Ayupova M. Yu


Og’izning holatini nazorat qilish



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/177
Sana11.03.2022
Hajmi3,2 Mb.
#491387
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   177
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага

Og’izning holatini nazorat qilish
Dizartriyada og’izning holatini nazorat qilmaslik ixtiyoriy artikulyator 
harakatlarning rivojlanishini qiyinlashtiradi. Dizartriyada, odatda, bolaning og’zi ochiq, 
so’lak oqishi kuzatiladi. 
Olib boriladigan ishlar 3 bosqichga bo’linadi. 
Birinchi bosqich – lablar uchun mashqlarda taktil sezgilarni bolaning og’zini
passiv yopishi bilan birgalikda rivojlantirish. Asosiy diqqat bolaning og’zini yopish 
sezgilariga qaratiladi, bola bu holatlarni oyna orqali ko’rib turadi. 
Ikkinchi bosqich – passiv faol yo’llar orqali og’izni yopish. Og’zini
yopish avval 
boshni pastga egish va og’zini
ochish, boshni orqaga tashlash holatida oson bajariladi. 
Ishning boshlang’ich bosqichlarida ushbu osonlashtirilgan usullardan foydalangan 
holda amalga oshirish mumkin. 
Uchinchi bosqich – og’izni faol ochish va yopish mashqlari so’z ko’rsatmasi 
bo’yicha o’tkaziladi. Masalan, «Og’izni katta och», «Lablarni cho’chchaytir», 
«Lablarni naycha shakliga keltir va avvalgi holatiga qaytar». 
Og’izning turli harakati tasvirlangan rasmlarga qarab mashqlarni bajarish. 
Mashqlar asta-sekin murakkablashib boradi: boladan bo’shashtirilgan lablar orqali 
puflash, tebranish harakatlarini bajarish so’raladi. 
Artikulyatsion gimnastika 
Artikulyatsion gimnastikani o’tkazishda taktil-proprotseptiv stimulyatsiya, statik-
dinamik sezgilarni rivojlantirish, aniq artikulyatsion kinesteziyalar muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Ishning dastlabki bosqichlarida saqlangan analizatorlardan (eshitish, ko’rish, taktil) 
mukammal ravishda foydalanish orqali amalga oshiriladi. Mashqlar ko’zlarni yopiq 
holda bolaning diqqatini proprotseptiv sezishlarga qaratish orqali bajariladi. 
Artikulyatsion gimnastika dizartriyaning shakli va artikulyatsion apparatning 
jarohatlanish darajasiga qarab differensiyallashtiriladi. 
Nutq muskullari harakatini rivojlantirishdan avval yuzning mimik muskullari 
mashqlaridan foydalaniladi. Maktabgacha yoshdan boshlab bolada mimikaning 
ixtiyoriy va differensirlashgan harakatlari va o’z mimikasi ustidan nazorat qilish 
rivojlantiriladi. Bolaning so’zli ko’rsatma bo’yicha ko’zini ochish va yopishga, 
qoshlarini chimirish, lunjini shishirish, so’lagini yutish, og’zini ochish va yopishga 
o’rgatiladi. 
Yuz va lab muskullarining yetarlicha kuchini rivojlantirish uchun toza ro’molcha, 
naychadan foydalanib, maxsus qarshilik mashqlaridan foydalaniladi. Bola naychani 
lablari bilan ushlab, katta odam uni tortib olishga harakat qilsa ham ushlab turishi 
lozim. 


Tilning artikulyatsion gimnastikasi tilning uchini pastki tishlarning chetlariga faol 
tegishini tarbiyalashdan boshlanadi. So’ngra tilning umumiy, kam differensirlangan 
harakatlari avval passiv keyin passiv-faol va faol harakatlari rivojlantiriladi. 
Tilning ildizi muskullarini rivojlantirish ularni maxsus zond orqali til ildizini 
ta’sirlash yo’li bilan reflektor ravishda qisqartirishdan boshlanadi. Mustahkamlash 
ixtiyoriy yo’talishdan foydalanib o’tkaziladi. 
Artikulyatsion motorikani rivojlantirish uzviy ravishda umumiy va maxsus 
mashqlardan foydalanilgan holda olib boriladi. O’yinlar artikulyatsion motorikani 
xarakteri va nuqsonning darajasi, bolaning yoshini e’tiborga olgan holda tanlaniladi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish