Kafedrasi abdullayev utkir azimovich


 Inflyatsiyaga qarshi kurash siyosati



Download 4,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/157
Sana26.02.2022
Hajmi4,37 Mb.
#465877
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   157
Bog'liq
Monetar siyosat umk

 
4. Inflyatsiyaga qarshi kurash siyosati 
 
Mamlakat milliy valyutasining xarid qobiliyatini mustahkamlash, valyuta 
kursi barqarorligini saqlash, iqtisodiyotning pulga bo’lgan talab va taklifini 
muvozanatli ravishda qondirish, milliy va xalqaro hisob-kitoblar tizimining 
uzluksiz hamda samarali ishlashini ta’minlash boshqa omillar bilan bir qatorda, 
monetar siyosatda qo’llaniladigan targetlash vositalariga ham bog’liqdir. Iqtisodiy 
kategoriyalar xilma – xil bo’lishi bilan birga har turli iqtisodiy tizimlarda amal 
qilish xususiyati va shartlari ham turlicha bo’ladi. Talab, taklif, raqobat kabi 
terminlar rejali iqtisodiyot uchun yod tushunchalar bo’lgani holda inflyatsiya 
atamasi barcha iqtisodiy tizimlar uchun xos bo’lgan kategoriya hisoblanadi. 
Inflyatsion jarayonlar boshqarilishi muammosi barcha iqtisodiy tizimlarda mavjud. 
Inflyatsiya 
boshqarilishi 
bir 
vaqtning 
o’zida barcha 
makroiqtisodiy 
ko’rsatkichlarga, iqtisodiy sub’ektlar faoliyatiga, aholi daromadlariga va 
investitsion faollikka ta’sir ko’rsatadi. 
Hozirgi davrda inflyatsiya muammosi iqtisodchi olimlar qashshoq yoki 
rivojlanayotgan mamlakatlar hamda iqtisodiyoti taraqqiy topgan mamlakatlar 
hukumatlarining ham asosiy diqqat e’tiborida turgan umumiqtisodiy holat 
hisoblanadi. Ayniqsa, ushbu muammo hamon davom etayotgan jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etishda jiddiy tus olmoqda. Har bir alohida 
olingan mamlakatda inflyatsiya sur’atlarini boshqarish masalasi juda muhim 
ahamiyat kasb etadi.
 
Inflyatsiyaga qarshi kurash siyosatining asosiy maqsadi bo’lib, inflyatsiya 
ustidan nazorat o’rnatish va inflyatsion jarayonlarning chuqurlashishiga yo’l 
qo’ymaslik hisoblanadi. 
Inflyatsiyaga qarshi kurash siyosatining muhim yo’nalishlari sifatida 
quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 
1. Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi monetar va nomonetar omillarning 
haqiqatdagi darajasiga baho berish. 
2. Tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlari baholarini tartibga solish 
mexanizmini takomillashtirish. 
Masalan, Rossiyada tabiiy monopoliyalar tomonidan ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar 
va 
xizmatlar 
baholarining 
o’sishini inflyatsiyaga ta’sirini 
kamaytirishda ijobiy natijalarga erishildi. Chunonchi, davlat tomonidan tartibga 
solinadigan elektr energiyasi, gaz va temir yo’lda yuk tashish baholarining 
o’zgarishini tavsiflovchi indekslar bilan bir vaqtning o’zida tariflarning integral 
ko’rsatkichi ishlab chiqildi. Ushbu ko’rsatkichni hisoblashda gaz, elektr energiyasi 
va temir yo’lda yuk tashish bo’yicha tegishli uch indeksning har biri sanoat 


 
bo’yicha umumxarajatlarning tarkibida monopol mahsulotlar (xizmatlar) ning har 
bir turining salmog’i hisobga olingan holda aniqlandi
146

Mazkur tajribaning respublikamiz amaliyoti nuqtai-nazaridan dolzarbligi 
shundaki, tabiiy monopoliyalar mahsulotlari (xizmatlari) baholarining o’sishi 
mamlakatimizda inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi muhim omillardan biri bo’lib 
qolmoqda.
3. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholining inflyatsion kutish 
psixologiyasiga barham berish. 
4. Moliya bozorlarini rivojlantirish va davlat tomonidan tartibga solish 
mexanizmini takomillashtirish. 
5. Pul massasining o’sish sur’atlarining barqarorligini ta’minlash. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash bosqichida aholi va korxonalar joriy 
hisobraqamlaridagi valyuta mablag’larini tijorat banklarining muddatli va 
jamg’arma depozit hisobraqamlariga jalb etish va ularni iqtisodiyotning ustuvor 
yo’nalishlariga kredit sifatida yo’naltirish milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning 
ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu vazifani hal etish, o’z navbatida, 
xorijiy valyutalarda banklarga jalb etilgan muddatli va jamg’arma depozitlariga 
to’lanadigan foiz stavkalarini oshirish yo’li bilan mazkur depozitlarning aholi va 
korxonalar uchun jozibadorligini oshirishni taqozo etadi. 
Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi asosiy omillar sifatida quyidagilarni 
ko’rsatish mumkin: 
1. O’zbekiston Respublikasida byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqining 
o’sishi bilan iste’mol tovarlari baholarining o’sishi o’rtasidagi bevosita bog’liqlik 
mavjud.
Ushbu bog’liqlikning yuzaga kelishi quyidagi omillarga asoslanadi: 
– byudjet tashkilotlarida ish haqining o’sishi iste’mol tovarlariga bo’lgan 
talabning oshishiga olib keladi, chunki iste’mol tovarlarining sezilarli qismi aholi 
tomonidan naqd pullarga xarid qilinadi;
– chakana savdo shoxobchalari orqali iste’mol tovarlarini sotayotgan savdo 
xodimlarining ongiga ish haqlarining o’sishi kuchli psixologik ta’sir ko’rsatmoqda. 
2. Respublikamizda talab inflyatsiyasining kuchayishi natijasida YaIM 
deflyatorining yuqori darajasi saqlanib qolmoqda. Masalan, YaIM deflyatori 2011 
yilda 20,0 foizni tashkil etdi
147
.
Pullar taklifining inflyatsiyaga ta’siri isbotlangan bo’lsada, inflyatsiyani 
yuzaga keltiruvchi barcha omillar monetar mazmunga ega emas va binobarin, 
Markaziy bankning nazorati doirasidan tashqaridadir. Lekin mazkur nomonetar 
omillar o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida inflyatsiyaning o’sish sur’atlariga kuchli 
ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli, pul-kredit siyosatining strategiyasini ishlab chiqishda 
bazaviy inflyatsiyaga, ya’ni inflyatsiyaning uzoq muddatli davriy oraliqlardagi 
o’zgarishiga alohida e’tibor qaratiladi. Bu esa, Markaziy bankning inflyatsiyani 
jilovlashdagi rolini aniqroq baholash imkonini beradi. 
Inflyatsiyaning klassik talqinida, baholarning o’sishi, pulning aylanish tezligi 
o’zgarmasdan qolgan sharoitda, pul taklifining oshishiga bog’liq. Pullar taklifi va 
146
Kudrin A. Inflyatsiya: rossiyskie i mirovie tendentsii // Voprosi ekonomiki – Moskva, 2007. - №10. – S.19. 
147
“O’zbekiston iqtisodiyoti” axborot-tahliliy sharhi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblandi. 


 
pulning aylanish tezligi o’zgarmagan sharoitda alohida tovarlarning bahosi 
o’zgarganda ham mamlakatda baholarning umumiy darajasi o’zgarmasdan qoladi. 
Shu sababli, baholar umumiy darajasining o’sishi bilan ularning alohida olingan 
tovar pozitsiyalari bo’yicha o’sishini jiddiy farqlash lozim.
3. Fuqarolarimizning xorijiy davlatlardan jo’natayotgan pul o’tkazmalari 
inflyatsiyani yuzaga keltirayotgan omillar ichida asosiy o’rinni egallamoqda. 
2011 yilda birgina Rossiya Federatsiyasidan respublikamizga fuqarolarimiz 
tomonidan jo’natilgan pul o’tkazmalari miqdori 4 mlrd. 900 mln. AQSh dollarini 
tashkil qildi
148

Ushbu valyuta mablag’larining sezilarli qismi tovarlar sotib olishga 
sarflanmoqda. Natijada so’mdagi mablag’larga nisbatan qo’shimcha talab yuzaga 
kelmoqda. 
Bunday holatni boshqa mamlakatlar amaliyotida ham kuzatish mumkin. 
Masalan, Rossiyada hozirgi davrda neft bahosining oshishi natijasida xorijiy 
valyutalardagi tushumning o’sish tendentsiyasi mavjud. Lekin bu tushumlarning 
asosiy qismi Barqarorlashtirish fondiga tushadi. Bu esa, ulardan foydalanishda 
milliy valyutadagi pul massasiga nisbatan yuzaga keladigan talabni hisobga olish 
imkonini yuzaga keltiradi. Respublikamizda esa, fuqarolarimizning xorijiy 
davlatlardan jo’natayotgan pul o’tkazmalarining so’mdagi pul massasiga ta’siri 
xarajat mexanizmi orqali yuzaga keladi, ya’ni xorijiy valyutalardagi 
o’tkazmalarning asosiy qismi so’mga almashtiriladi va ularga tovarlar hamda 
xizmatlar xarid qilinadi. Markaziy bank esa, ushbu ta’sir mexanizmiga bevosita 
ta’sir ko’rsata olmaydi. 
4. Tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlari baholarining o’sish 
sur’atlariga ega ekanligi inflyatsion jarayonlarning yuzaga kelishida muhim o’rin 
tutmoqda. 
Shunday holatni boshqa davlatlar misolida ham kuzatish mumkin. Masalan, 
Rossiyada neft va gaz bahosining oshishi inflyatsiyaning kuchayishiga xizmat 
qilmoqda. Shu sababli, Rossiyada tabiiy monopoliyalar tomonidan ishlab 
chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar baholarining o’sishini inflyatsiyaga ta’sirini 
kamaytirishda ijobiy natijalarga erishildi. Chunonchi, davlat tomonidan tartibga 
solinadigan elektr energiyasi, gaz va temir yo’lda yuk tashish baholarining 
o’zgarishini tavsiflovchi indekslar bilan bir vaqtning o’zida tariflarning integral 
ko’rsatkichi ishlab chiqildi. Ushbu ko’rsatkichni hisoblashda gaz, elektr energiyasi 
va temir yo’lda yuk tashish bo’yicha tegishli uch indeksning har biri sanoat 
bo’yicha umumxarajatlarning tarkibida monopol mahsulotlar (xizmatlar) ning har 
bir turining salmog’i hisobga olingan holda aniqlandi
149

5. Naqd pullarga bo’lgan talabning nisbatan yuqori ekanligi. 
Aholi pullik to’lovlarining asosiy qismini naqd pullarda amalga 
oshirilayotganligi, plastik kartochkalar va pullik cheklar vositasidagi to’lovlarning 
rivojlanmaganligi naqd pullarga bo’lgan talabning yuqori darajada qolishiga sabab 
bo’lmoqda.
148
Godovoy otchet Tsentralnogo banka Rossiyskoy Federatsii za 2011 god. – Moskva, 2012. – S.178.
149
Kudrin A. Inflyatsiya: rossiyskie i mirovie tendentsii // Voprosi ekonomiki – Moskva, 2007. - №10. – S.19. 


 
Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi, plastik kartochkalar va pullik cheklarga 
asoslangan to’lov tizimi rivojlanmagan mamlakatlarda pul aylanmasining sezilarli 
qismi naqd pullarda amalga oshiriladi. Buning natijasida, birinchidan, naqd pul 
muomalasi bilan mamlakatdagi iqtisodiy faollik o’rtasida bevosita bog’liqlik 
yuzaga keladi; ikkinchidan, naqd pul muomalasining milliy valyutaning almashuv 
kursiga nisbatan ta’siri kuchayadi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining 
rivojlanmaganligi naqd pullarga bo’lgan talabning yuqori darajada saqlanib 
qolishiga sabab bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, naqd pul muomalasining milliy 
valyuta kursiga ta’siri masalasini ilmiy asosda tadqiq qilish va mazkur ta’sirning 
salbiy jihatlariga barham berish yo’llarini ishlab chiqish zaruriyatini yuzaga 
keltiradi. 
6. Monetar siyosatni takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan muammolarning 
mavjudligi. 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash siyosatini 
takomillashtirish borasidagi muammolarni hal qilish Markaziy bankning 
kreditlarning foiz stavkalariga ta’sir etish orqali muomaladagi pul massasini 
tartibga solish imkoniyatini oshiradi. Bu esa, pirovard natijada, xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar va aholining to’lov qobiliyatini rag’batlantirish va milliy valyutaning 
barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining diskont va lombard kreditlari 
berish amaliyotining mavjud emasligi uning qayta moliyalash siyosatini 
takomillashtirish borasidagi dolzarb muammolardan sanaladi. 
Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati orqali milliy valyuta nominal va 
real almashuv kurslarining o’zgarishiga samarali ta’sir ko’rsatish mumkin. 
Respublikamiz tijorat banklari brutto kreditlarining hajmida markazlashgan 
kreditlarning kichik salmoqqa ega ekanligi (2%) va qisqa muddatli banklararo 
kreditlarning respublikamiz amaliyotida mavjud emasligi O’zbekiston Markaziy 
banki qayta moliyalash siyosatining samaradorligini oshirishga to’sqinlik qiladi va 
qayta moliyalash stavkalarini o’zgartirish yo’li bilan bank kreditlari foiz 
stavkalarining darajasiga ta’sir etish imkonini bermaydi; 
Qayta moliyalash instrumentlaridan kompleks foydalanishgina Markaziy bankka 
qayta moliyalash kreditlari hajmini barqaror tarzda oshirish imkonini beradi.

Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish