadar savdo platformasi orqali avtomatik tarzda qabul qilinadi.
13. Tanlov obyektining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, talabgor tomonidan ariza
elektron ko‘rinishda to‘ldiriladi va yuboriladi.
14. Talabgor savdo platformasida ochilgan hisobvarag‘iga xabarnomada ko‘rsatilgan zakalat
miqdoridan kam bo‘lmagan mablag‘ni kiritgan holda auksion yoki tanlovda qatnashish uchun
ariza beradi.
Bunda zakalat bazaviy hisoblash miqdoriga (keyingi o‘rinlarda — BHM) nisbatan quyidagicha
belgilanadi (ushbu Nizomning
53
va
67-bandlarida
belgilangan zakalat miqdori bundan mustasno):
a) auksion obyektining boshlang‘ich narxi BHMning 100 baravarigacha bo‘lganda —
boshlang‘ich narxning 15 foizi miqdorida;
b) auksion obyektining boshlang‘ich narxi BHMning 100 baravariga teng yoki undan yuqori,
lekin BHMning 1 000 baravarigacha bo‘lganda — boshlang‘ich narxning 10 foizi miqdorida;
v) auksion obyektining boshlang‘ich narxi BHMning 1 000 baravariga teng yoki undan yuqori
bo‘lganda — boshlang‘ich narxning 5 foizi miqdorida;
g) tanlov obyekti uchun:
asosiy mezon sifatida investitsiya, ijtimoiy va shunga o‘xshash boshqa majburiyatlar nazarda
tutilgan hollarda — BHMning 5 baravari;
sotilish narxi nazarda tutilgan hollarda — mazkur bandning
“a” — “g” kichik bandlarida
belgilangan tartibda.
Nizom talablari doirasida BHMning inobatga olinishi xabarnoma e’lon qilingan kundagi
miqdorida amalga oshiriladi.
Talabgor arizasi belgilangan talablarga muvofiq kelganda, operator avtomatik ravishda
auksion yoki tanlovda qatnashish uchun ruxsat beradi hamda bu haqda talabgorni xabardor qiladi.
Xabardor qilish uning shaxsiy kabineti va/yoki elektron pochta manziliga (mobil telefon raqamiga)
xabarni yuborish orqali amalga oshiriladi.
Har bir ishtirokchiga auksion yoki tanlovda qatnashish va shaxsni oshkor etuvchi
ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlash uchun maxsus raqam beriladi.
15. Talabgorning hisobvarag‘ida zakalat puli uchun yetarli mablag‘ mavjud bo‘lmagan
taqdirda, operator avtomatik ravishda bu haqda talabgorni savdo platformasi orqali xabardor
qiladi.
Talabgor xabar bilan o‘z vaqtida tanishmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.
16. Auksion yoki tanlovda ishtirokchi o‘z arizasini qabul qilish uchun belgilangan vaqt oralig‘ida
chaqirib olishga va zaruratga qarab, unga o‘zgartirish kiritgan holda takroran yuborishga haqli.
Ishtirokchi tomonidan ariza chaqirib olingan taqdirda, operatorga xabarnoma yuborilishi
hamda ishtirokchining so‘roviga ko‘ra zakalat summasi ishtirokchining bankdagi hisobvarag‘iga
(plastik kartasiga) qaytarilishi savdo platformasi orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
17. Arizani qabul qilish uchun belgilangan vaqt tugagandan so‘ng auksion yakunlangunga
qadar ishtirokchining arizasi va kiritgan zakalati qaytarib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
18. Savdo platformasida auksion yoki tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish ushbu Nizomga
1-ilovaga
muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |