Ayupova M. Yu



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/177
Sana11.03.2022
Hajmi3,2 Mb.
#491387
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   177
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага

Artikulyatsion bo‘lim
. Artikulyatsion bo‘limning asosiy a’zolari: til, lablar, jag‘ 
(yuqori va pastki), qattiq va yumshoq tanglay, alьveolalardir. Ulardan til, lab, yumshoq 
tanglay va pastki jag‘ faol, qolganlari passiv organlar hisoblanadi (3-rasm). 
Artikulyatsion bo‘limning asosiy a’zosi tildir. Til – salmoqli muskul a’zosidir. 
Yig‘ilgan jag‘da (jag‘lar bir-biriga tegib turganda) u deyarli butun og‘iz bo‘shlig‘ini 
to‘ldiradi. Tilning oldingi qismi harakatchan, orqa qismi harakatsiz bo‘lib, til ildizi 
nomini olgan. Tilning harakatchan qismining uchi, old yon va orqa tomonlari farq 
qilinadi. Tilning murakkab muskullar tizimi, ularning katta kenglikda shaklini 
o‘zgartirish imkoniyatini yaratadi. Bu juda katta ahamiyatga ega, chunki u hamma unli 
va deyarli hamma undosh tovushlarni (lab tovushlaridan tashqari) hosil bo‘lishida 
qatnashadi. Nutq tovushlarining hosil bo‘lishida pastki jag‘, lablar, tish, yumshoq va 
qattiq tanglay, alьveolalar ham ishtirok etadi. 
Nutq tovushlarining balandligi va aniqligi rezonatorlar tufayli hosil qilinadi. 
Rezonatorlar nadstav nayida joylashgan. 
Nadstav nayi – bu hiqildoqdan yuqorida joylashgan: halqum, og‘iz bo‘shlig‘i va 
burun bo‘shlig‘i hisoblanadi. 
Odamda og‘iz va halqum bir bo‘shliqni hosil qiladi. Bu hamma tovushlarni 
talaffuz etishga imkoniyat yaratadi. 1. Hayvonlarda (maymunlarda) halqum va ovoz 
bo‘shlig‘i juda tor teshik bilan bog‘langan. Bu nutq rezonatorining zarur funksiyasini 
bajaradi. Nadstav nayi odamda evolyutsiya davomida hosil bo‘lgan. 
Nadstav nayi o‘zining tuzilishi, kattaligi, shakli bo‘yicha o‘zgarishi mumkin. 
Nadstav nayining kattaligi va shaklining o‘zgarishi nutq tovushlarini hosil qilishda katta 
ahamiyatga egadir. 
Nadstav nayining shakli va kattaligining o‘zgarishi rezonansni keltirib chiqaradi. 
Rezonans natijasida nutq tovushlari oberitonlarining birlari kuchayadi, boshqalari esa 
pasayadi. Shunday qilib, tovushlarning maxsus nutq tembri vujudga keladi. Masalan, a 
tovushini talaffuz etganda og‘iz bo‘shlig‘i kengayadi, hiqildoq esa torayadi va 
cho‘ziladi. I tovushini talaffuzida esa, aksincha, og‘iz bo‘shlig‘i torayadi, hiqildoq 
kengayadi. 
Maxsus nutq tovushlari faqatgina hiqildoqda emas, balki rezonatorlarda (halqum, 
og‘iz va burun bo‘shliqlari) ham hosil bo‘ladi. 
Nadstav nayi nutq tovushlarining hosil bo‘lishida ikki funksiyani: rezonatorlik va 
shovqinli tebratgich funksiyasini bajaradi (tovush tebratgichlarining funksiyasini 
hiqildoqda joylashgan ovoz paychalari bajaradi). 
Lablar, til va tish orasidagi, til va qattiq tanglay o‘rtasidagi, til va alьveolalar 
orasidagi, lab va tish orasidagi teshiklar shovqinli tebratgichlar bo‘lib hisoblanadi. 
SHovqinli tebratgich yordamida jarangsiz undoshlar hosil bo‘ladi. Bir vaqtning 
o‘zida ohangli tebratgich (ovoz paychalarining tebranishi)ning tebranishidan jarangli va 
sonor undoshlar hosil bo‘ladi. 


Og‘iz bo‘shlig‘i va halqum o‘zbek tilidagi hamma tovushlarning talaffuzida 
ishtirok etadi. Agarda kishi tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilsa, burun rezonatori faqat m 
va n tovushlarining talaffuzida ishtirok etadi. Qolgan tovushlarning talaffuzida 
yumshoq tanglay va kichkina tilcha hosil qilgan tanglay pardasi burun bo‘shlig‘i yo‘lini 
berkitib qo‘yadi. 
Shunday qilib, periferik nutq apparatining birinchi bo‘limi havo yetkazish uchun
ikkinchisi ovoz hosil bo‘lishi uchun xizmat qiladi, uchinchisi esa rezonator hisoblanadi. 
Artikulyatsion apparatning alohida a’zolarining faol faoliyati natijasida nutqimizdagi 
tovushlar hosil bo‘ladi. 
O‘ylangan informatsiyaga binoan tovushlarni talaffuz etishda, nutqiy harakatlarni 
tashkil etish uchun bosh miya po‘stlog‘idan kerakli ko‘rsatmalar ajratib olinadi. Bu 
ko‘rsatmalar artikulyator dasturi degan nom olgan. Artikulyator dastur nutq harakat 
analizatorining bajaruvchi qismi, ya’ni nafas fonator va rezonator tizimida amalga 
oshiriladi. 
Nutq harakatlari Shunday aniqlikda sodir bo‘ladiki, natijada nutqning alohida 
tovushlari hosil bo‘ladi va og‘zaki (yoki ekspressiv) nutq shakllanadi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish