Ayupova M. Yu



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/177
Sana11.03.2022
Hajmi3,2 Mb.
#491387
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   177
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага


– 

passiv lug’atni aniqlash va rivojlantirish 
– nafas va ovozdagi kamchiliklarni korreksiyalash. 
Bu bosqichning eng ahamiyatli vazifalari bu – sensor funksiyani, ayniqsa, eshitish 
idroki va tovushlar analizini rivojlantirishdir. 
Korreksion ish metodlari va usullarini qo’llash nutq rivojlanishi darajasiga bog’liq. 
Bolada muloqot nutq vositalarining bo’lmasligi boshlang’ich ovoz reaksiyasini 
tezlashtiriladi va tovushlarga taqlid qilishga olib keladi, hamda unga kommunikativ 
ahamiyat tusini beradi. 
Logopedik ishlar dori-darmonlar bilan ta’sir etish, fizioterapevtik davolash, davolov 
jismoniy tarbiyasi va massaj bilan qo’shib olib boriladi. 
2-bosqich boshlang’ich kommunikativ talaffuz qobiliyatini shakllantirish bosqichi. 
Bu bosqichning asosiy maqsadi: 
– nutqiy muloqot va tovushlar analizi malakasini rivojlantirish; 
– artikulyatsion apparat muskullarini bo’shashtirish; 
– og’iz holatini nazorat qilish; 


– artikulyatsion harakatlarni rivojlantirish; 
– ovozni rivojlantirish; 
– nutqiy nafasni to’g’rilash; 
– artikulyatsion harakatlarni sezish va maqsadga yo’naltirilgan artikulyatsion 
harakatni rivojlantirish. 
Artikulyatsion apparat muskullarini bo’shashtiruvchi mashqlar umumiy muskullarni 
bo’shashtiruvchi mashqlardan boshlanadi (bo’yin, ko’krak qafasi, qo’l muskullari). 
So’ng yuz muskullarini bo’shashtiruvchi massaj ishlari olib boriladi. 
Harakatlar peshananing o’rtasidan chekkaga qarab boshlanadi. Ular barmoq 
uchlarining yengil silashdagi sekin sur’atdagi harakatlar yordamida bajariladi. 
Bo’shashtiruvchi massaj me’yoriy ravishda faqat yuzning tonusi oshgan muskullariga 
qaratiladi, bo’shashgan muskullar guruhiga qaratilgan massaj esa mustahkamlovchi 
bo’lishi lozim. 
Yuz muskullarini bo’shashtiruvchi massajning ikkinchi yo’nalishi qoshlardan 
boshning sochlar boshlanuvchi qismigacha qaratiladi. Harakatlar bir xilda ikkala qo’l 
bilan ikki tomondan qilinadi. 
Uchinchi yo’nalishda harakatlar peshana yo’lidan pastga, lunjlardan bo’yin va yelka 
muskullariga qaratiladi. 
So’ngra lab muskullarini bo’shashtirishga o’tiladi. Logoped o’zining ko’rsatkich 
barmoqlarini yuqori labning o’rtasi va og’izning
ikkala tomonidan burchagiga qo’yadi 
va harakatlar o’rta chiziqqa qarata qilinadi. Bunday harakat pastki lablar bilan ham 
qilinadi. So’ngra ish ikkala labda o’tkaziladi. 
Keyingi mashqda logopedning ko’rsatkich barmoqlari xuddi yuqoridagidek holatda 
bo’ladi, faqat harakatlar yuqori lab bo’yicha yuqoriga qarab qilinadi, bunda milklar 
ko’rinadi, pastga qarab qilingan harakatlarda pastki milklar ochiladi. 
So’ngra logopedning ko’rsatkich barmoqlari og’izning burchaklariga qo’yiladi va 
lablar tortiladi (iljayish). Qayta harakat yordamida lablar o’z holatiga qaytadi.
Bunday mashqlar og’izning turli holatlarda: og’iz
yopiq, yarim ochiq, katta ochiq 
holatlarida qilinadi. 
Bo’shashtiruvchi mashqlardan so’ng past tonusdagi mustahkamlovchi massajdan 
so’ng labning passiv faol harakatlari mashq qildiriladi. Bu massaj va mashqlar 
natijasida bola lablari bilan turli diametrdagi yog’och buyumlarni, konfetlarini ushlab 
tura olishiga erishadi, naycha orqali suv ichishni o’rganadi. 
Yuqorida qayd etilgan muskullarni umumiy bo’shashtiruvchi mashqlaridan so’ng 
til muskullarini mashq qilishga o’tiladi. Ularni bo’shashtirishda til pastki jag’ 
muskullari bilan o’zaro bog’liq ekanini yoddan chiqarmaslik kerak. Shuning uchun 
spastik ko’tarilgan tilning og’iz bo’shlig’ida pastga harakati pastki jag’ning pastga 
qarab harakati bilan birga qilinsa, mashqni bajarish bola uchun oson kechadi. Maktab 
yoshidagi bolalarga bunday mashqlar auto-trenning ko’rinishida beriladi, «men 
tinchman, juda bo’shashganman, tilim og’zimda tinch holatda. Pastki jag’ pastga 
tushayotganda tilni ham sekin pastga tushiraman». 
Agar bu usullar yetarlicha yordam bermasa, tilning uchiga bir bo’lak toza doka 
yoki toza, yengil biror buyum qo’yiladi. Hosil bo’lgan taktil sezgilar bolaga tilning 
erkin harakatiga nimadir xalaqit berayotganini tushuntirishga, ya’ni spastik holatni 


sezishga yordam beradi. Shundan so’ng logoped logopedik zond bilan tilni yengil 
bosish harakatlarini qiladi. 
Keyingi harakat tilni yengil holda tomonlarga harakat qilishidir. Logoped 
ehtiyotkorlik bilan tilni toza doka bilan ushlab, ritmik ravishda tomonlarga tortadi. 
Asta-sekin logopedning yordami kamayib, bola mashqni o’zi bajara boshlaydi. Massaj, 
davolovchi jismoniy tarbiya mutaxassis tomoni-dan o’tkaziladi. Logoped va ota-onalar 
shifokor nazorati ostida, gigienik talablarga amal qilgan holda uning elementlaridan 
foydalanishlari mumkin. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish