sohasining
pastki
bo’limlari
jarohatlanishida
kuzatiladi.
Kinestetik
praksis
kamchiliklarida murakkab affrikat tovushlarining talaffuzi qiyinlashadi.
Topshiriq bo’yicha harakatlarni ketma-ketlikda bajarishda qiyinchiliklar namoyon
bo’ladi.
Qobiqli
dizartriyaning
ikkinchi
va
uchinchi
shakllarida
tovushlarni
mustahkamlashda qiyinchiliklar kuzatiladi.
Ekstrapiramidali dizartriya
(qobiq osti dizartriya).
Ekstrapiramidali tizim tez, aniq va differensial harakatlarni bajarish imkonini
beruvchi tayyorgarlik foniniavtomatik tarzda yaratadi. U mushaklarning tonusini,
mushaklar qisqarishining ketma-ketligi, kuchi va harakatchanligi boshqarishda alohida
o’rin tutadi va harakat aktlarini emotsional ifodali, avtomatik tarzda bajarishni
ta’minlaydi.
Ekstrapiramidali dizartriyada tovushlar talaffuzida kamchiliklar aniqlanadi:
– nutqiy mushaklarda mushak tonusini o’zgarish;
– zo’riqish harakatlari mavjudligi (giperkinezlar);
– nutqiy mushaklardan propritseptiv afferentatsiya kamchiliklari;
– emotsional – harakat innervatsiya kamchiliklari.
Ekstrapiramidali dizartriyada artikulyatsiya apparati mushaklarining harakatlari
hajmi psevdobulbar dizartriyadan farqli ravishda yetarlicha rivojlangan bo’ladi. Bola
doimo o’zgaruvchi mushaklar tonusi va zo’riqishli harakatlar ta’sirida artikulyatsiya
holatini his etishga va bajarishga qiynaladi. Shuning uchun, ekstrapiramidali
dizartriyada ko’p hollarda kinestetik dispraksiya kuzatiladi. Nutq mushaklarini tinch
turgan holatida mushaklarning yengil tebranishi (dispgoniya) yoki uning ma’lum
ma’noda pasayishi (gipotoniya) kuzatilishi mumkin. His-hayajonli, ta’sirchan holatlarda
nutqiy bayonni amalga oshirishda urinishlarda mushaklar tonusini va zo’riqishli
harakatlarning ortishi kuzatiladi. Til tuguncha bo’lib, ildizi tomon tortiladi, juda tez
zo’riqadi, tortiladi. Ovoz apparati va nafas mushaklari tonusining ortishi tovushni
ixtiyoriy tarzda chiqishini yo’qotadi va bola bittagina tovushni ham talaffuz eta
olmaydi. Mushak tonusining yaqqol namoyon bo’lgan kamchiliklarida nutq noaniq,
tushunarsiz, ovoz manqalarining ega bo’lib, nutqning ma’no tomonida, uning
intonatsiyail-ohangli tuzilishida, tempida kamchiliklar kuzatiladi. Nutqning emotsional
belgilari namoyon bo’lmaydi, nutq monoton, bir xil bo’ladi. Ovozni «O’chib qolib»,
tushunarsiz ming’illashga o’tishini kuzatish mumkin.
Ekstrapiramidali dizartriyaning xususiyatlari – bu tovush talaffuzini turg’un va bir
xil
ko’rinishdagi
kamchiliklarining
kuzatilmasligi,
Shuningdek,
tovushlarni
mustahkamlash jarayonining qiyinchilik bilan amalga oshirilishidir.
Ekstrapiramidali dizartriya ayrim hollarda neyrosensor karlik kabi eshitish
kamchiliklari bilan birgalikda keladi. Bunda avvalo, balanda tonlarni eshitish
zararlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: