Ayupova M. Yu



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/177
Sana11.03.2022
Hajmi3,2 Mb.
#491387
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   177
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага

Qayta aloqa tushunchasi
. Yuqorida aytib o‘tilganidek, markaziy nutq apparati 
tomonidan keladigan nerv impulьslari periferik nutq apparati a’zolarini harakatga 
keltiradi, lekin shu bilan birgalikda qayta aloqa ham mavjud. U qanday amalga 
oshiriladi? Bu aloqa ikki yo‘nalishda: kinestetik va eshituv yo‘li orqali o‘z funksiyasini 
bajaradi. 
Nutq aktini to‘g‘ri amalga oshirishda uni nazorat qilish zarur. Bu nazorat eshitish 
va kinestetik sezish orqali amalga oshiriladi. 
Bunda nutq a’zolarining bosh miya po‘stlog‘iga keluvchi kinestetik sezgilar asosiy 
rolь o‘ynaydi. Aynan kinestetik nazorat qilish xatolarni bartaraf etishga va tovush 
talaffuziga qadar tuzatishlar kiritish imkoniyatiga ega. 
Eshituv nazorati esa faqat tovush talaffuzi vaqtida amalga oshiriladi. Eshituv 
nazorati orqali inson o‘z talaffuzidagi kamchiliklarni sezadi. Bu kamchiliklarni bartaraf 
etish uchun artikulyatsiyani to‘g‘rilash va uni nazorat qilish kerak. 
Qaytish impulьslari nutq organlaridan nutq organlarining qay holatida xato 
(kamchilik) sodir bo‘lganligini nazorat qiluvchi markazga boradi. So‘ng markazdan 
aniq artikulyatsiyani hosil qiluvchi impulьslarni yuboradi. Shundan so‘ng yana hosil 
qilingan natija haqida impulьs sodir bo‘ladi. Eshituv nazorati artikulyatsiya bilan 
kelishmagunga qadar bu davom etaveradi. Qayta aloqa xuddi doira bo‘yicha o‘z 
funksiyasini bajaradi deyish mumkin. Bunda impulьslar markazdan periferiyaga va 
periferiyadan markazga tomon intilishda davom etadilar. 
Shunday qilib, qayta aloqa amalga oshiriladi va ikkinchi signal tizimi shakllanadi. 
Qayta aloqa tizimi nutq organlari ishining avtomatik boshqariluvini ta’minlaydi. 
 
Bolalar nutqining rivojlanishida ko‘rish va eshitishning roli 
Odamda atrofdagi muhit bilan aloqa bog‘lashning yangi shakllari paydo bo‘ladi. 
“Rivojlanib borayotgan hayvonot dunyosida, – deb yozgan edi I.P. Pavlov, – odam 


fazasiga kelib nerv faoliyati mexanizmlariga nihoyatda katta qo‘shimcha qo‘shildi”
1
. Bu 
qo‘shimcha odamda nutq paydo bo‘lishi va yangi signal tizimi vujudga kelishidan 
iborat bo‘ldi. Organik dunyo taraqqiyotining shu bosqichida muhit bilan aloqa 
bog‘lashning yangi, faqat odamga xos bo‘lgan ikkinchi signal tizimi qaror topdi. 
“Bo‘lg‘usi odamda, – deb yozadi I.P. Pavlov, – ikkinchi darajali signallar, 
birinchi signallarning signallari – talaffuz etiladigan, eshitiladigan va ko‘riladigan 
so‘zlar ko‘rinishida paydo bo‘lib, rivojlanib bordi va yuqori darajada kamolga yetdi”
2

Bolaning nutqi rivojlanayotgan ikkinchi signal tizimining birinchi signal tizimi 
tomonidan doimo aniq impulьslar bilan qo‘llab-quvvatlangandagina to‘g‘ri shakllanadi. 
Birinchi signal tizimi sezgi hosil qiluvchi signallarga ega. 
Nutqning to‘g‘ri rivojlanishi uchun bola normal eshitadigan bo‘lishi muximdir. 
Eshitish organi bola tug‘ilgan kunidan boshlaboq ishga tushadi. 1. 
Hayotining 
ikkinchi haftasiga kelib, bolaning ovozga quloq solayotganini kuzatish mumkinki, bu 
eshituv analizatorining funksional jihatdan yetarlicha yetukligi hamda markaziy nerv 
tizimida eshituv dominantasi paydo bo‘la olishini ko‘rsatadi. 1. 
Hayotining 
2-
oyiga kelib bola sifat jihatdan har xil tovushlarni ajrata boshlaydi. 3-oydan boshlab 
ovoz kelgan tomonga qarash odati paydo bo‘ladi, bola 3 – 4 oylik bo‘lib qolganda 
tovushlarning tonini ajrata boshlaydi. 
Bolalarda nutqning eshitish bo‘sag‘asi yosh ulg‘aygan sari o‘zgarib boradi, 6,5 – 
9,5 yashar bolalarda nutqni eshitish bo‘sag‘asi katta yoshli bolalardagiga qaraganda 
yuqori bo‘ladi. 
Nutqning rivojlanib borishida bolalarning kattalar bilan aloqa bog‘lab, 
suhbatlashishi katta ahamiyatga ega. Bu esa bolaning eshitib eslab qolish qobiliyati va 
lug‘at boyligini boyib borishiga yordam beradi. 
Shunday qilib, bola o‘zining artikulyatsion apparat faoliyatini eshituv 
analizatoridan kelayotgan signallarga bo‘ysundirish malakasini egallab boradi. Eshituv 
yordamida bola atrofdagilarning nutqini idrok etadi, unga taqlid qiladi va o‘z talaffuzini 
nazorat qiladi. 
L.V. Neyman va V.I. Belьtyukovlarning olib borgan tekshirishlarining 
ko‘rsatishicha, eshituvning oz pasayishida ham (20-25 Dbdan ko‘p bo‘lmagan) ayrim 
tovushlarni idrok qilishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Eshitishning bunday pasayishi 
nutq rivojlangunga qadar yoki eng ilk rivojlanish davrida yuzaga kelsa, odatda, 
nutqning umumiy rivojlanmaganligiga olib keladi. Tovushlar talaffuzida buzilishlar 
bo‘lar ekan, lug‘at boyligi va grammatik tizim ham yetarli darajada rivojlanmaydi. 
Tug‘ma kar tug‘ilgan bolalarda atrofdagilar nutqiga taqlid qilish rivojlanmaydi. 
Gugulash ularda normal eshitishga ega bo‘lgan tengdoshlaridagidek paydo bo‘ladi. 
Lekin u eshituv idroki tomonidan mustahkamlanmaganligi sababli asta-sekin so‘nib 
boradi. Bu holatlarda maxsus pedagogik ta’sirsiz bolalarda nutq rivojlanmaydi. Ilk 
yoshlik paytida bola tovush, bo‘g‘in va atrofdagilarning so‘zlarini noaniq buzilgan 
holda idrok etadi. SHu sababli bolalar bir fonemani ikkinchisi bilan aralashtirib 
yuboradilar, nutqni yomon tushunadilar. Juda ko‘p hollarda bolalar o‘zlarining noto‘g‘ri 
1
И.П.Павлов. тула асарлар туплами, III том, 2-китоб. –М., 1951. 335-бет. 
2
Уша асар, 345-бет. 


talaffuzlarini sezmaydilar. Natijada u odat tusiga kirib, turg‘un bo‘lib qoladi. 
Keyinchalik bu holat qiyinchilik bilan bartaraf qilinadi. 
Fonematik idrok asta-sekin, talaffuzning shakllanishi bilan parallel ravishda 
rivojlanadi. Odatda, bola 4 yoshga yetganda o‘z ona tilidagi barcha fonemalarni eshitish 
orqali ajrata olish qobiliyatiga ega bo‘ladi. 
Ko‘rish ham bola nutqining rivojlanishida muhim rolь o‘ynaydi. Nutqning paydo 
bo‘lishi va uning idrok qilinishida ko‘rish analizatorlarining muhim rolь o‘ynashi, 
tug‘ma ko‘r bolalarning kech gapira boshlaganligi bilan tasdiqlanadi. Ko‘radigan bola 
gapirayotganlarning til va lab harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatadi, ularni 
qaytarishga harakat qiladi. Odatdagi artikulyatsion harakatlarni yaxshi taqlid qiladi. 
Bolaning rivojlanishi jarayonida ko‘rish, eshitish va boshqa analizatorlar o‘rtasida 
shartli aloqalar tizimi yuzaga keladi va u takrorlanib turuvchi aloqalar bilan doimo 
rivojlanib, mustahkamlanib boradi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish