24-variant
Sindikatli kreditlash va uning yuzaga kelish tarixi
Xalqaro moliyaviy lizingning iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi o’rni.
Javoblar:
1. Sindikatlashmoq, sindikat tuzib birlashmoq ma’nosini bildirib, investitsiyalarni moliyalashtirish tizimida yirik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirishni tashkil etish usullaridan birini anglatadi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda sindikatlashtirilgan kreditning asosiy xususiyati shunday iboratki, bunda bir necha kreditorlarning mavjudligi, moliyalashtirish uchun berilgan kredit summasi va u bilan bog’liq risklarning ishtiroki kreditorlar (banklar) o’rtasida taqsimlanishidadir.
Investitsiya loyihalarni moliyalashtirishda sindikatlashtirilishi mumkin bo’lgan kreditlar loyihaviy moliyalashtirishga kiradi. Loyihaviy moliyalashtirishda kreditni qaytarishning manbai bo’lib, loyihani amalga oshirish natijasida olingan foyda hisoblanadi.
Loyihaviy moliyalashtirish usullari G’arbiy Evropa mamlakatlarida o’tgan asrning 80-yillarining boshida turli xil moliyaviy operatsiyalarni bajarish maqsadida foydalana boshlandi. Bu operatsiyalar loyiha tashabbuschilariga qarz to’lovlariga bo’lgan xarajatlarni kamaytirishga, moliya-kredit institutlarining yordamidan foylanishga imkoniyat yaratgan edi.
Dastlab, loyihaviy moliyalashtirishning jahon bozori unchalik ko’p bo’lmagan Amerika, Kanada, Germaniya va Yaponiya banklari o’rtasida bo’lib olingan edi. Bir muncha vaqt o’tib, Shimoliy dengizda neft va gaz qazib olishning keskin rivojlanishi natijasida ular qatoriga Buyuk Britaniya tijorat banklari ham qo’shildi. Keyinchalik Frantsiya, Shveytsariya, Gollandiya, Belgiya, Italiya va boshqa mamlakatlar banklari loyihaviy moliyalashtirishning jahon bozorida faol ishtirok eta boshlashdi.
90-yillarning birinchi yarmida jahon xo’jaligi rivojlanishi uchun xos bo’lgan iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlari loyihaviy moliyalashtirish shakllariga katta talabni vujudga keltirdi. Bu talab, eng avvalo, rivojlanayotgan bozorlarga tegishli edi. 1997-1998 yillardagi jahon moliyaviy inqiroziga qadar, loyihaviy moliyalashtirishning jahon bozorida etakchilikni Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari egallashgan edi. 1996 yilda Gonkongda 19,3 mlrd. doll. qiymatdagi 36 ta investitsiya loyihasi, Indoneziyada 14,1 mlrd. doll. qiymatdagi 72 ta loyiha, Taylandda 9,4 mlrd. doll. qiymatdagi 31 ta loyiha amalga oshirilgan edi. 1996 yilda Osiyo davlatlarida jami 86,2 mlrd. doll. qiymatdagi 400 ta investitsiya loyihasi moliyalashtirilgan. Bu ko’rsatkich Amerika va Evropa kontingentlari mamlakatlarinikiga qaraganda ko’pdir.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |