Monetar targetlash
o’z mazmun mohiyatiga ko’ra, pul kredit tizimini
tartibga solishning oraliq maqsadli ko’rsatkichi sifatida pul agregatining muayyan
turi (odatda M2 yoki M3) tanlab olinib, uning dinamik o’zgarishlari yuzasidan
tizimli nazorat olib borishni va undagi o’zgarishlarning inflyatsiyaga ta’sirini
tartibga solishni (boshqarishni) ifodalaydi.
Valyuta kursini targetlash
o’z mazmuniga ko’ra inflyatsiyaning maqsadli
ko’rsatkichini tartibga solishda qat’iy, erkin yoki boshqariladigan (muayyan
karidor oralig’ida) valyuta kursi rejimlariga asoslangan pul-kredit siyosatini
ifodalaydi. Bunda valyuta kursi
xarid qobiliyatining pariteti
bosh indikator
sifatida
qaraladi. Valyuta kursining (to’g’ri kotirovka bo’yicha) oshishi milliy valyuta
xarid qobiliyatining pasayishini va aksincha valyuta kursining pasayishi uning
xarid qobiliyatining ko’tarilishiga ta’sir etadi. Boshqacha aytganda. valyuta kursini
targetlash orqali inflyatsiyani jilovlashga ta’sir etish mumkin bo’lgan chora-
tadbirlar majmuini o’zida ifoda etadi.
Inflyatsion targetlash
– bu monetar siyosat bo’lib, qaysiki Markaziy bank
inflyatsiyani ma’lum bir chegara yoki karidorda ushlab turishga harakat qilishidir,
bunga foiz stavkasini o’zgartirish orqali erishadi. Mohiyat shundaki, inflyatsiya
pul taklifining o’sishi va foiz stavkasining o’zgarishi indikatori hisoblanadi va bu
pul taklifi va inflyatsiyani oshirishi yoki kamaytirish imkoniyatiga ega.
Chunki foiz stavkasi va inflyatsiya darajasi bir-biriga qarama-qarshi
yo’nalgan va shunga muvofiq ravishdagi Markaziy bankning faoliyati, ya’ni foiz
stavkasining oshirishi yoki kamaytirishi shaffoflikni yuzaga keltiradi. Masalan:
agar inflyatsiya targetlashdan yuqori bo’lsa, bank mos ravishda foiz
stavkasini ko’taradi. Bu odatda (har doim hama emas) iqtisodiyotni muzlatishga va
inflyatsiyani tushurishga samarali ta’sir etadi.
agar inflyatsiya targetlashdan past bo’lsa, bank foiz stavkasini
tushirishdan manfaatdor. Bu odatda (har doim hama emas) inflyatsiyani o’sishiga
va iqtisodiyotni tezlashishiga samarali ta’sir etadi.
Siyosatga asosan, Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan inflyatsion
targetlashning darajasi va mos ravishda foiz stavkasining o’zgarishi kabi
ko’rsatkichlar investorlarga o’z mablag’larini qaerga investitsiya qilishini
tanlashiga yordam beradi.
Bu o’sayotgan iqtisodiy barqarorlikka erishishda inflyatsion targetlashni
amalga oshiruvchilar tomonidan ko’rib chiqiladi.
AQSh Federal Rezervining siyosat o’rnatuvchi komiteti, ya’ni
FOBQ(Federal ochiq bozor qo’mitasi) va uning a’zolari muntazam ravishda
inflyatsiya uchun o’zlari xoxlagan targetlashni o’rnatadilar (ko’pincha 1,5
- 2 % atrofida), lekin bu aniq inflyatsion targetlash asosida qilinmaydi. Bu Fed
ichida muhokamada bo’ladi, bunga sabab inflyatsion targetlashning bozorlardagi
shaffofligi va kutilishliligi hamda boshqa mamlakatlardagi inflyatsion
targetlashning muvaffaqiyatidir. Har qanday holatda qarshi fikrlar mavjud, ya’ni
inflyatsion targetlash Fedga iqtisodiy tanazzul paytida o’sishni va ishsizlikni
mustahkamlashga moslashishiga kam miqdorda bo’lsa ham yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: