Ayupova M. Yu


Funksional ovoz buzilishlari



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/177
Sana11.03.2022
Hajmi3,2 Mb.
#491387
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   177
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага

 
Funksional ovoz buzilishlari
Funksional ovoz buzilishlari nisbatan keng tarqalgan va turli tumandir. Ular 
hiqildoq yallig‘lanishi yoki u yoki bu anatomik o‘zgarishlari bilan kechmaydi. 
Pedagogik adabiyotlarda mutaxassislar uchun organik buzilishlar etiologiyasini va 
patogenezining murakkabligi bilan bog‘liq ravishda ma’lum qiyinchiliklarni keltirib 
chiqarganligi sababli funksional buzilishlarni bartaraf etish nisbatan yengil ekanligi
haqidagi fikrlar bahsli hisoblanadi. 
Funksional buzilishlarning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin: ya’ni ovozning charchashi, 
ovozni yomon qo‘yilishi, infeksion kasalliklar hamda psixik omillarning ta’siri. Ba’zan sanab o‘tilgan 
sabablar uyg‘unlashgan holda kelishi «boshlanuvchi» davrni aniqlashni qiyinlashtiradi. Uzoq davom 
etgan funksional o‘zgarishlar hiqildoq shilliq qoplamasi giperemiyasi (qizarishi), ovoz boylamlarining 
yo‘g‘onlashuvi, shish va shish ko‘rinishdagi psevdoorganik qoplamalarni yuzaga keluvchi funksional 
buzilishlarga tashxis qo‘yishni qiyinlashtiradi. 
Periferik funksional buzilishlarga fonosteniya, gipo va gipertonus afoniya, disfoniyalar kiradi. 
Fonosteniya-bu ovozning funksional buzilishi bo‘lib, nafas fonatsiya, artikulyatsiya o‘rtasidagi 
koordinatsiyaning buzilishi bilan xarakterlanadi. 
Fonosteniyaning kelib chiqishi haqida turli fikrlar mavjud. Nafas yo‘llarining o‘tkir shamollashi, 
ovozga katta yuklama berish, bosh miya po‘stlog‘ida tormozlanish fonosteniyani paydo bo‘lishiga 
sabab bo‘ladi va ovoz apparati mushagining harakat funksiyasi buzilishi kuzatiladi. 


L.D. Rabotnov fikriga ko‘ra, fonosteniyaning rivojlanishi uchun ta’sir qiladigan faktorlar 
quyidagilar: turli xil somatik kasalliklar, organizmdagi garmonal tenglikning o‘zgarishi, himoya 
kuchining pasayishi, psixik o‘zgarishlar, ovoz apparatining zo‘riqishi. A. Mitrinovich-Modjeevka 
(1965) hiqildoqning anatomik tuzilishida kamchiligi bo‘lgan bemorlarda fonosteniyaning 
rivojlanishini kuzatdi. 
Fonosteniyani ko‘pchilik mualliflar (Fomichev M.I., 1949; T.Ye Shamsheva., V.P.Morozov, 
1966; Yu.S. Vasilenko 1978., L.A. Zaritskiy 1984) kasb kasalligiga kiritadilar. Ularning fikricha, 
ashula aytish murakkab psixo-fizik jarayon hisoblanadi va bu qo‘shiqchining nerv psixik holatiga 
ta’sir etadi, ayniqsa, endi qo‘shiq aytishni boshlagan qo‘shiqchilar davraga birinchi bor 
chiqayotganlarida ovozni yo‘qotish xavfidan qo‘rqish hissiyoti kuchayadi va qo‘shiqni erkin ayta 
olmaydi, buning natijasida ovoz boylamlari muskuli taranglashuviga, o‘zining fiziologik holatini 
o‘zgarishiga va qo‘shiqni asl ovoz holatida bo‘lmasligiga olib keladi.
V.A. Trinos (1981) fonosteniyaning paydo bo‘lishini umumiy va joyli sabablariga ajratadi. L.A. 
Zaritskiy (1984), Z.I. Anikeeva (1985) fonosteniyani o‘tkir va surunkali turlarga ajratdi. 
Fonosteniyada bemorlarning shikoyati xilma-xil bo‘ladi: tez jahl chiqish, sahnaga chiqishdan 
oldin qo‘rquv, uyquning buzilishi, hiqildoqda qadalish, tovush balandligi va tembrining o‘zgarishi, 
so‘zlaganda hiqildoqda og‘riq, ovozning juda charchashi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish