247
Kuzatuv joriy etilgan paytdan boshlab:
mulkiy undiruvlar boʻyicha ijro hujjatlarini ijro etish qonunda
belgilangan tartibda to‘xtatib turiladi;
qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari)
uning
tarkibidan chiqib ketishi munosabati bilan qarzdorning mol-mulkidan
ulushni (payni) ajratish haqidagi talablarini qondirish va emissiya qimmatli
qog‘ozlari boʻyicha dividendlar va boshqa to‘lovlar to‘lash taqiqlanadi;
muqobil bir xildagi talabni hisobga olish yo‘li bilan qarzdorning
pul majburiyatlarini tugatishga, basharti bunda
kreditorlarning talablarini
qondirish navbati buzilsa, yo‘l qo‘yilmaydi.
Qonunda sudda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlarni ko‘rish masalalari,
shuningdek bankrotlikning har bir taomilining mohiyati, xususiyati va
tabiatini tartibga soladigan yuridik ko‘rsatmalar o‘ziga
xos huquqiy
konstruksiya asosida iqtisodiy sudlarning bu toifadagi ishlarni ko‘rish
tartibini takomillashtirdi. Shu bilan birga, ishlarni ko‘rish paytida ayrim
taomillarni amalda qo‘llash, ularda ba’zi huquqiy xususiyatlarning
muammoliligi bilan bog‘liq qiyinchiliklar yuzaga keldi.
Kuzatuv taomili jarayonida qarzdorning
rahbari va boshqaruv
organining faoliyati ustidan nazoratni hamda qonunchilik talablariga
muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradigan muvaqqat boshqaruvchi
tayinlanadi.
Qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga
murojaat qilinganda, arizachi (kreditor) unda muvaqqat boshqaruvchining
nomzodini ko‘rsatadi. Arizada muvaqqat
boshqaruvchining nomzodi
ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda iqtisodiy sud arizachidan yoki bankrotlik
toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organidan tegishli nomzodni taqdim
etishni talab qiladi
(
OXS Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-son qarorining
8-bandi
).
Kreditorlarning birinchi yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanani muvaqqat
boshqaruvchi belgilaydi va bu haqida barcha
aniqlangan kreditorlarni,
qarzdor xodimlarining vakilini, shuningdek kreditorlarning birinchi
yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan boshqa shaxslarni xabardor
qiladi. Kreditorlarning birinchi yig‘ilishi qarzdorni bankrot deb topish
haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida iqtisodiy sud
chiqargan ajrimda iqtisodiy sud majlisini o‘tkazishning
belgilangan
sanasiga kamida besh kun muddat qolganida o‘tkazilishi kerak.
248
Kreditorlar birinchi yig‘ilishining ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan
ishtirokchilari talablari
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi qonun
70-moddasining birinchi qismi
da nazarda tutilgan tartibda taqdim
etilgan va kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlardir.
Kreditorlarning birinchi yig‘ilishida qarzdor muassislarining
(ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki
egasining vakili va
qarzdorning xodimlari vakili maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etish
huquqiga ega. Kreditorlar yig‘ilishida mazkur shaxslarning yo‘qligi
yig‘ilishni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: