Ayupova M. Yu



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/177
Sana11.03.2022
Hajmi3,2 Mb.
#491387
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   177
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага

j, sh, r, ch 
talaffuzida 
kamchiliklar kuzatiladi. Jarangli tovushlar talaffuzida ovoz yetarli darajada ishtirok 
etmaydi. 
Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar fonematik rivojlanishga salbiy ta’sir 
ko’rsatadi. Dizartriyaning yengil darajasida ko’pchilik bolalar tovushlar analizida bir 
qator qiyinchilikka uchraydi. Bunday bolalar yozuvda o’ziga xos xatoliklarga yo’l 
qo’yadilar, ya’ni harflarni almashtirib yozadilar. Nutqning leksik grammatik 
tomonlarida kamchiliklar deyarli kuzatilmaydi. 
2. Psevdobulьbar dizartriyaning o’rta og’ir darajada bolada yuz muskullar harakati 
yo’qolgan bo’ladi. Bu holat dizartriyaning o’rta og’ir darajasi uchun xarakterlidir. Lab 
va til harakatlari chegaralangan bo’ladi. Bola lablari va tillarini kerakli holatlarda 
harakatlantira olmaydi. 
Asosiy qiyinchiliklar bir harakatdan ikkinchi harakatga o’tishda yaqqol namoyon 
bo’ladi. Yumshoq tanglay kam harakatchan bo’ladi. Bolada so’lak oqishlari hamda 
chaynash va yutish aktlarida qiyinchiliklar kuzatiladi. 


Artikulyatsion apparat funksiyasidagi kamchiliklar og’ir talaffuz kamchiliklariga 
olib keladi. Bunday bolalar nutqi tushunarsiz bo’ladi va kechikib rivojlanadi. 
3. Psevdobulbar dizartriyaning og’ir darajasi bu – anartriyadir. Bunda asosiy 
kamchilik muskullari og’ir buzilishi va nutq apparatining to’liq faoliyatsizligi bilan 
xarakterlanadi. Anartirik bolalar ma’nosiz, o’zgacha ko’rinishda bo’ladi, pastki jag’ 
tushgan, og’izlari doimo ochiq holda bo’ladi. Til og’iz bo’shlig’ida harakatsiz yotadi, 
lab harakati o’ta chegaralangan bo’ladi. Chaynash va yutish aktlarida qiyinchilik 
kuzatiladi. Nutq to’liq bo’lmaydi. 
Qobiqli dizartriyada
bosh miya qobig’ining o’choqli jarohatlanishi bilan bog’liq 
patogenezga ega nutqning motor kamchiliklar guruhi namoyon bo’ladi. 
Qobiqli dizartriyaning birinchi shakli bosh miyaning oldingi markaziy 
egatchasining pastki bo’limining bir tomonlama yoki ko’p hollarda ikki tomonlama 
jarohatlanishi bilan bog’liq. Bunday xolatlarda artikulyatsiya mushaklarining markaziy 
parezi yuzaga keladi. Tilning ayrim mushaklarini qobiqli parezi juda nozik alohida 
harakatlari hajmining cheklanishiga olib keladi. Qobiqli dizartriyaning bu shaklida til 
oldi tovushlari talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Qobiqli dizartriyani tashxisi uchun 
har bir aniq holatda til oldi tovushlarining zararlanishi va bu kamchiliklarning 
mexanizmlarini aniqlashga yordam beruvchi nozik neyrolingvistik tahlilni amalga 
oshirish zarur. 
Qobiqli dizartriyaning birinchi shaklida til oldi tovushlaridan birinchi navbatda 
kakuminal undoshlar, ya’ni til uchini yuqori tishlar tomon ko’tarib va biroz egilgan 
holda talaffuz qilinadigan undoshlar (sh, j, r) talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. 
Dizartriyaning og’ir ko’rinishlarida bu tovushlar mutlaqo yo’q bo’lsa, yengil 
ko’rinishida talaffuz jarayonida tilni o’rta qismi yumshoq tanglay tomon ko’tariladigan 
tovushlar (s, z, t, d, n) bilan almashtiriladi.
Qobiqli dizartriyada apikal undoshlar, ya’ni talaffuz jarayonida til uchini yuqori 
tishlar va alveolalarga yaqinlashishi va tegib turishi bilan izohlanadigan tovushlar (
l

talaffuzida ham qiyinchiliklar kuzatiladi. 
Shuningdek, qobiqli dizartriyada undosh tovushlarning hosil bo’lishining 
kamchiliklari kuzatilishi mumkin. 
Qobiqli dizartriyada mushak tonusining ortishi xarakterli, ayniqsa, til uchi 
mushaklari tonusining ortishi kuzatiladi. Bu esa nozik differensial harakatlarni 
cheklaydi. 
Qobiqli dizartriyaning ikkinchi shakli kinestetik praksisni yetarli emasligi bilan 
boғliq. Bu esa bosh miyaning dominant yarim shari (odatda, chap yarimsharlar) 
qobig’ining pastki markaziy bo’limlarini bir tomonlama jaro-hatlanishida kuzatiladi. 
Bunday hollarda shovqinli va affrikat undosh tovushlar talaffuzida kamchiliklar 
kuzatiladi. Artikulyatsiya kamchiliklari turli xil va turғun emasligi bilan xarakterlanadi. 
Nutq jarayonida zarur artikulyatsiya holatini izlash nutq tempini sekinlashtiradi va 
uyg’unligida kamchiliklar keltirib chiqaradi. 
Ayrim artikulyatsiya holatlarini his etish va talaffuz etishda qiyinchiliklar 
kuzatiladi. Yuz gnozisini yetarli emasligi kuzatiladi. 
Qobiqli dizartriyaning 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish