Bunda lotning eng past narxi auksion obyekti baholangan qiymatining 80 foizi miqdorida,
garov bilan ta’minlangan qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha esa — auksion
obyekti baholangan qiymatining 90 foizi miqdorida belgilanadi.
Auksion qadami auksion obyekti baholangan qiymatining 2 foizi miqdorida belgilanadi.
58. Takroriy auksion lotni boshlang‘ich narxdan bitta qadamga tushirilgan narxda sotib olish
(ijaraga olish) bo‘yicha taklifni tasdiqlashni auksion ishtirokchilaridan so‘rashdan boshlanadi.
Agar lot narxi bir qadamga tushirilgandan keyin yigirma
daqiqa davomida auksion
ishtirokchilaridan biri lotni tushirilgan narxda sotib olish (ijaraga olish) bo‘yicha taklifni
tasdiqlamasa, lot narxi belgilangan qadamga yana tushiriladi, taklifni tasdiqlash uchun vaqt esa
keyingi yigirma daqiqaga uzaytiriladi. Bunda boshlang‘ich
narx belgilangan qadamga
ishtirokchilardan biri lot narxi to‘g‘risidagi taklifni tasdiqlaguniga qadar eng past narxgacha
tushirib boriladi.
Agar ishtirokchilarning biri taklif qilingan lot narxini tasdiqlasa, auksionning qolgan
ishtirokchilariga uning boshlang‘ich narxidan 2 foizga oshirilgan lot narxini tasdiqlash taklif etiladi.
Bunda lot narxi haqidagi keyingi taklifni tasdiqlash vaqti o‘n daqiqaga uzaytiriladi.
Oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab o‘n daqiqa mobaynida ishtirokchilardan birontasi
tomonidan
keyingi taklif tasdiqlanmasa, auksion yakunlanadi. Lot narxi to‘g‘risidagi taklifni oxirgi
bo‘lib tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb topiladi.
Agar ishtirokchi tomonidan auksion o‘tkazish vaqti tugashiga o‘n daqiqadan kam qolganda,
lot narxini boshlang‘ich narxning 2 foizi miqdorida oshirish to‘g‘risidagi taklif tasdiqlansa, auksion
o‘tkazish muddati oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab o‘n daqiqaga uzaytiriladi. Lot narxini
boshlang‘ich narxning 2 foizi miqdorida oshirish to‘g‘risidagi har bir keyingi taklif auksion o‘tkazish
vaqtini o‘n daqiqaga uzaytiradi.
Agar oxirgi tasdiqlangan taklifdan so‘ng o‘n daqiqa mobaynida navbatdagi taklif
tasdiqlanmasa, auksion yakunlanadi va oxirgi taklifni tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb
topiladi.
59. Takroriy auksion o‘tkazilmagan deb hisoblangan taqdirda,
operator auksion obyektini
auksionga qo‘yishga buyurtma bergan davlat ijrochisini bu haqda xabardor qiladi hamda obyektni
auksiondan oladi, mazkur Nizomning
60-bandida
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
60. Davlat daromadiga (O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga) undiruvlarni nazarda
tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha auksion obyektini sotishda, shuningdek, ushbu Nizomning 37-bandi
“g” kichik bandida
nazarda tutilgan asosga ko‘ra takroriy auksion o‘tkazilmagan deb hisoblangan
taqdirda, auksion obyekti ushbu Nizomning 2-bob
5-paragrafida
belgilangan tartibda
o‘tkaziladigan takroriy auksionga qaytadan qo‘yiladi.
Bunda davlat daromadiga (O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga) undiruvlarni nazarda
tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha auksion obyektining baholangan qiymatining 50 foiziga yetguniga
qadar har bir qaytadan o‘tkazilgan takroriy auksionda eng past narx 5 foizga kamaytiriladi, mazkur
Nizomning 37-bandi
“g” kichik bandida
nazarda tutilgan asosga ko‘ra o‘tkazilmagan deb
hisoblanishi munosabati bilan qaytadan o‘tkazilgan takroriy auksionlar bundan mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: