So’z boshi
Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda
mamlakatimiz taraqqiyoti
O’zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini oqilona yo’lga
qo’yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari
bilan muntazam ravishda tanishtirib boorish benihoya katta ahamiyatga ega.
Chunki
taraqqiyot taqdirini ma’naviy jahatdan yetuk, dunyoviy bilimlar va texnologiyani
egallagan, irodasi baquvvat,
iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan yuksak salohiyatli
odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan asosiy omil
fan, texnika, madaniyat, ma’rifat, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar
borasidagi yangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakat tajribalarini keng ko’lamda
o’rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdir.
Hurmatli shogirdim, habardorsizki, ilm-fan, madaniyat va ma’rifat
har qanday
mamlakatni yuksaklikka ko’taradi, uning taraqqiyotini ta’minlaydi, kamchiligini
oldindan ko’rsatib beradi. Zero hazrat Alisher Navoiy da’vat qilganidek: “Yigitlikda
yig’ limning mag’zini, qarilikda harj qil oni”. Ilm-ma’rifat orqali inson komillikka
erishgan, shuning uchun ham ta’lim-tarbiyaga alohida ahamiyat berish bu kelajak
haqida qayg’urish, yurt – Vatan va halq istiqbolini o’ylash demakdir. Bu esa bugungi
kunda davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan dolzarb masaladir.
O’zbekistonda ishlab chiqarilgan va amalga oshirilayotgan
Kadrlar tayyorlash
milliy dasturining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga ko’ra bemsl ekani, uning zamonga
mosligi va har qanday talabga javob berishidadir. U nafaqat hozirgi davrda, balki
kelajakni ham o’zida chuqur ifodalagan qudratli strategik hujjatdir.
Biz shoshilmasdan, asosiy maqsaddan og’ishmay, izchillik
bilan Milliy dasturni
amalga oshirishimiz lozim. Shundagina u umumiy madaniyatni yuksaltirishga,
farzandlarimizning jamiyatda o’z munosib o’rnini topishga xizmat qiladi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim-tarbiyani tubdan o’zgartirish, uni
yangi zamon talabi darajasiga ko’tarish, yangicha fikirlovchi va tafakkur qiluvchi
barkamol avlodni tarbiyalash muhim o’rin tutadi. Eng muhimi “Milliy dastur”da aql va
tafakkur sohibi inson omiliga yangicha ma’no berildi. Bu talaba, o’quvchilar, ayniqsa,
iqtidorli va is’tedodli yoshlar bilan ishlashni takomillashtirishni taqazo qiladi.
Shu vazifalardan kelib chiqib, qo’lingizdagi ushbu
darslikni zamon talabi
darajasida darajasida mukammallashtirib tuzishga harakat qildik.
Shuni ta’kidlash joizki, so’nggi yillarda O’zbekistonda logopediya fanining
rivojlanishida siljishlar ko’zga tashlanmoqda. Nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar
uchun maxsus muassasalar soni ko’paymoqda. Psixolingvistik tahlil asosida nutq
patologiyasining eng murakkab turlari (afaziya, alaliya va nutqning to’liq rivojlanmay
qolishi, dizartriya) haqidagi muhim ma’lumotlar olinmoqda. Murakkab nuqsonlar:
bolalarning aqliy zaifligi, ko’rish, eshitish, tayanch tayanch harakat apparatlari buzilishi
paytidagi nutq buzilishlari o’rganilmoqda.
Biz bu haqdagi ma’lumotlarni o’z ichiga jamlagan
Logopediya darsligini
tayyorlashga harakat qildik.
Darslikda logopediya nazariyasi va amaliyotining hozirgi ahvoli o’z aksini topgan.
So’nggi yillardagi darsliklar va qo’llanmalarda keltirilgan qator nazariy qoidalardan
foydalanilgan. Darslikning har bir bobida nutq buzilishlarining ta’rifini keltirib,
buzilishdagi tipik holatlarning etiopatogenezlarini tahlil etildi. Maktabgacha tarbiya va
maktab yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan logopedik tuzatish ishlarining metodlari
ochib berildi. Nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar uchun tashkil etilgan o’quv-
tarbiyaviy muassasalarda olib boriladigan ishlar, ularning halq ta’limi
tizimida tutgan
o’rni, bog’cha va maktab sharoitida bolalar bilan yakka tartibda olib boriladigan
ishlarning shakl va metodlari bayon etilgan.
Mazkur darslik pedagogika institute va universitetlarining defektologiya fakul’teti
talabalari va amaliyotda nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar bilan ish olib borayotgan
logopedlarga mo’ljallangan/
Darslikni tayyorlashda bizga yaqindan yordam bergan ustozimiz professor,
pedagogika fanlari doktori L.R.Mo’minovaga, o’zlarining qimmatli fikr-mulohazalarini
bildirgan hamkasblarimizga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.