mumkin.
Bunda chet el valyutasida to‘langan to‘lovlar operatorning maxsus hisobvarag‘ida saqlanadi
va to‘lov amalga oshirilgan kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan valyuta
operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish,
shuningdek,
bojxona va boshqa majburiy to‘lovlar uchun belgilangan chet el valyutalarining so‘mga nisbatan
qiymatida hisobga olinadi.
45. Operator mazkur Nizomda belgilangan tartibda bayonnomani QR-kod (matrik shtrixli
kod) bilan rasmiylashtiradi.
Auksion natijalari bo‘yicha bayonnoma mazkur Nizomga
2-ilovadagi
namunaviy
shaklga
muvofiq rasmiylashtiriladi.
Bayonnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
auksion sanasi;
bayonnoma rasmiylashtirilgan sana;
lotning boshlang‘ich va sotilgan narxlari;
auksion g‘olibi haqida ma’lumotlar;
qonunchilikda taqiqlanmagan hamda ushbu Nizomda belgilangan boshqa ma’lumotlar;
lotga oid axborot.
Bayonnoma auksion g‘olibi va buyurtmachining shaxsiy kabinetlariga hamda zarur hollarda
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga elektron shaklda yuboriladi.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bo‘yicha auksion g‘olibi nomiga
rasmiylashtirilgan bayonnoma elektron almashinuv tizimi orqali kadastr, bank, notarial idoralar va
majburiy ijro bo‘limlariga yuboriladi hamda ushbu bayonnomaga asosan yutib olingan mol-mulkka
egalik qilish huquqi avtomatik ravishda rasmiylashtiriladi.
46. Bayonnoma oldi-sotdi shartnomasi kuchiga ega bo‘lib, mulk va mulkiy huquqni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hamda oldi-sotdi (ijara) shartnomasi tuzish uchun asos hisoblanadi.
Buyurtmachilar tomonidan avtotransport vositalarini elektron savdo platformasidagi
elektron
onlayn-auksion yo‘li bilan ijaraga berish natijasiga ko‘ra rasmiylashtirilgan bayonnoma ijara
shartnomasi kuchiga ega bo‘ladi. Bunda shartnomalarni notarial tasdiqlash talab etilmaydi.
47. Bayonnoma operator tomonidan yuritiladigan auksion natijalari to‘g‘risidagi elektron
bayonnomalar reyestriga avtomatik tarzda kiritiladi.
Bayonnomadagi QR-kod (matrik shtrixli kod) takrorlanmas bo‘lib, uning ichiga auksion
natijalari to‘g‘risidagi elektron bayonnomalar reyestriga Internet tarmog‘i orqali havola
joylashtiriladi.
Bayonnoma auksion natijalari to‘g‘risidagi elektron bayonnomalar reyestriga kiritilgan bo‘lsa,
haqiqiy hisoblanadi.
Auksion g‘olibining so‘rov xatiga ko‘ra bayonnoma qog‘oz shaklida chop etilib, operatorning
muhri bosilgan holda unga taqdim etilishi yoki pochta orqali yuborilishi mumkin.
48. Zakalat puli auksion ishtirokchisining savdo platformasidagi shaxsiy hisobvarag‘iga kirim
qilinadi, bunda uning so‘roviga ko‘ra bankdagi hisobvarag‘iga (plastik kartasiga) auksion
yakunlangan deb topilgan kundan so‘ng quyidagi tartibda qaytariladi:
auksionning salohiyatli g‘olibiga — auksion yakunlangandan so‘ng
mazkur Nizomning
33-
bandiga
ko‘ra g‘olib tomonidan oldi-sotdi (ijara) shartnomasi rasmiylashtirilgandan keyin yoki
44-
bandiga
ko‘ra g‘olib tomonidan obyekt qiymati to‘langandan boshlab uch ish kuni ichida;
qolgan ishtirokchilarga — auksion yakunlangan yoki o‘tkazilmagan deb topilgan kundan
boshlab uch ish kuni ichida.
Auksion ishtirokchisiga zakalat puli qaytarilganda, bank hisobvarag‘i (plastik karta raqamlari)
noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra to‘lov operatorning bank hisobvarag‘iga
qaytib tushgan hollarda, operator auksion ishtirokchisini bu haqda savdo platformasi orqali
ogohlantiradi. Bunda zakalat puli auksion ishtirokchisining shaxsiy hisobvarag‘iga biriktiriladi.
Ishtirokchi bank hisobvarag‘i (plastik karta raqami) to‘g‘ri ko‘rsatilgan
holda zakalat pullarini
qaytarish bo‘yicha so‘rov yuborishi mumkin.
Auksion natijalari bo‘yicha pul mablag‘lari operatorning maxsus hisobvarag‘ida yig‘iladi va
auksion g‘olibi (xaridor) tomonidan obyekt qabul qilinganligi tasdiqlangandan so‘ng
buyurtmachining bank hisobvarag‘iga operator xizmat haqi ushlab qolingan holda o‘tkaziladi.
49. Operator auksionni tashkil etish va o‘tkazish xizmatlari uchun obyektning sotilgan
qiymatidan bir foiz miqdorida xizmat haqi oladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar
Mahkamasi qarorlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Bunda
operator xizmat haqi sotib olish (ijara) to‘lovlari miqdoriga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: