Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

o‘n kun ichida
hal etiladi.
Kuzatuv
bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qo‘zg‘atilganda iqtisodiy sud 
qarzdorni 
bankrot 
deb 
topish 
toʻgʻrisidagi 
arizani
ish yuritishiga qabul qilingan sanadan
e’tiboran joriy etiladi
va bu haqida sud ajrimida ko‘rsatiladi. 
Kuzatuvni joriy etish masalasi alohida protsessual hujjat – ajrim yoki 
qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish toʻgʻrisida 
va ishni sudda ko‘rishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrimda ko‘rsatilishi 
mumkin. 


247 
Kuzatuv joriy etilgan paytdan boshlab: 

mulkiy undiruvlar boʻyicha ijro hujjatlarini ijro etish qonunda 
belgilangan tartibda to‘xtatib turiladi;

qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) uning 
tarkibidan chiqib ketishi munosabati bilan qarzdorning mol-mulkidan 
ulushni (payni) ajratish haqidagi talablarini qondirish va emissiya qimmatli 
qog‘ozlari boʻyicha dividendlar va boshqa to‘lovlar to‘lash taqiqlanadi;

muqobil bir xildagi talabni hisobga olish yo‘li bilan qarzdorning 
pul majburiyatlarini tugatishga, basharti bunda kreditorlarning talablarini 
qondirish navbati buzilsa, yo‘l qo‘yilmaydi. 
Qonunda sudda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlarni ko‘rish masalalari, 
shuningdek bankrotlikning har bir taomilining mohiyati, xususiyati va 
tabiatini tartibga soladigan yuridik ko‘rsatmalar o‘ziga xos huquqiy 
konstruksiya asosida iqtisodiy sudlarning bu toifadagi ishlarni ko‘rish 
tartibini takomillashtirdi. Shu bilan birga, ishlarni ko‘rish paytida ayrim 
taomillarni amalda qo‘llash, ularda ba’zi huquqiy xususiyatlarning 
muammoliligi bilan bog‘liq qiyinchiliklar yuzaga keldi. 
Kuzatuv taomili jarayonida qarzdorning rahbari va boshqaruv 
organining faoliyati ustidan nazoratni hamda qonunchilik talablariga 
muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradigan muvaqqat boshqaruvchi 
tayinlanadi.
Qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga 
murojaat qilinganda, arizachi (kreditor) unda muvaqqat boshqaruvchining 
nomzodini ko‘rsatadi. Arizada muvaqqat boshqaruvchining nomzodi 
ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda iqtisodiy sud arizachidan yoki bankrotlik 
toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organidan tegishli nomzodni taqdim 
etishni talab qiladi 
(
OXS Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-son qarorining 
8-bandi
). 
Kreditorlarning birinchi yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanani muvaqqat 
boshqaruvchi belgilaydi va bu haqida barcha aniqlangan kreditorlarni, 
qarzdor xodimlarining vakilini, shuningdek kreditorlarning birinchi 
yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan boshqa shaxslarni xabardor 
qiladi. Kreditorlarning birinchi yig‘ilishi qarzdorni bankrot deb topish 
haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida iqtisodiy sud 
chiqargan ajrimda iqtisodiy sud majlisini o‘tkazishning belgilangan 
sanasiga kamida besh kun muddat qolganida o‘tkazilishi kerak.


248 
Kreditorlar birinchi yig‘ilishining ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 
ishtirokchilari talablari 
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi qonun
70-moddasining birinchi qismi
da nazarda tutilgan tartibda taqdim 
etilgan va kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlardir.
Kreditorlarning birinchi yig‘ilishida qarzdor muassislarining 
(ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili va 
qarzdorning xodimlari vakili maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etish 
huquqiga ega. Kreditorlar yig‘ilishida mazkur shaxslarning yo‘qligi 
yig‘ilishni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘lmaydi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish