1-AMALIY MASHG’ULOT: O’QISH VA YOZISH NUTQ
FAOLIYATINING TURI(2 SOAT)
Reja:
1.O’qish va yozish nutq faoliyatining turi ekanligi, o’zbek tilining tovush tuzilishi
va grafikasi haqida tushuncha.
2.O’qish va yozish jarayonida psixofiziologik tavsifnoma.
Mavzuga oid muammolar
1.Maktabda o’qitishning muvaffaqiyati savod o’rgatishning qanday tashkil
etilishiga bog’liq deyiladi? Sizningcha, o’qitishning muvaffaqiyati ya’na nimalarga
bog’liq?
2. O’qishni endi o’rganayotgan bolaning o’qish jarayoni nimalar bilan farqlanadi?
Savodxon kishining-chi/ Buni psixofiziologik tomondan qanday tahlil qilasiz?
1 – savol bo’yicha darsning maqsadi: talabalarga savod o’rgatish sining psixologik
va lingvistik asoslari haqida to’liq ma'lumot berish, ularga bilim, ko’nikma, malaka
hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.1.Savod o’rgatish sining psixologik va lingvistik asoslarini ta'riflaydilar.
1.2.O’zbek tilining tovush tuzilishi va grafikasini lotin yozuvi grafikasi bilan
taqqoslaydilar.
1- asosiy savolning bayoni: Maktabda o’qitish elementlar o’qitish va
yozishga o’rgatishdan boshlanadi. “Alifbe”ga asoslangan hamda qisqa vaqt ichida
bolaqa o’qish va yozish ko’nikmasini takomillashtiradi, malaka mustahkamlanadi,
avtomatlashtira boriladi. Maktabda o’qitishning muvaffaqiyati savod o’rgatishning
qanday tashkil etilganiga bog’liq. Masalan, elementlar o’qish va yozishga o’rgatish
bo’yicha quyidagilarga e'tibor berilishi lozim. “Alifbe” bo’yicha tovushlar (Aa,
Oo, Bb va hokazo) so’z ona, lola, bo’g’in ona, bola kabi analitik o’qishdan keyin
asta-syokin sintetik o’qishga o’tiladi. O’qish va yozish kishining nutq faoliyatining
turi bo’lib, o’qish va yozish malakasi nutqqa oid malakadir. O’qish malakasi ham,
nutq faoliyatining boshqa turlari bo’lgan og’zaki hikoya qilish boshqalar nutqini
eshitib idrok etish, ichki nutq bilan uzviy bog’liq holda shakllanadi, hamda
malakaning shakllanishi uchun ma'lum bir faoliyat takrorlanishi talab etiladi.
Shunday ekan savod o’rgatish jarayonida bola juda ko’p o’qishi va yozishi zarur.
O’qish uchun ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi. Chunki, matnni bir
necha bor qayta o’qish bilan maqsadga erishish qiyin. U ko’pincha o’qilgan matnni
yo’zaki yodlashga olib keladi. Bundan tashqari takroriy faoliyatda vaziyat bilan
mazmunning almashishi malakani mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatni
o’stiradi. Bizning yozuvimiz tovush yozuvi hisoblanadi.
Grafik belgilar harflarni tovushga aylantirish bosqichi, yozuvda tovushni
harf tomonidan tahlil qilish zaruriyatini keltirib chiharadi. Bir qaraganda tovush
yozuvi o’qish jarayonini qiyinlashtirgandek ko’rinadi, aslida o’qish jarayonini
soddalashtiradi. Chunki, tilimizdagi asosiy tovushlarni ifodalovchi harflar soni
ko’p emas. O’qish va yozishni o’rganish uchun tovush va harflarning o’zaro
munosabatiga oid qoidalarni o’zlashtirish kifoya. O’qish va yozish jarayonida
harfni tovushga va aksincha tovushni harfga aylantirish bosqichi bo’lgani uchun bu
ikki ko’nikma parallel ravishda hal qilinadi. Buning uchun savod o’rgatish si
o’zbek tilida savod va harflar tizimini hisobga olish talab etiladi.
Biz bilamizki, o’zbek yozuvi fonemali yozuvdir. Nutqda har bir asosiy tovush
yoki fonema yozuv tizimida o’z belgisiga ega.
Savod o’rgatish si o’quvchilarga tovushlar haqida ma'lumot berishda o’zbek
tilining fonetik tizimi xususiyatlarini hisobga oladi.
Savod o’rgatish analitik - sintetik metodi asosiyda o’rgatiladi. O’quvchilar
so’zni tahlil qilish bilan kerakli tovushni ajratadilar, uni tahlil qiladilar,
sintezlaydilar. Shu asosda harfni va o’qish jarayonini o’zlashtiradilar. Masalan,
lotin yozuvida 29 ta harf va 1 ta tutuq belgisi bor. O’zbek adabiy tilida 25 ta
undosh fonema b, v, g, d, j, (jurnal) j (joy, jiyda) z, y, k, l, m, n, ng (tong so’zidagi
oxirgi tovush) p, r, s, t, x, ch, ts, k, g, x bo’lib ular 23 ta harf bilan belgilanadi.
Undosh tovush soni undosh harf sonidan 2 ta ko`p. Buni savod o’rgatishda hisobga
olish va;
a) avval o’zbek tilidagi so’zlarda ishlatiladigan portlovchi undosh j tovushni
o’rgatish talaffuzni tushuntirish analitik – sintetik mashqlar yordamida ko’nikma
hosil qilish, so`ngra alohida bir dars ajratib o’quvchilarga tanish bo’lgan jirafa,
jurnal kabi ayrim so’zlardagina ishlatiladigan sirhaluvchi j tovushlarning
talaffuzdagi farqni taqqoslab tushuntirgach bu ikki tovush bitta belgi bilan
ifodalanishi ta'kidlanadi, berilgan bilim analitik – sintetik mashqlar yordamida
mustahkamlanib boradi.
b) tong, keng so’zlari oxiridagi uchinchi jarangli undosh (sanor) tovush ng
harf birikmasi bilan ifodalanadi, shuning uchun savod o’rgatishdan oldin n va g
jarangli undosh tovushlari, so’ng ng sonor tovushi o’rgatiladi, bu tovushni bir
tovush tarzida talaffuz qilishga o’rgatish lozim.
Savod o’rgatishda bo’g’inlab o’qish prinsipi qabul qilingan. Shuning uchun
o’qishga o’rgatishning birinchi kunlaridanoq o’quvchilarni o’qishni mo’ljallab
o’qishga o’rgatiladi. Albatta, o’quvchilarni birdan orfoepik qoidalarga mos
ravishda o’qishga o’rgatib bo’lmaydi. Bunday hollarda orfografik o’qish keyin
orfoepik o’qish tavsiya etiladi. Savod o’rgatishda o’zbek alfavitidagi harflar to’rt
variantdan ishlatilishini ham hisobga olish zarur. 1 – sinf o’quvchilari savod
o’rgatish jarayonida gapning birinchi so’zi va kishilarning ismi bosh harf bilan
yozilishini amaliy o’zlashtiradilar. To’g’ri ongli normal tezlikda o’qish uchun
nuqta, so’rov va undov belgilarining vazifasini ham bilishi kerak.
Metodik masalalarni hal qilishda so’zni bo’g’inga ajratishning muhim
ahamiyati bor. O’pkadan chiqib ketayotgan havo oqimiga berilgan zarb bilan
aytiladigan tovushlar yoki ayrim tovush bo’g’in deyiladi. Unli tovush bo’g’in
hosil qiluvchi tovushdir. Shuning uchun so’zda nechta unli tovush bo’lsa
bo’g’inlar soni ham shuncha bo’ladi. Bo’g’inlar ikki xil bo’ladi:
ochiq bo’g’in – bir unli tovushni yoki oxiri unli tovush bilan tugagan bo’g’in–o–i–
la, ba–xo, da–la kabi.
Yopiq bo’g’in–oxiri undosh tovush bilan tugagan bo’g’in: ko’k, zum–rad kabi.
O’quvchilar undosh q unli tipidagi ochiq bo’g’inli va unli q undosh (oz, ol, yoz)
tipidagi yopiq bo’g’inli o’qishga qiynalmaydilar.
Nazorat savollari:
1. Maktabda o’qish nimadan boshlanadi?
2. Savod o’rgatish jarayonida o’quvchi nima qilishi lozim?
3. Bizning yozuvimiz qanday yozuv hisoblanadi?
4. Maktabda savod qanday metod bilan o’rgatiladi?
5. Savod o’rgatishda qanday printsip qabul qilingan?
2 – savol bo’yicha darsning maqsadi: talabalarga o’qish va yozish jarayonida
o’quvchilarga qanday munosabatda bo’lishi haqida tushuncha berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
2.1.O’qish va yozish jarayonida o’quvchilarga qanday munosabatda bo’lishni
tavsiyalaydilar.
2.2. 1–sinfda o’quvchilarni yozuva o’rgatishni izohlaydilar.
2–asosiy savolning bayoni: Boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’qish va yozish
jarayoni murakkab hisoblanadi. Shuning uchun bu jarayon o’qituvchidan katta
mahoratni talab qiladi. O’qituvchi o’qish va yozish jarayonigagina e'tibor
bermasdan, balki o’quvchining har tomonlama psixofiziologik nuqtai nazardan
hisobga olish mumkin. Katta yoshdagi tajribali kitobxon bu murakkab jarayonni
syozmaydi, chunki unda o’qish va yozish avtomatlashgan bo’ladi. Ammo o’qish va
yozishga endigina o’rgatilayotgan bola barcha elementlar harakatlarni yaxlit bir
harakatga aylantira olmaydi, bola uchun bir element mustaqil harakat ba'zan juda
qiyin irodali aqlnigina emas, balki jismoniy harakatni ham talab qiladi.
O’qish va yozish bir necha harakat elementlaridan to’zilganini ko’z oldiga
keltirmasdan bolaga savod o’rgatib bo’lmaydi.
Endigina o’qishga o’rgangan bolaning o’qish jarayoni nimalar bilan farqlanadig’
1. O’quvchi o’qish jarayonida bir harfnigina ko’radi. Uni “bilish” uchnch ba'zan
boshqa harflarga qiyoslaydi. Harfni ko’rish bilan uni ovoz chiharib o’qigisi keladi,
ammo o’qituvchi undan bo’g’inni yaxlit o’qishni talab qiladi. Shundan keyin
oldingi harfni yodda tutib ya’na kamida bir harfni o’qishga to’g’ri keladi. Bunda
ko’pincha bolaga ma'lum qiyinchilikka duch keladi. So’zni o’qish uchun idrok
qilish va bilish faoliyatini bajarish, bundan tashqari tovushlardan bo’g’in-
bo’g’inlab so’z hosil qilish lozim. Shuning uchun o’qish jarayoni sust boradi.
2. Endi o’qishga o’rganayotgan bola ko’pincha qatorni yo’qotib qo’yadi, chunki
harfning bo’g’inni qayta o’qishga to’g’ri keladi. Uning ko’zi ham qator bilan
parallel yurishga o’rganmagan bo’ladi. Bu qiyinchilik o’quvchining diqqat doirasi
kengaygan sari yo’qola boradi va u asta-syokin bo’g’in yoki so’zni butunicha idrok
eta boshlaydi.
3. O’qishga o’rganayotgan o’quvchi har vaqt ham o’qigan matnning mazmunini
engil o’zlashtiravermaydi, chunki o’qishning tehnik va talaffuz qilishiga katta
e'tibor qilish lozim.
4. Tajribasiz kitobxon odatda so’zni birinchi bo’g’inga yo rasmga harab topadi. Bu
hol xato o’qishga olib kelsa ham o’quvchi ongli o’qishga harakat qiladi. Bunday
topib o’qishga yo’l quyilgan xatoni to’g’irlash uchun u so’z bo’g’inlab syokin
o’qitiladi, tovush – harf tomonidan va sintez qilinadi.
O’qishga o’rgatishqa tovushlarni qo’shish qiyin harakat hisoblanadi.
Ko’p o’quvchilar tovushlarni alohida talaffuz qiladilar, ammo bo’g’in hosil qila
olmaydilar. Bu qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun uning fiziologik asosiyni
ko’rib chihish zarur.
Nutq organlari til, lablar, yumshoq tanglay, kichik til, o’pka un
naychalari har bir tovushni alohida talaffuz qilganda harakatda, va har xil holatda
bo’ladi.
Bo’g’indagi ikki tovush talaffuz qilinganda birinchi tovush talaffuziga
ikkinchi tovush qo’shilib ketadi. O’quvchi 1 – chi tovushni talaffuz qilmay turib,
ikkinchi tovush bilan birga qo’shib talaffuz qilish zarur. Bu erda bo’g’inlab o’qish
ma’qul usuldir.
O’quvchilarga ma'lum aqliy jarayonlarni: idrokni, xotirani, tafakkurni va
nutqni o’stirish o’qitishda katta ahamiyatga ega. O’qitishni bunday uyushtirishda
tez va aniq idrok qilish, diqqatga barqarorlik, o’zoq, esda saqlash, xotiraning
tayyorligi, tafakkurning puxtaligi, mantiqligi va nutqning boyligi, rang-barangligi,
to’g’riligi har bir o’quvchining faol, ma'lum darajada mustaqil bilim olishgi xizmat
qiladi.
Savod o’rgatish davrida fonematik eshitish qobiliyatini o’stirishga, ya'ni
so’zlarni to’g’ri, aniq talaffuz qilish, talaffuzda ayrim tovushlarni farqlash,
so’zdan, bo’g’indan tovushni ajrata olshi ko’nikmasini o’stirishga katta ahamiyat
beriladi. Masalan: ol – ma, quyosh, o-na kabi. Fonematik orfografik malakani hosil
qilish uchun ham zarur.
Fonematik eshitishni rivojlantirish uchun eshitish apparati juda o’sgan
bo’lishi talab qilinadi.
Yozuv. 1 – sinf o’quvchilari yozuv jarayonida ko’pgina mustaqil faoliyatni
bajaradilar: ruchkani to’g’ri ushlash, daftarni to’g’ri quyish, harf yozishga
o’rganish bilan uning shaklini, elementlarini, chiziqlarini hisobga olib, daftar
qatoriga sig’dirishni, qator bo’ylab ruskani qanday harakat qildirishni esda saqlash:
so’zni yozganda, harfni harfga qanday quyishni bilishi va so’zning bir qatorga
sig’ish – sig’masligini hisoblashi, ko’zni daftarga yaqinlashtirmasdan to’g’ri
o’tirishni esda tutishi lozim. Bola hali bu vazifalarni bajarishga odatlanmagan,
shuning uchun ko’rsatilgan harakatlar undan ongli ishlashni talab qiladi. Bular
yozuvni syokinlashtiribgina qolmay, balki bolani aqliy va jismoniy charchatadi; 1-
sinf o’quvchisi yozganda butun gavda zo’riqadi, ayniqsa, barmoq va elka
muskullari charchaydi. Shuning uchun jismoniy daqiqa o’tkaziladi. O’qituvchi
o’quvchilarga ta'lim-tarbiya berishda har bir o’quvchiga alohida e'tibor berish
kerak.
O’quvchining daftarini tekshirganda, bir harf turli holatlarda har xil yozilganini
ko’ramiz. Bu ko’nikmaning etarli etmasligi, charchash natijasidir. harf va so’zni
qayta yozish o’quvchilar uchun mehaniq jarayon bo’lmay, ongli faoliyat
hisoblanadi.
O’quvchilarga yozuvga o’rgatish jarayonida chiroyli yozuvga alohida e'tibor
berishi kerak. 1 – sinfdan chiroyli yozuvga o’rgatish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Nazorat savollari:
1. O’qish va yozish qanday jarayon hisoblanadi?
2. Nimani hisobga olmasldan bolaga savod o’rgatib bo’lmaydi?
3. Endi o’qishga o’rganayotgan bola nimani yo’qotib qo’yadi?
4. Tajribasiz kitobxon so’zni qanday topadi?
5. Fonematik eshitish nima uchun zarur?
Mavzu bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari
1. Savod o’rgatishda bo’g’in ustida ishlashni ahamiyatini izohlang.
2. Alifbe darsligidagi rasmlar, jadvallarning ahamiyati nimada?
Foydali maslaxatlar
1. O’qish va yozish – nutqqa oid malaka. Malakaning shakllanishi uchun bir
faoliyat bir necha marta takrorlanishi mumkin.
2. O’qishni yaxshi egallashlari uchun o’quvchilarning idroki, xotirasi, tafakkurni
va nutqni o’stirishga katta e'tibor berish kerak. Savod o’rgatishda fonematik
eshitish qobiliyatlarini oshirish, aniq talaffuz qilishga o’rgatish, tovushni ajratish
ko’nikmasini o’stirish muhim sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Abdullaeva Q. va boshqalar. Savod o’rgatish si T.: “O’qituvchi”6-13 b.
2.Yusupov M. “Boshlang’ich ona tili ta'limining o’ziga xos xususiyatlari” Ilmiy –
metodik qo’llanma. N.: 1994. 3-12 b.
3.“Boshlang’ich ta'lim” jurnallari - t.: 2000. -2007.
4.K. Qosimova va boshqalar “Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi”.
T.: 2020
5.G’ulomova X., Yo’ldosheva SH. Ona tili o’qitish metodikasi
Do'stlaringiz bilan baham: |