10.2.
bob Bankrotlik to‘g‘risidagi qarzdorning huquqiy holati va
to‘lovga qobiliyatsizlik belgilari
Tadbirkorlik faoliyati davomida pul majburiyatlari va majburiy
to‘lovlar bo‘yicha qarzlarning to‘lanmasligi ushbu shaxslarning qarzdorga
aylanishiga, unga nisbatan bankrotlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish va
tegishli taomilni qo‘llashga asos bo‘ladi. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishda
turli ishtirokchilar qatnashmasin, qo‘llaniladigan barcha taomillarda
1 Отахонов
Ф.Ҳ., Ибратова Ф.Б. Хўжалик судларида банкротлик ишларини кўришнинг ўзига хос
хусусиятлари. Монография. – Т.: ТДЮИ, 2013. – Б. 22.
239
qarzdor alohida o‘ringa ega bo‘ladi, barcha protsessual harakatlar uning
atrofida amalga oshiriladi. Biroq bankrotlik taomillarini qo‘llash uchun
faqat qarzdor bo‘lishning o‘zi yetarli emas, unda to‘lovga qobiliyatsizlik
belgilari mavjudligi talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-moddasi,
Bankrotlik to‘g‘risidagi qonunning 1-moddasiga asosan davlat korxonasi
va budjetdan taʼminlanadigan tashkilotlardan tashqari barcha shaxslarga
bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilishi mumkin. Bankrotlik to‘g‘risidagi
qonunning umumiy qoidalari tijoratchi tashkilotlarga, yaʼni shirkatlar,
jamiyatlar, xususiy korxona, ishlab chiqarish kooperativiga nisbatan bir xil
qo‘llaniladi. Ular tomonidan tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lovlar
majburiyati yuzaga kelgan kundan eʼtiboran uch oy davomida bajarilmasa,
jami talablar eng kam ish haqi miqdorining kamida besh yuz karrasini
tashkil etadigan bo‘lsa, sud bankrotlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atishi
mumkin. Bankrotlik to‘g‘risidagi qonunning IX bobida qarzdor yuridik
shaxslar ayrim toifalari (shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga
tenglashtirilgan korxona, qishloq xo‘jaligi korxonasi, bank, sug‘urtalovchi,
qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari) bankrotligining
o‘ziga xos xususiyatlari keltirilgan.
Yuridik adabiyotlarda notijorat tashkilotga nisbatan bankrotlik
to‘g‘risidagi ishning qo‘zg‘atilishi yoki qo‘zg‘atilmasligi to‘g‘risida bahs
boradi. Ko‘pchilik olimlar notijorat tashkilotni tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanish faktidan qatʼi nazar, bankrotlik to‘g‘risidagi ishni
qo‘zg‘atish mumkin deb hisoblashadi
1
. Olimlarning ayrimlari notijorat
tashkilotga nisbatan bankrotlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish mumkin
emasligini bildiradi
2
.
Iqtisodiy nuqtayi nazardan notijorat tashkilotlarning faoliyati avans
kapitalga bog‘liq bo‘lmaganligi sababli ularning to‘lovga qobiliyatsiz
qarzdorga aylanish ehtimoli juda past. Bundan tashqari, notijorat tashkilot
o‘z faoliyatida kreditlardan keng miqyosda foydalanmaydi. Bu esa
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi normalarni ko‘rsatilgan shaxsga
qo‘llash zaruratini shubha ostiga qo‘yadi. Boshqa tomondan holatga
huquqiy baho bersak, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 40-
1
Телюкина М.В. Основы конкурсного права. – М., 2004. – С. 122; Жилинский С.Э.
Предпринимательское право (правовая основа предпринимательской деятельности): учебник для
вузов. – 8-е изд. 2007. – С. 865; Попондопуло В.Ф. Банкротство. Правовое регулирование: научно-
практическое пособие. – Москва: Проспект, 2012. – С. 75–76.
2
Витрянский В.В. Новое в правовом регулировании несостоятельности (банкротстве) // Хозяйство и
право. – 2003. – № 1. – С.4.
240
moddasida tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlar daromad keltiradigan boshqa
faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkinligi belgilangan. Notijorat
tashkilotlarning shunday faoliyatni amalga oshirishi avans kapitalga
murojaat qilish va kreditdan foydalanish zaruratini keltirib chiqarishi
mumkin. Natijada to‘lovga qobiliyatsizlikka oid huquqiy normalarni
ularga nisbatan qo‘llashga to‘g‘ri keladi. S.V.Lukyanova notijorat
tashkilotlarga nisbatan bankrotlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘ashda
“to‘lovsizlik” prinsipiga rioya qilishni, yaʼni qarzdor mol-mulki miqdori
uning majburiyatlari miqdoridan kam bo‘lmasligini taʼkidlaydi
1
.
V.F.Popondopulo esa notijorat tashkilotlarni ham to‘lovga qobiliyatsiz
qarzdor bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar tarkibiga kiritadi
2
. Bildirilgan
fikrlarni inobatga olgan holda bu vaziyatda tartibga solishning ikki
usulidan birini qo‘llash lozim bo‘ladi, yaʼni:
1) notijorat tashkilotlarga to‘lovga qobiliyatsizlikka oid normalar
qarzdorlik faqat daromad keltiruvchi boshqa faoliyat natijasida vujudga
kelgan taqdirdagina qo‘llash;
2) qarzdorlikning paydo bo‘lish asoslaridan qatʼi nazar, to‘lovga
qobiliyatsizlikka oid normalarni qo‘llash.
Mushohada yuritadigan bo‘lsak, ikkinchi usul nisbatan to‘g‘riroq.
Birinchi usulning kamchiligi shundan iboratki, daromad keltiruvchi boshqa
faoliyat natijasida vujudga kelgan qarzdorlikni belgilash masalasi bo‘yicha
bir xil sud amaliyotini taʼminlashning iloji yo‘q. Shu nuqtayi nazardan
qarzdorlik paydo bo‘lish asoslaridan qatʼi nazar, bankrotlik to‘g‘risidagi
ishni notijorat tashkilotlarga ham qo‘llash mumkin.
Bankrotlik
to‘g‘risidagi
qonunning
1-moddasi
mazmunidan
qonunning yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan
qo‘llanilishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan jismoniy
shaxslar ushbu munosabatlarda qatnasha olmasligini anglash mumkin.
Аyrim olimlar to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi normalarning
fuqarolarga nisbatan qo‘llanilishini ijobiy jihat sifatida taʼkidlashadi, yaʼni
bankrotlik to‘g‘risidagi ish oqibatida bajarilmagan majburiyatlardan
qutulishga erishiladi
3
. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, bajarilmagan
majburiyatlardan qutulish to‘lovga qobiliyatsizlikning umumeʼtirof etilgan
1
Лукьянова
С.В.
Несостоятельность (банкротство) некоммерческих
организаций.
[Электронный ресурс]: дисс. ... канд. юрид.наук. Рязань: РГБ, 2006. – С. 146–147.
2
Попондопуло В.Ф. Банкротство. Правовое регулирование: научно-практическое пособие. – Москва:
Проспект, 2012. – С. 75–76.
3
Ткачев В.Н. Теоретические и практические проблемы правового регулирования несостоятельности
(банкротства) особых категорий субъектов конкурсного права. Автореф. дисс. … док. юрид. наук. –
М., 2008. – С. 30.
241
prinsiplariga mos kelmaydi va bu qarash nafaqat kreditorlarning talablari
to‘liq va adolatli qanoatlantirilmasligiga olib keladi, balki to‘g‘ridan-
to‘g‘ri kreditorga zarar yetkazadi. Ko‘rsatilgan faktga tushunmaslik
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchilikning konseptual qoidalari
noto‘g‘ri qo‘llanilishiga olib keladi.
Hozirgi davrda to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) huquqining
rivojlanishi natijasida jismoniy shaxslarning to‘lovga qobiliyatsizligi bilan
bog‘liq normalar rivojlandi. Аyrim davlatlarda qarzdor jismoniy shaxsni
reabilitatsiya qilish uchun qarzdorlik miqdori alohida ahamiyatga ega.
Masalan, Kanadada qarzdorning qarzi 75 ming Kanada dollaridan ortiq
bo‘lsa, qarzlar restrukturizatsiya qilinishi mumkin
1
.
Shunday qilib, “to‘lovga qobiliyatsiz qarzdor” kategoriyasining
doktrinal mazmuni huquqiy tartibga solishdagi to‘lovga qobiliyatsizlik
qarzdor tushunchasi bilan mos kelmaydi. Bankrotlik to‘g‘risidagi ish
quyidagi shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin:
−
yuridik shaxslarga, shu jumladan notijorat tashkilotlar;
−
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
−
budjetdan taʼminlanadigan tashkilotlar (nazariy jihatdan);
−
jismoniy shaxslar (qarzlarni restrukturizatsiya qilish shaklida).
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atishda qarzdorning huquqiy
holati muhim ahamiyatga egadir. Umumiy qoidaga ko‘ra bankrotlik
to‘g‘risidagi ish qarzdorda to‘lovga qobiliyatsizlik belgilari (bankrotlik
alomatlari) mavjud bo‘lganda qo‘zg‘atiladi. To‘lovga qobiliyatsizlik
(bankrotlik) huquqining rivojlanish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak,
dastlab bankrotlik to‘g‘risidagi ish to‘lovsizlik asosida qo‘zg‘atilganligiga
guvoh bo‘lamiz. To‘lovsizlik deganda majburiyatlarning umumiy miqdori
qarzdorning mol-mulki qiymatidan ortib ketishi natijasida qarzdorning pul
majburiyatlarini bajarishga qodir emasligi tushuniladi.
To‘lovsizlik asosida ishni qo‘zg‘atish kreditorlar manfaatlariga mos
kelmas va kreditorlar bankrotlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish uchun
qarzdorlik miqdori qarzdorning mol-mulki qiymatidan ortishini kutishlari
lozim edi. Natijada davlatlar qonunchiligi va amaliyotiga oldin
qo‘llanilmagan yangi kategoriya to‘lovga qobiliyasizlik belgilari kirib
keld
2
. To‘lovga qobiliyatsizlik belgilarining afzalligi shundan iborat ediki,
1
Жукова Т.М., Кондратева К.С. Судебнқе мероприятия по восстановлению платежеспособности
граждан в России и за рубежом // Вестник Пермского университета. Юридические науки. – 2013. –
№4. – С. 168.
2
Кораев К.Б. Правовое положение неплатежеспособного должника: дисс. …док.юрид.наук. – Санкт-
Петербург, 2014. – С. 24.
242
agar qarzdor kreditorlar talablarini tegishli muddatlarda bajarishga qodir
bo‘lmasa, qarzdorlik miqdori belgilangan summani tashkil etsa, kreditorlar
yoki qarzdor bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ochish to‘g‘risida sudga
murojaat qilishlari mumkin bo‘lardi.
Darhaqiqat,
kreditorlarning
tegishli
miqdordagi
talablari
qanoatlantirmaslik bankrotlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atishning asosiy
sharti hisoblanadi. Ushbu qarzdorlik miqdorlarining qonun normalari bilan
belgilanmasligi qarzlarni undirish jarayoni uzoq muddatga cho‘zilishiga
olib keladi.
Bankrotlik
to‘g‘risidagi
qonunning
4-moddasida
to‘lovga
qobiliyatsizlik belgilari bankrotlik alomatlari deb bayon qilingan.
Germaniya To‘lovga qobiliyatsizlik statutining 17-moddasi
1
, Finlandiya
Bankrotlik aktining 2-bobi 3-moddasi
2
va Korxonalar restrukturizatsiyasi
aktining 1-bobi 6-moddasi
3
, Belarus Respublikasining “Iqtisodiy
nochorlik
(bankrotlik)
to‘g‘risida”gi
qonuni
9-,10-moddalari
4
,
Qozog‘iston Respublikasining “Reabilitatsiya va bankrotlik to‘g‘risida”gi
Qonuni 5-moddasida
5
ham bankrotlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish asosi
to‘lovga qobiliyatsizlik belgilari yoki to‘lovga qobiliyatsizlik deb
keltiriladi. Bundan tashqari, Bankrotlik to‘g‘risidagi qonunning bir nechta,
yaʼni 4-, 5-, 156-moddalarida to‘lovga qobiliyatsizlikning belgilarini
anglatuvchi qoidalar mavjud. Bankrotlik to‘g‘risidagi qonunning 4-
moddasida keltirilgan qarzdorning kreditorlar talablarini bajara olmasligi,
5-moddasidagi qarzdorlik miqdori, 156-moddasidagi shaharni tashkil
etuvchi korxona qarzdorligi to‘lovga qobiliyatsizlikning obyektiv tomonini
anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi
“Bankrotlik taomillarini yanada soddalashtirish va sud boshqaruvchilari
faoliyatini
tubdan
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi
PQ–4146-son qarorida agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar
summasi eng kam ish haqi miqdorining kamida uch yuz karrasini tashkil
etadigan bo‘lsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga yoki yakka tartibdagi
tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan esa eng kam ish
haqi miqdorining kamida yigirma karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, sud
tomonidan qo‘zg‘atilishi taklif etildi. Аmaldagi qonunchilikka ko‘ra
1
http://www.gesetze-im-internet.de/englisch_inso/
2
http://www.finlex.fi/en/laki/kaannokset/2004/en20040120.pdf
3
http://www.finlex.fi/en/laki/kaannokset/1993/en19930047.pdf
4
http://pravo.by/document/?guid=3871&p0=H11200415&p1=1
5
https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=31518958#pos=165;-54
243
qarzdorlik miqdori qarzdor yuridik shaxslar uchun besh karrasi, qarzdor
yakka tartibdagi tadbirkorga yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini
yo‘qotgan jismoniy shaxslar uchun o‘ttiz karrasini tashkil etishi lozim.
Shularga asosan to‘lovga qobiliyatsizlik belgilari hisoblangan qarzdorlik
miqdorlariga o‘zgartirish kiritish maqsadga muvofiq.
Qarzdorning ishni qo‘zg‘atish haqidagi arizasi zudlik bilan yoki o‘z
vaqtida taqdim qilinmasligi oqibatida qarzlar undirilmasdan qolmoqda.
Аmaliyotda odatda ariza kechiktirilgan qarzdorlikni undirish bo‘yicha
hech qanday chora qolmaganda va ijro ishini yuritish daʼvomida qarzdor
mol-mulki qarzni uzish uchun yo‘naltirilgandan keyin taqdim etilmoqda.
Xorijiy davlatlar qonunchiligida qarzdorning bankrotligining oldini olish,
uni kreditorlardan himoya qilish va o‘z vaqtida chora ko‘rish maqsadida
to‘lovga qobiliyatsizlik xavfi asosida ham ishni qo‘zg‘atish mumkinligi
belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |