3.Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi nomonetar omillar.
Muomaladagi pul massasining asosiy qismi tijorat banklarining kredit
emissiyasi natijasida vujudga keladi. Shu sababli, muomaladagi pul massasini
tartibga solishda asosiy e’tibor tijorat banklarining kredit ekspansiyasini
jilovlashga qaratiladi. Bu esa, o’z navbatida, Markaziy bankning tijorat banklari
kredit emissiyasiga bevosita va tezkor tarzda ta’sir qiladigan monetar
instrumentlarga bo’lgan ehtiyojini yuzaga keltiradi. Majburiy zaxira talabnomasi,
boshqa monetar instrumentlardan farqli o’laroq, tijorat banklarining kreditlash
salohiyatiga bevosita va tezkor ta’sir etish xususiyatiga ega. Shu sababli,
rivojlangan sanoat mamlakatlari markaziy banklari ham mazkur instrumentdan
foydalanish amaliyotidan voz kechishmadi.
Markaziy bank pul-kredit siyosatining instrumentlaridan foydalanish
amaliyoti takomillashmagan mamlakatlarda, xususan, ko’pchilik o’tish iqtisodiyoti
mamlakatlarida majburiy zaxira siyosatidan Markaziy bank pul-kredit siyosatining
asosiy instrumentlaridan biri sifatida foydalanadi.
Buning boisi shundaki, birinchidan, o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarining
ko’pchiligida moliya bozorlari rivojlanmagan bo’lib, bu holat markaziy
banklarning ochiq bozor siyosatini, qayta moliyalash siyosati va valyuta siyosatini
rivojlantirishga to’sqinlik qiladi; ikkinchidan, majburiy zaxira siyosati
muomaladagi pul massasiga bevosita va tez ta’sir qilish xususiyatiga ega;
uchinchidan, majburiy zaxira talablariga tijorat banklari tomonidan rioya
etilayotganligi ustidan nazorat qilish oson.
Buning sababi shundaki, Markaziy bank tijorat banklarining balans
ma’lumotlarini doimiy tarzda olib turish amaliyotiga ega. Masalan, O’zbekiston
Respublikasida Markaziy bankning tijorat banklarini litsenziyalash va ular
faoliyatini tartibga solish bilan shug’ullanadigan departamenti xodimlari tijorat
banklarining balans ma’lumotlarini doimiy va tezkor tarzda olishadi va ushbu
ma’lumotlar asosida tijorat banklari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi majburiy zaxira
siyosatining ikki salbiy jihati mavjud:
1. Majburiy zaxira stavkalarini so’mdagi depozitlarning har bir turi bo’yicha
ularning summasiga bog’liq ravishda tabaqalashtirilmaganligi natijasida
transaktsion depozitlarning so’mning almashuv kursiga nisbatan salbiy ta’siri
yuzaga kelmoqda.
Muddatli depozitlarga nisbatan past darajadagi zaxira stavkalarining
qo’llanilmasligi tijorat banklariga mazkur depozitlarga to’lanadigan foiz
stavkalarini oshirish imkonini bermaydi. Natijada, joriy depozit hisobraqamlaridagi
mablag’larning miqdori yirikligicha qolaveradi. Bu esa, xorijiy valyutalarga
nisbatan yuqori darajadagi talabni yuzaga keltiradi.
Transaktsion depozitlarning tijorat banklari depozitlarining umumiy
hajmidagi salmog’ining yuqori darajada saqlanib qolishi mamlakatdagi iqtisodiy
faollikka salbiy ta’sir ko’rsatadi. Buning sababi shundaki, transaktsion
depozitlarning salmog’ini yuqori ekanligi banklarning depozit bazasining zaif
ekanligidan dalolat beradi. Bu esa, o’z navbatida, tijorat banklarining kreditlash
imkoniyatini pasaytiradi.
2. Tijorat banklarining xorijiy valyutadagi depozitlariga nisbatan majburiy
zaxira talabnomalarining joriy etilganligi ularning xorijiy valyutadagi mablag’larni
muddatli va jamg’arma depozit hisobraqamlariga jalb etish imkoniyatini yanada
pasaytiradi.
Inflyatsiyaning nisbatan umumiy hamda an’anaviy ta’rifi quyidagicha:
Inflyatsiya — muomalada keragidan ortiqcha pul paydo bo’lib, narx-navo o’sib,
pul qadr-qiymati yani xarid qobiliyatining pasayshni, pulning obro’sizlanishidir.
Inflyatsiya - bu barcha tovar va xizmatlarga bo’lgan narx indeksining
ko’tarilishidir.Inflyatsiya narxlarning o’sish darajasini o’lchash bilan aniqlanadi.
Ko’pincha buning uchun narxlarning o’sish dinamikasini ifodalovchi
ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Asosiy ko’rsatkich bo’lib narx indeksi
hisoblanadi. U joriy yildagi o’rtacha narxlarni avvalgi yildagi o’rtacha narxlarga
nisbati tarzida hisoblanadi.
Jahon tajribasida ulgurji baholar indeksi, chakana narxlar (iste’mol) indeksi,
YaIM, YaIM diflyatori — indeksi, eksport va import narxlari va boshqalar
hisoblanadi.
Ammo inflyatsiyani pulning qadrini pasayishi, muomalada qog’oz pullarning
ko’payib ketishi tarzida ko’rsatish to’liq emas, u narxlarning o’sishi tarzida
namoyon bo’lsa ham uni faqat pul bilan bog’lash yaramaydi. U murakkab iqtisodiy
voqelik, u butun takror ishlab chiqarishning disproportsiyasi, mutanosiblikni
buzilishini ifodalaydi.
Pul muomalasi holatiga bog’liq bo’lmagan holda ham tovar narxi ko’tarilishi
mumkin. Mehnat unumdorligini o’zgarishi, tsiklik va sezonli tebranishlar, tarkibiy
siljishlar, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishi, yangi soliq stavkalarini
belgilash, bozor konyunkturasining o’zgarishi, tashqi iqtisodiy aloqalarning ta’siri,
stixiyali falokatlar ham narxlarga ta’sir qiladi. Xullas narxning o’sishiga turli
sabablar bo’lishi mumkin. Lekin har qanday narxning o’sishi ham inflyatsiya
bo’lavermaydi. Yuqorida ko’rsatib o’tgan sabablardan haqiqiy inflyatsiyani olib
keluvchilarni ajratish zarur. Konyunkturaning tsiklik tebranishlar, tabiiy ofatlari
natijasida narxlarning o’sishini inflyatsiya deb ayta olmaymiz.
Qanday sabablarga ko’ra yuz bergan narxlarning o’sishini inflyatsiya deyish
mumkin?
Birinchidan: Inflyatsiyaning kelib chiqishi yalpi talab bilan, yalpi taklif
muvozanatining buzilishi, nomutanosiblik yuz berish oqibatida eng avvalo
davlatning xarajatlari bilan daromadlari o’rtasidagi nomutanosiblik davlat byudjeti
taqchilligi oqibatida kelib chiqadi.
Bu taqchillik qanday yo’l bilan qoplanishdan qat’i nazar u inflyatsiyaga olib
keladi.
Ikkinchidan: Investitsion moliyalashtirish emissiya usuli bilan amalga
oshirilsa, ayniqsa u iqtisodiyotni militarizatsiyalashga sarflansa ahvol yanada
og’irlashadi.
Uchinchidan: Bozor tarkibi tuzilishining o’zgarishi, ayniqsa nomukammal
raqobat kurash asosida, bozor aligopolistik bozor bo’lsa.
To’rtinchidan: Iqtisodiyotning «ochiqligi» o’sishi bilan inflyatsiyani import
qilish xavfi ham kuchayadi. 1973 yili energiya manbalari narxining o’sib ketishi
(energiya krizisi) import qilinadigan neftning narxi o’sishi va o’z navbatida
texnologik zanjir asosida boshqa tovarlarning ham narxi ko’tarilishiga olib keldi.
Import qilingan inflyatsiyani bartaraf etish imkoniyati cheklangan.
Yuqori protsent stavkasini qidirib, chetdan keladigan qisqa muddatli
kapitallar, investitsiya ham inflyatsiyaga sabab bo’ladi.
Beshinchidan: inflyatsion kutish. Inflyatsion kutish natijasida inflyatsiya o’z-
o’zini quvvatlovchi xarakter kasb etadi. Kishilar tovar va xizmatlarga narxni olib
borishini hisobga olib, narxlarning pasayishiga umid yo’qotib o’z ehtiyojlariga
nisbatan ko’proq tovar sotib ola boshlaydilar. Shu bilan birga nominal ish haqini
oshirishni talab qilib, joriy iste’mol ehtiyojlarini yanada kengaytirishga ta’sir
etishadi.
Inflyatsiya yuqori sur’atli sharoitda har bir ishlab chiqaruvchi resurslarni
narxning oshib ketishidan cho’chib, o’z tovari narxini yuqori qilib belgilaydi.
Keragidan ortiqcha tovar olish natijasida jamg’arma o’z navbatda kamayadi, kredit
resurslarining kamayishi, investitsiyaning o’sishiga to’sqinlik qiladi, u o’z
navbatida tovar va xizmatlar taklifinint qisqarishiga olib keladi.
Oltinchidan, Markaziy bankning noto’g’ri pul-kredit siyosati yuritishi tufayli
muomalada ortiqcha tovar bilan ta’minlanmagan pul massasi paydo bo’ladi.
Yuqoridagi ko’rsatilgan sabablarni g’arb iqtisodchilari ikki guruhga ajratib:
talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasi tarzida talqin etishadi. Talab inflyatsiyasi
(demand-pull inflation). Yalpi talab bilan yalpi taklif o’rtasidagi mutanosiblik talab
tomonidan buzilishini ifodalaydi.
Muomaladagi to’lov vositalarini mo’lligi tovarlar taklifi cheklanganligi bilan
to’qnashib, u narxlar umumiy darajasining o’sishiga olib keladi.
Taklif yoki xarajatlar inflyatsiyasi — (cost-push inflation) narxlarning ishlab
chiqarish xarajatlarini o’sishi bilan xarakterlanadi.
Xarajatlarni o’sishiga narxni monopolistik bozor tomonidan shakllanishi,
davlatning moliya siyosati, xom-ashyo narxlarining ko’tarilishi, kasaba
uyushmalarining talabiga ko’ra ish haqining o’sishi va boshqalar sabab bo’ladi.
Avvalgi miqdordagi qilingan xarajatga avvalgidan kam miqdorda mahsulot ishlab
chiqariladi. Natijada o’sgan xarajatlarni qoplash uchun narx oshiriladi.
Amaliyotda talab inflyatsiyasi bilan taklif inflyatsiyasini ajratish qiyin. Ular
bir-biri bilan chambarchas bog’langan. Masalan ish haqining o’sishi ham talab,
ham taklif inflyatsiyasi tarzida ifodalanishi mumkin. Shunga ahamiyat berishi
kerakki, XX asrning ikkinchi yarmida uzoq vaqt hech qaysi rivojlangan
mamlakatlarda bir vaqtning o’zida to’la bandlik, ochiq bozor va narxlar
barqarorligi kuzatilmadi.
Narxlar doimiy o’sib borayapti, uni iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish
tashkiloti ma’lumotlaridan ko’rish mumkin. Inflyatsiya sur’atlari nisbatan
rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa lotin Amerikasi mamlakatlarida yuqori.
Bunga sabab davlat byudjetining katta taqchilligi va tashqi qarzlarning ko’pligidir.
60 yillarning oxirlaridan boshlab narxlar xatto iqtisodiy tushkunlik, turgunlik
davrlarida ham XIX asr oxiri va XX asrning birinchi yarmida ishonib
bo’lmaydigan holda o’sgan.
Inflyatsiya ikki tarzda yuz berishi mumkin.
Ochiq inflyatsiya.
Yashirin inflyatsiya.
Agar makroiqtisodiy nomutanosiblik talabni ko’payib, narxlarni doimiy
o’sishi tarzida yuz bersa, ochiq inflyatsiya deyiladi. Ochiq inflyatsiya bozor
mexanizmini buzmaydi va u narxlar o’sishi sur’atiga ko’ra to’rt xil bo’ladi:
Inflyatsiya asosan uch xil bo’ladi:
O’rmalovchi, evida bo’ladigan inflyatsiya. Bunda narx-navo sekin,
o’rmalagan holda orta boshlaydi, iqtisodiy o’sish bo’lib to’radi, ishsilik katta
bo’lmaydi, inflyatsiya sur’atlari 2-3% atrofida bo’ladi.
Suzib yuruvchi inflyatsiya. Bunda narx-navo tezroq usa boshlaydi iqtisodiy
o’sish sura’tlari susayadi, ishsizlik kupaya boradi. Inflyatsiya yiliga 8-12% atrofida
bo’ladi.
Yuguruvchi inflyatsiya yoki giperinflyatsiya. Bu haddan tashqari inflyatsiya,
narx-navoni shiddat bilan o’sishi, pul qadrining g’oyat tez pasayishi, pul topishga
intilishning eng past darajaga kelishi bilan xarajatlanadi. Giperinflyatsiya
sharoitida narx-navoni mutlaqo tartibga solib bo’lmaydi. Narxlar oyiga 40-50%
atrofida o’sadi.
Agar makroiqtisodiy mutanosiblikka talabning o’sishiga qarab narxlarga
davlat tomonidan nazorat o’rnatish orqali erishilsa bu yashirin inflyatsiya bo’ladi.
Yashirin inflyatsiyada narx o’sishi kuzatilmasligi mumkin. Pulning
qadrsizlanishi tovar taqchilligi pulga zarur tovarni sotib olib bo’lmasligida
ifodalanadi.
Inflyatsiyaga bosim ko’rsatish quyidagicha amalga oshiriladi.
A) vaqtincha narxlar va daromadlarni o’sishini to’xtatish, muzlatish.
B) mahsulotlarning me’yoriy narxlarini belgilash.
V) narxlar ustidan administrativ nazorat o’rnatish. Buning natijasida bozor
mexanizmi deformatsiyalanadi. Uning qay darajada deformatsiyalashuvi darajasi
va davomiyligi tartibga solish shakliga bog’liq.
Narx ustidan nazorat o’rnatish o’z-o’zicha yomon emas, uning salbiy tomoni
iqtisodiy asoslanmagan holda qo’llanilishi hamda qoidaga aylanishidir. Buning
natijasida amerikalik iqtisodchi M.Fridmen ta’kidlashicha narx tizimining iqtisodiy
faoliyatni boshqarish imkoniyati susayadi. Bu esa o’z-o’zidan inflyatsiyadan
qutilish uchun urinishlarni chippakka chiqaradi. Iqtisodiyotda stagflyatsiya yuz
beradi. Stagflyatsiya turg’unlik, iqtisodiy krizis sharoitida narxlarning inflyatsion
o’sishini bildiradi.
Inflyatsiya yuz berish miqyosiga ko’ra: lokal — bir mamlakat miqyosidagi,
hamda jahon miqyosida yuz beradigan inflyatsiya tarzida ham izohlanadi.
Bundan
tashqari
iqtisodiy
adabiyotlarda
balanslashgan
hamda
balanslashmagan inflyatsiya tushunchalari ham mavjud.
Balanslashgan inflyatsiya deganda bir vaqtning o’zida ko’pgina tovar va
xizmatlar narxlarining uncha ko’p bo’lmagan miqdorda o’sishi tushuniladi.
Narxlarning yillik o’sish bo’yicha, % stavkasi ham ko’tariladi, buni stabil narxlar
bilan tenglashtirish mumkin.
Balanslashmagan inflyatsiya esa har xil tovarlar narxining o’sish sur’ati
turlicha bo’lishini ifodalaydi. Kutilayottan inflyatsiya bilan kutilmagan
inflyatsiyani ham farqlash zarur.
Kutilayotgan inflyatsiya oldindan aytish mumkin yoki uni hukumat
tomonidan rejalashtiriladi. Kutilmagan inflyatsiya to’satdan narxlarning ko’tarilib
ketishi bilan xarakterlanadi. U pul muomalasi va soliq tizimiga yomon ta’sir qiladi.
Bundan aholi iloji boricha pulidan tezroq qutilishga harakat qiladi. Bu xarakat
oqibati qanday bo’lishini bilamiz.
To’satdan bo’lgan inflyatsiya iqtisodiyotda kutilayotgan, lekin hali
boshlanmagan inflyatsiya jarayonida yuz bersa, aholining o’zini tutishi tamomila
boshqacha bo’lishi mumkin. Narxlarning o’sishi qisqa fursatda yuz beradigan holat
deb iste’molchilar narxlarni pasayishini poylab, kam pul sarflaydilar. Bu o’z
navbatida talabni pasaytiradi va natijada narxlarni pasayishi kuzatiladi.
Bu hodisa Pigu effekti deb yuritiladi. Ingliz iqtisodchisi Artur Pigu (1877—
1959) nomi bilan ataladi. Bu holat normal amal qilayotgan bozor iqtisodiyotiga
xos. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, Pigu effekti moslashuvchan narx, protsent
stavkasi va kutilayotgan inflyatsion o’zgarishlar bo’lmagan sharoitga xos. qator
g’arb iqtisodchilari Pigu effekti iqtisodiyotdagi real voqelikka xos emas, nazariy
jihatdan izohlanadi xolos deb ko’rsatishadi.
Inflyatsiya narxlar indeksi yordamida o’lchanadi. Narxlar indeksi esa joriy
umumiy iste’mol narxlarining, bazis narxlariga nisbati tarzida hisoblanadi.
Inflyatsiya sur’ati quyidagicha hisoblanadi. Joriy yildagi narx indeksidan
bazis yili narx indeksini ayirib, joriy yil indeksiga nisbatini foizda olamiz.
Iqtisodiyotda 70 qoidasiga binoan narxlarni 2 barobarga oshishi uchun qancha
vaqt (yil oy) kerakligini topish uchun 70 ni yillik (oylik) inflyatsiya darajasiga
nisbatini hisoblaymiz.
Bu oqibatlar murakkab va turli-tuman. Inflyatsiyaning sur’ati unchalik yuqori
bo’lmasa narxlar va foyda normasining o’sishiga olib keladi. Inflyatsiyaning
chuqurlashuvi esa takror ishlab chiqarishga jiddiy to’sqinlik qilishni boshlaydi.
Jamiyatda ijtimoiy keskinlikni kuchaytiradi.
Yuguruvchi inflyatsiya xo’jalikni barbod qilib, katta korxonalarga ham kichik
biznesga ham katta talofat etkazadi. Ayniqsa, bozor kon’yukturasining noaniqligi
asosiy rol o’ynaydi.
Inflyatsiya samarali makroiqtisodiy siyosat yuritishga to’sqinlik qiladi.
Buning ustiga narxning notekis o’sishi iqtisodiyotning turli tarmoqlari o’rtasidagi
disproportsiyani kuchaytiradi, iste’mol talabi strukturasini buzib ko’rsatadi. qog’oz
pullar qiymat o’lchovimuomala vositasini bajaraolmaydi.
Inflyatsiya puldan qochish, ya’ni uni sarflashni tezlashtiradi. U tovar ochligini
kuchaytiradi, pul jamg’arishga rag’batni susaytiradi, pul-kredit tizimini izdan
chiqaradi, barterni tiklaydi.
Umumiy narxlar o’sishini yuqori sur’ati fiskal tizimga ham salbiy ta’sir
ko’rsatadi. Bu iqtisodiyotda Tanzi-Oliver effekti (XX asrning 70 yillarida lotin
amerikasi iqtisodchilari bu effektga e’tibor qaratishgan) yuz beradi. Gap shundaki,
inflyatsiya soliq tushumlarini ham qadrsizlantiradi. Masalan soliqlar III kvartalda
hisoblangan, lekin IV kvartalda to’lanadi, natijada giperinflyatsiya tufayli
byudjetga tushgan soliqlarning real qadr-qiymati tushib ketadi.
Undan tashqari davlat byudjeti daromadlari qadrsizlanadi, nisbatan qadrliroq
pul mablag’laridan yig’ilgan daromadlar byudjet xarajatlari amalga oshirilgunga
qadar bo’lgan qisqa davr mobaynida o’zining avvalgi sotib olish quvvatini
yo’qotadi.
Byudjet daromadlari bilan xarajatlari o’rtasidagi mutanosiblikni saqlash
mushkullashib boradi. Byudjet taqchilligining kuchayishiga olib keladi. Uni
qoplash maqsadida kredit emissiyasi ko’payishi va u o’z navbatida muomalada pul
massasini oshib ketishiga sabab bo’ladi.
Aholi turmush darajasining pasayishi ayniqsa yashirin inflyatsiyada
chuqurroq bo’ladi. Chunki indeksatsiya va boshqa uslublar bilan aholini himoya
qilish pul daromadlarigagina ta’sir qiladi. Tovar va xizmatlar taqchilligiga ta’sir
qilmaydi.
Yuzaki qaraganda ochiq inflyatsiyada yashirin inflyatsiyaga qaraganda
iste’molchilar uchun birmuncha engillik mavjuddek, sababi tovarlar taqchilligi
yo’q, tovon to’lash (kompensatsiya) tadbirlari ko’riladi. Lekin aholining turmush
darajasi biri-bir pasayib ketadi.
Dunyo tajribasi ko’rsatishicha, bir tizimdan ikkinchi tizimga o’tish sharoitida,
odatda kuchli inflyatsion jarayonlar bilan sodir bo’ladi. Ushbu xolat sobiq ittifoq
tarkibiga kirgan barcha respublikalar, shu jumladan O’zbekiston Respublikasida
ham kuzatildi.
Mutaqillikning dastlabki yillarida mamlakatimizda kuchli inflyatsiya
kuzatilgan bo’lsa, oxirgi to’qqiz yilda uni jilovlashga muvaffaq bo’lindi.
Mustaqillikning 20 yili davomida inflyatsiyaning turli shakllari namoyon bo’ldi.
Inflyatsiyaning oqibatlari juda salbiy xolatlarga olib keladi: aholi
jamg’armalari va pulning qadrsizlanishi va h.k.
Zamonaviy o’zbek iqtisodiyotiga nisbatan ikki xil qarash mavjud. Birinchi
qarashga binoan, o’zbek iqtisodiyoti boshqalar kabi iqtisodiyoti, faqat boshlang’ich
shartlari bilan farq qiladi. Boshqa qarashga ko’ra esa O’zbekistonda o’ziga xos
xususiyatlar shunchalik ko’pki, uning muammolarini hal qilish uchun yangi
iqtisodiy nazariya bo’lmasada, hech bo’lmaganda, mavjud standart qarashlarni
sezilarli darajada modifikatsiya qilish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |